Printer (chop qilish qurilmasi)
IBM PC kompyuterlari bilan eng keng tarqalgan EPSON tipidagi yoki
unga mos keladigan printerlar ishlatiladi. Bu printerlar ignali turga mansub
bo`lib, ularda qog`ozga tushiriladigan tasvir ignali matritsadan iborat kallak va
rang beruvchi lenta yordamida hosil qilinadi. Printer belgili va grafik rejimda
ishlashi mumkin. Belgili rejimda faqat belgilar chop etilib, ularning
matritsadagi obrazi printerning belgilar generatorida saqlanadi. Bunda
printerlarning turli modellarida belgilar to`plami yoki qat’iy tarzda belgilanib
"tikib" qo`yiladi yoki printerning xotirasiga u ishga tushishidan oldin yozib
qo`yiladi. Grafik rejimda printerning ishi belgili rejimga nisbatan ancha sekin
bajariladi, chunki piksellar ketma-ketligini ma’lum tartibda chop etishga to`g`ri
keladi.
34
Printer rulon qog`ozga hamda oddiy varaqqa (A4 formatida yoki keng
karetkalisida A3 formatida) chop etishi mumkin. Printer tumbleri odatda
panelning o`ng tomonida yoki orqasida joylagan bo`ladi. Panelning oldi
tomonida esa printerni boshqarish klavishalari joylashgan bo`ladi. Tumblerni
yoqqandan so`ng unga qog`ozni joylashtirib, ON LINE klavishasini bosamiz.
Printerlarning asosiy turlari matritsali, struyniy, lazerli, post skript deb
nomlangan bo`lib, ularning har biri chop etishga talab qilingan sifat darajasiga
muvofiq ravishda ishlatiladi.
3. Xususiy EHM-ning strukturaviy-funktsional sxemasi.
Xususiy EHM-larning tuzilishi boshqa mini va mikro EHM - lar kabi
bo`lib, funktsional nuqtai-nazardan juda oddiydir. EHM-ning bosh elementi
bo`lib markaziy protsessor hisoblanadi. U arifmetik yoki mantiqiy amallarini
bajaradi, hamda butun sistemaning ishini nazorat qiladi. Kompyuter integral
sxemalar ko`rinishidagi mikroprotsessor boshqaruvi asosida ishlaydi.
Shuningdek yana bir qancha qo`shimcha integral sxemalar bo`lib, ular
axborotlarning kirib-chiqish jarayonlarini tashkillashtiradi va boshqaruv
funktsiyasini ta’minlaydi.
Axborotlar kompyuterga tugmachalar majmuasidan yoki tashqi
xotiradan magnit lentalarida va magnit diskalarida ma’lumot to`plovchilar
orqali kiritiladi. Hisoblash natijalari terminal ekranida tasvirlanadi. Displey
sifatida o`zi kompyuter sostaviga kiruvchi va monitor deb ataluvchi elektron-
nurlanuvchi trubka asosida ko`rsatib tasvirlovchi qurilma yoxud odatdagi
televizion ekranidan foydalaniladi.
Protsessor va tashqi qurilma kompyuterning apparatli ta’minotini tashkil
etadi hamda o`ziga ma’lumotlarni qayta ishlash va saqlash qurilmalarini,
foydalanuvchi bilan boshqa elektronli sxemalar o`rtasida axborotlarning
almashinuvi aloqasi jarayonlarini birlashtiradi. Asosiy tarkibiy qismlar bir-biri
bilan parallel o`tkazilgan informatsion shinalar orqali bog`langandir.
Shunday qilib barcha xususiy EHM-lar, kompyuterlar va mikro EHM-
lar quyidagi funktsional bloklardan tashkil topadi (1-rasm-ga qarang).
Uning asosiy elementlari - arifmetik-mantiqiy va boshqarish
qurilmalaridan tashkil topuvchi protsessor, xotira, axborotlarni kiritib-
chiqaruvchi qurilmalar. Bu funktsional bloklarning EHM-ga birlashuvi quyidagi
shinalar sistemasi orqali amalga oshiriladi.
1. Ma’lumotlar shinalari - ular orqali EHM da axborotlarning
almashinuvi amalga oshiriladi.
2. Adreslar shinalari - adreslarni uzatish uchun ishlati-ladi. Bu shinalar
orqali EHM-ning har xil qurilmalariga murojaat qilish amalga oshiriladi.
3. Va nihoyat boshqaruv shinalari - boshqaruv signallarini uzatish uchun
ishlatiladi.
35
|