Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта



Yüklə 4,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/271
tarix19.12.2023
ölçüsü4,66 Mb.
#184868
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   271
Informatika va axborot texnologiyasi

Vinchester(qattiq disk). 
 
Vinchester yoki qattiq disk ham ishlash printsipi va tuzilishi bilan 
disketdan kam farq qiladi. Lekin u disketga nisbatan katta sig`imga 
(20,40,80,120,210,540 va undan ortiq megabayt yoki gegabayt) ega bo`lib, 
disketdan farqli o`laroq, yaxshi ximoyalangan metall qobiqqa joylashtirilib, 
asosiy blok korpusi ichiga o`rnatilgandir. Uning ishlash tezligi va ishonchliligi 
disketga nisbatan yuqori bo`lib, lekin u kompyuter ishlagan paytda doim 
ishlagani uchun unda saqlanayotgan ma’lumotlarning buzilish extimolligi 
yuqoriroq hisoblanadi (foydalanuvchi xatosi, "viruslar xujumi" va x.k.). 
Kompyuterda bir necha vinchester bo`lishi xam mumkin. 
Vinchesterga yozilgan ma’lumotga kompyuter ishlayotgan paytda har 
doim murojaat qilish mumkin bo`lgani uchun uni birinchi navbatda operatsion 
sistemani, doim ishlatiladigan amaliy programmalar paketini, ya’ni 
programmalash tillarining translyatorlarini, matnni qayta ishlash muharrirlarini
33


ma’lumot bazasini boshqarish sistemalarini va tez-tez ishlatiladigan 
ma’lumotlarni saqlash uchun ishlatish zarur. Disketalardan esa ma’lumotlarni 
bir kompyuterdan boshqasiga ko`chirib yozishda, onda-sonda zarur bo`ladigan 
lekin qimmatli ma’lumotlar, asosiy ma’lumotlarning va programmalarning 
nusxalarini saqlash uchun foydalanish kerak. 
Xozirgi zamon texnologiyalari asosida ma’lumot saqlaydigan 
disklarning yangi turlari, masalan flesh-disklar xam yaratilganki, ular 
kompyuterga uning orqa tomonidagi USD porti orqali ulanadi va juda katta 
miqdordagi ma’lumotlarni saqlashga imkon beradi (64 megabaytdan 1 
gigobaytgacha). Demak, ular orqali foydalanuvchilar uchun katta xajmdagi 
bemalol ma’lumotlarni olib yurish imkoniyati yaratiladi. 
Sichqoncha turidagi manipulyator 
 
Sichqon - kiritish qurilmasi bo`lib, klaviaturaga qo`shimcha bo`lib 
xizmat qiladi va foydalanuvchining kompyuter bilan dialogini osonlashtirib, ish 
unumdorligini oshiradi. "Sichqon" uncha katta bo`lmagan quti bo`lib, ustida 
ikki yoki uchta klavishasi va ostiga o`rnatilgan sharchasi bor. Stol ustida 
harakatlanganida sharcha bemalol aylanadi va uning harakati haqidagi axborot 
datchiklar yordamida protsessorga uzatiladi. Shunday qilib, sichqonning stol 
ustidagi harakati ekrandagi maxsus kursorning harakatiga mos keladi. Kursorni 
kerakli nuqtaga keltirib, sichqonning biror klavishasi bosiladi. 
Sichqonning har bir klavishasiga ma’lum bir vazifa yuklatilgan bo`lib, u 
o`z navbatida ishlatilayotgan programmaga bog`liqdir. Ko`pincha bu 
klavishalar ESC va ENTER klavishalari vazifasini bajaradi. Xozirgi paytda 
sichqoncha va klaviaturalar kompyuterga simsiz usulda xam birlashtirilishi 
mumkin bo`lgan turlari ishlab chiqariladi. Bunda ularning kompyuter bilan 
ma’lumot almashinishi infraqizil nurlar orqali amalga oshiriladi. Bu esa ularni 
ishlatishda birmuncha yengillik yaratadi. 

Yüklə 4,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin