tomonidan to`xtatish, muloqotning avvalgi nuqtasiga qaytish yoki
programmadan chiqish kabi hollarda foydalaniladi.
CTRL va ALT -bu klavishalar faqat boshqa klavishalar bilan birga
ishlatiladi. Ularni ishlatganda avval bu klavishalarni bosib, keyin asosiy
klavisha bosiladi va ular birdaniga qo`yib yuboriladi. Ikkita klavishani
baravariga bosishni ular orasiga "+" belgisi qo`yib belgilaymiz.
Print Screen-ekranning "to`liq nusxasi" ni olish, ya’ni ekrandagi
ma’lumotlarni printerga chiqarishga ishlatiladi.
BREAK -bajarilayotgan programmani to`xtatish uchun CTRL+
BREAK kombinatsiyasi ishlatiladi. Ko`pincha shu maqsadda CTRL+C
ishlatilishi mumkin.
TAB - tekst redaktorlari programmalarida tabulyatsiya uchun ishlatiladi.
Disketlar va disk o`rnatish qurilmalari.
Disket (uning sinonimlari - floppi-disk, egiluvchan magnit disk)- uzoq
vaqt ma’lumotlarni saqlashga mo`ljallangan qo`shimcha xotira qurilmasidir.
Unga yozilgan ma’lumotlar operativ xotiradagi ma’lumotlardan farqli o`laroq
kompyuter o`chirilganida ham saqlanib qoladi. Disket ferromagnit qatlam
qoplangan dumaloq shakldagi plastinkadan iborat bo`lib, ximoya qobig`iga
joylangan bo`ladi. Qobiqda esa magnit kallak uchun tirqish qoldirilgan.
IBM PC kompyuterlarida asosan diametri 3,5" dyumli magnit disketlar
va kompakt disklar ishlatiladi. Disketlar ishlatilmayotgan paytda plastmassa
yoki qog`oz konvertda changdan, magnit maydonidan va quyosh nuridan
ximoya qilingan tarzda ko`rsatilgan ma’lum harorat va namlikda saqlanishi
kerak. Disketni egish, magnit yuzasiga tegish, qattiq siltash mumkin emas.
Unga yopishtirilgan qog`ozga extiyot bo`lib oxista yozish kerak.
Dostları ilə paylaş: