dinamik almashuvi, ya’ni boshqa programma natijalaridan foydalanish) yoki OLE(ma’lumotlardan ularni taxrirlagan xolda foydalanish) yordamida amalga oshiriladi. WINDOWS da ekran "desktop" deb ataladi. Barcha amallar unda
bajariladi. WINDOWS so`zining ma’nosi "darchalar". Shuning uchun
WINDOWSga kirganda programmalar darchalarda bajariladi. Darchalarning
joyini va o`lchamini o`zgartirish mumkin. Agar bir nechta programma
bajarilayotgan bo`lsa, darchalarni piktogrammalarga kichraytirish mumkin. Bu
esa ekrandan unumli foydalanish imkonini beradi.
Darchalar uch xil bo`ladi:
•
programmalar darchasi;
•
xujjatlar darchasi;
•
muloqot darchasi.
•
Programmalar darchasida bajarilayotgan programmalar joylashadi. Darchaning
yuqori qismida programma nomi va menyu satri ko`rsatiladi. Programma
darchasi ekranning ixtiyoriy qismida bo`lishi mumkin.
•
Xujjatlar darchalarini programmalar ochadi. Masalan tahrirlagichlar darchada
xujjatlarni hosil qiladi. Darcha sarlavhasida xujjat nomi yoziladi.
•
Muloqot darchalari foydalanuvchining ayrim komandalariga javoban
savollarni chiqarishda foydalaniladi.
•
WINDOWSda piktogrammalar programmalarni kichraytiril-gan xolda bajarish
uchun ishlatiladi. Piktogrammalar 3 xil bo`ladi.
•
programma piktogrammalari;
•
xujjat piktogrammalari;
•
programmalar sarlavhalari piktogrammalari.
•
Programma piktogrammalari programma darchadan piktogrammaga
kichraytirilganida hosil bo`ladi. Faqatgina programma piktogrammalari darcha
tashqarisida joylashadi. Ularni ochiq darchadan tashqaridagi ekranning
ixtiyoriy qismiga ko`chirishingiz mumkin.
•
Xujjat piktogrammalari - kichraytirilgan xujjat darchalaridir. Bu
piktogrammalarni faqatgina ishlayotgan programma ish maydoni doirasida
joyini o`zgartirish mumkin.
Programma sarlavhalari piktogrammalari programmalarni boshqaruvchida
ishlatiladi. Bunda har bir piktogramma programma va uni tasvirlovchi xujjatlar
ro`yxatiga ega bo`ladi. Bu piktogrammalar programma guruxlari darchasida
joylashadi.
54