4. Tashqi olam bilan aloqa kanallari orqali bog`lanish vositalari. Modemlar,
koderlar, dekoderlar va multipleksorlar.
Foydalanuvchi xususiy kompyuterni ishlatganida boshqa joylarda
joylashgan kompyuterlardan xam bir qancha ma’lumotlarni olishga extiyoj sezadi.
Buning uchun esa u aloqa kanallaridan foydalanadi. Lekin ushbu aloqa kanallari
orqali ma’lumotlarni uzatishda bir qancha texnik vositalar talab qilinadiki, bularsiz
ma’lumotlarni to`g`ri va o`z vaqtida uzati
щ
mumkin bo`lmaydi. Matnning keyingi
qismiga o`tishdan oldin yuqoridagi ishni amalga oshirishda ya’ni ma’lumot
qabul
qilishda, uni uzatishda, saqlashda, butunligini ta’minlashda va boshqa
operatsiyalarda qanday qurilmalar talab qilinishi mumkinligi xaqida biroz fikrlab
oling. Ularning texnik ko`rsatgichlari qanday bo`lishi maqsadga muvofiq?
Modem - bu modulyator va demodulyator qurilmasi bo`lib, signallarni
qabul qiluvchi va uzatuvchi joylarda, axborot uzatuvchi markazlarda bo`ladi.
Modemlar modul holatida ham bo`lishi mumkin. Bularda har ikki yo`nalishda
ishlash uchun birgina telefon kanali yetarli. Bir polosada bir 1270 Gts, nol esa
1070 Gts, ikkinchi polosada esa bir 2225 Gts, nol esa 2025
Gts bilan
kodlashtiriladi.
Modemlar ikki yo`nalishli kanalning ikkala oxirida bo`lishi shart. Bu
modemlar orqali ma’lumotlarni oddiy magnitofonga sinxron yozish mumkin,
chunki bu chastotalar ovoz va tovush diapazonida joylashgan. Ideal holatda
modemlar foydalanuvchi uchun sezilarsiz bo`lib, xuddi EHM oldida turgandek
seziladi va distantsion terminal masofa uzoqligini sezmaydi. Uzatish tezligi
bo`yicha past tezlikdagi modemlar (600 bit-sek), o`rta tezlikdagi (2400-9600
bit/sek) va yuqori tezlikdagi (56000 yoki 128000 bit-sek) mavjud. Maxsus
modulyatsiya turlari shuning uchun ishlatiladi.
Bulardan tashqari, modem qurilmasini faksimil aloqa vositasi bilan
birlashtirgan faks-modemlar ham bor. Ular yordamida
siz matnli va grafik
ma’lumotlarni faqat boshqa kompyuterga emas, balki oddiy faks apparatiga ham
uzatishingiz mumkin.
Tashqi modemni tashqi portlardan biri COM1 yoki COM2 ga ulash
mumkin. Ichki modem esa asosiy blokdagi plataga joylashtiriladi va alohida port
talab etilmaydi.
Multipleksor - kontsentrator bir necha abonentlarni barobar ishlash
imkoniyatini yaratib beruvchi qurilma bo`lib, bu ishlovni birgina kanal orqali
ta’minlaydi. Bir necha kanallardagi signallarni guruxlab, zichlab, o`tkazish
imkoniyati kengroq bo`lgan kanal orqali jo`natadi. Kanalning
narigi tomonida esa
"demul
ь
tiplekslash" bajarilib, har bir kanalning o`z signali ajratib olinadi.
Kontsentrator deb bir necha terminallarni bir mavjud fizik kanalga ulanishiga
aytiladi.
Xususiy kompterning boshqa qo`shimcha qurilmalariga quyidagilarni
misol qilib keltirish mumkin:
37
Djoystik – ruchkali manipulyator;
Stimmer – magnit lentada arxiv ma’lumotlarni saqlash uchun xizmat
qiladigan qurildma;
Skaner – rasmlar va matnlarni kompyuter xotirasiga kiritish uchun
mo`ljallanilgan qurilma;
Tovush platasi;
Kompakt disklardan ma’lumotlar o`qish
uchun xizmat qiladigan qurilma;
Trekobl – shar ko`rinishidagi ma’lumot kirituvchi qurilma;
Tarmoq adapteri – kompyuterni tarmoqqa ulash uchun xizmat qiluvchi
qurilma;
Grafik planshet – kontur ko`rinishida ifoda qilingan ma’lumotlarni kiritish
uchun xizmat qiladigan qurilma;
Grafik chizuvchi qurilma.
Kontroller yoki adapter deb har qanday tashqi qurilma va operativ xotira
orasida ma’lumot almashinishga imkon yaratuvchi elektron sxemaga aytiladi.
Barcha kontroller va adapterlar mikroprotsessor va operativ xotira bilan
sistemaviy magistral orqali muloqot qiladilar. Kiritish-chiqarish portlari
kontrollerlarining quyidagi uch turi mavjud:
- parallel asinxron portlar (LPT1-LPT4) – ularga ko`pincha
printerlar
ulanadi;
- ketma-ket asinxron portlar (COM1-COM3) – ular orqali sichqoncha,
modem va boshqalar ulanishi mumkin;
- o`yin porti – djoystik ulanishi uchun ishlatiladi.
Kompyuterda Kesh-xotira (o`ta operativ xotira) deb nomlangan xotira turi
xam mavjudki, u unchalik katta xajmda bo`lmasa xam, unda operativ xotiraga
murojjat qilish tezligini oshirish maqsadida tez-tez ishlatilib turiladigan operativ
xotira bo`laklari saqlanadi. Bu turdagi xotira mikroprotsessor va operativ xotira
orasida joylashib, mikroprotsessor oldin unda kerakli ma’lumotlar
bor yoki
yo`qligini tekshirib ko`radi. Albatta bunday xotiraga o`qish va yozish tezligi
operativ xotiranikiga nisbatan ancha tez bo`ladi.
Videoxotira deb nomlangan xotira turi esa protsessorga tasvirlar
ko`rinishidagi ma’lumotlarni saqlashiga yordam beradi. Monitorning grafik
rejimida videoxotiraga nuqtalarning rangi qandayligi xam yozib qo`yiladi.
Dostları ilə paylaş: