ma’lumot bazasini boshqarish sistemalarini va tez-tez ishlatiladigan
ma’lumotlarni saqlash uchun ishlatish zarur. Disketalardan esa ma’lumotlarni
bir kompyuterdan boshqasiga ko`chirib yozishda, onda-sonda zarur bo`ladigan
lekin qimmatli ma’lumotlar, asosiy ma’lumotlarning va programmalarning
nusxalarini saqlash uchun foydalanish kerak.
Xozirgi zamon texnologiyalari asosida ma’lumot
saqlaydigan
disklarning yangi turlari, masalan flesh-disklar xam yaratilganki, ular
kompyuterga uning orqa tomonidagi USD porti orqali
ulanadi va juda katta
miqdordagi ma’lumotlarni saqlashga imkon beradi (64 megabaytdan 1
gigobaytgacha). Demak, ular orqali foydalanuvchilar uchun katta xajmdagi
bemalol ma’lumotlarni olib yurish imkoniyati yaratiladi.
Sichqoncha turidagi manipulyator
Sichqon - kiritish qurilmasi bo`lib, klaviaturaga qo`shimcha bo`lib
xizmat qiladi va foydalanuvchining kompyuter
bilan dialogini osonlashtirib, ish
unumdorligini oshiradi. "Sichqon" uncha katta bo`lmagan quti bo`lib, ustida
ikki yoki uchta klavishasi va ostiga o`rnatilgan sharchasi bor. Stol ustida
harakatlanganida sharcha bemalol aylanadi va uning harakati haqidagi axborot
datchiklar yordamida protsessorga uzatiladi.
Shunday qilib, sichqonning stol
ustidagi harakati ekrandagi maxsus kursorning harakatiga mos keladi. Kursorni
kerakli nuqtaga keltirib, sichqonning biror klavishasi bosiladi.
Sichqonning har bir klavishasiga ma’lum bir vazifa yuklatilgan bo`lib, u
o`z navbatida ishlatilayotgan programmaga bog`liqdir. Ko`pincha bu
klavishalar ESC va ENTER klavishalari vazifasini bajaradi.
Xozirgi paytda
sichqoncha va klaviaturalar kompyuterga simsiz usulda xam birlashtirilishi
mumkin bo`lgan turlari ishlab chiqariladi. Bunda ularning kompyuter bilan
ma’lumot almashinishi infraqizil nurlar orqali amalga oshiriladi.
Bu esa ularni
ishlatishda birmuncha yengillik yaratadi.
Dostları ilə paylaş: