B. Programmalashtirish sistemalari xaqida tushuncha. Programmalashtirish sistemalari nima va ular qanday ishlarni amalga
oshirishga yordam beradi hamda ular qanday asosiy tarkibiy qismlardan iborat?
Yuqorida olgan bilimlaringizdan ijodiy ravishda foydalangan xolda ushbu savolga
javob topishga harakat qiling va bunda guruxdagi talabalar bilan fikr almashing.
Programmalashtirish sistemasining asosiy predmeti - matematik sistema
ta’minotining nazariy va amaliy usullarini ishlab chiqish va programmani
ekspluatatsiya qilishdir.
“Programmalash sistemasi” deganda, programmalashni avtomatlashtirish
va programmalashni EHMga o`tkazishni ta’minlovchi kompleks vositalari
tushuniladi.
Programmalash sistemalariga standart qo`shimcha programmalar
kutubxonasi, programmalash tillari va translyatorlar hamda programmani otladka
qiluvchi vositalar kiradi.
Bir qancha programmalarda yoki bir programmani bir qancha joylarida
aniq amallarni bajarishi uchun foydalaniladigan mashinalar tilidagi buyruqlar
ketma-ketligi “qism programma” deb ataladi.
Har xil programmalarda qabul qilinadigan qism programmalar yagona
konuniyatlar asosida shakllantiriladi va “standart qism programmalar” deb ataladi.
EHMning xotirlash qurilmalarida saqlanadigan standart qism prgrammalar
to`plami standart qism programmalar kutubxonasini tashkil etadi. Bu tipdagi
kutubxonalar tarkibiga bir necha yuzlab qism programmalar kiradi.
Barcha programmalar, ular tayyorlashning qanday bosqichidaligiga qarab
tegishli kutubxonada saqlanishi mumkindir. Programmali modulning har bir tipi
o`z kutubxonasiga ega: dastlabki modullar kutubxonasi va yuklovchi modullar
kutubxonasida programmali fazoli ko`rinishda operatsion sistema o`zining
komponentlari va shuningdek foydalanuvchilarning bajarishiga tayyor ish
programmalari saqlanadi. Bu kutubxona albatta bo`lishi shart. Chunki har qanday
programma navbatdagi bajarilish uchun operativ xotiraga faqat yuklovchi modul
ь
kutubxonasidan keladi; qolgan 2 ta kutubxona bo`lmasligi ham mumkin.
47