Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта



Yüklə 4,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/271
tarix19.12.2023
ölçüsü4,66 Mb.
#184868
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   271
Informatika va axborot texnologiyasi

Displey. 
Displey yoki monitor o`z ekranida kompyuterdagi ma’lumotlarni aks 
ettirishga mo`ljallangan qurilmadir. Displey matn yoki grafik rejimida ishlashi 
mumkin. Matn rejimida ishlaganida ekran ma’lum sondagi pozitsiyalarga 
bo`linadi. Grafik rejimda ishlaganida esa ekranga chiqarilayotgan ma’lumotning 
o`lchov birligi bo`lib, alohida nuqta (piksel
ь
) hisoblanadi va u ekranda istalgan 
tasvirni chiqarish imkonini beradi. 
Displeylar ta’minlay oladigan ranglar soni va tasvirning sifatiga qarab bir 
necha turlarga bo`linadi. U yoki bu displey turini tanlab olish muammosi shu 
kompyuterda yechiladigan masalalarga bog`liq. Masalan oq-qora Hercules 
displeyi matnlarni qayta ishlashga yaxshi moslashgan, belgilar tasviri aniq, ranglar 
shunday tanlanganki, uzoq vaqt davomida ham operatorning ko`zi charchamaydi. 
Grafik tasvirlar bilan ishlanadigan masalalarni yechishda EGA (16 xil rang, 
ekranda 640x200 yoki 640x350 ta piksel
ь
) va VGA (16 xil rang, ekranda
640x480 piksel
ь
) yoki SVGA (16 xil rang, ekranda 1024x768 piksel
ь
)
displeylarini ishlatish maqsadga muvofiq. 
Klaviatura 
Klaviatura - bir necha klavishalar guruxi joylashgan yassi paneldan iborat: 

SHIFT (yuqori registr) va CAPS LOCK (bosh harflarga o`tish) 
klavishalari joylashgan "yozuv mashinkasi" misoli asosiy klaviatura. Bu klaviatura 
o`z-o`zidan rus va o`zbek harflarini kiritish imkonini bermaydi. Buning uchun 
ekran va klaviaturaning maxsus programma-drayverlari ishlatilib, ular kompyuter 
xotirasiga kiritilishi kerak. Lotin harflaridan rus yoki o`zbek harflariga o`tish va 
buning aksi ma’lum klavishalarni bosish bilan amalga oshiriladi. Bu esa o`z 
navbatida ishlatilayotgan drayverga bog`liq; 

-qo`shimcha raqamli klaviatura; 

-funktsional klaviatura; 

-maxsus klavishalar qatori. 
Funktsional klaviatura va maxsus klavishalar turli kompyuterlarda 
turlicha bo`lishi mumkin. Klaviatura kompyuterga foydalanuvchi tomonidan 
buyruqlarni, matnlarni, raqamlarni va boshqa ma’lumotlarni kiritishga 
mo`ljallangan. Navbatdagi kiritilayotgan belgining ekranda aks etish joyi kursor 
deb ataluvchi, jimillab turuvchi chiziqcha bilan belgilanadi. 
Qo`shimcha raqamli klaviaturada 0,1,...,9 raqamlari va arifmetik amallar 
belgilari (+,-,*,/) joylashgan. Ularni NUM LOCK klavishasi bosilgan holatda 
(indikator lampasi yonib turadi) kompyuterga kiritish mumkin. Agar NUM 
LOCK klavishasi bosilmagan bo`lsa, bu klavishalar ko`pchilik hollarda 
quyidagi vazifalarni bajarishi mumkin: 
31


 -strelkalar -kursorni o`ngga, chapga, yuqoriga, pastga 
surish; 
-HOME -kursorni satr boshiga surish; 
-END -kursorni satr oxiriga surish; 
-PgUp -kursorni bir varaq yuqoriga surish; 
-PgDn -kursorni bir varaq pastga o`tkazish; 
-DEL -kursor ustidagi belgini yo`qotish; 
-INS -"suqulib kirish" rejimini o`rnatish va undan chiqish (bu rejim 
o`rnatilganida, kiritilayotgan tekst kursor turgan joydan satrga "suqulib kiradi", 
ya’ni kursordan o`ng tomondagi tekst o`ngga surilib, kiritilayotgan tekst uning 
joyini egallay boshlaydi va bu rejim o`rnatilmaganida esa kiritilayotgan tekst 
satrdagi tekstning o`rnini egallab boradi). 
Ba’zi klaviatura modellarida kursorni boshqarish klavishalari alohida 
gurux sifatida joylashtirilgan. Bu klaviaturada joylashgan "+" va "-" belgilari 
ko`pchilik programmalarda asosiy klaviaturadagi unday klavishalardan o`z 
vazifasiga ko`ra farq qiladi. Ular bu belgilarni kiritish emas, balki qandaydir 
boshqa ishlarga mo`ljallangan bo`lishi mumkin. Ular ingliz tilidagi xujjatlarda 
rangiga mos ravishda o`z nomi bilan yuritiladi: Gray +, Gray - (kulrang +, 
kulrang -). 
Funktsional klaviatura F1, F2, . . ., F12 kabi belgilangan klavishalardan 
iborat. Ularninng har birining aniq vazifasi bo`lmay, har bir programmada 
ularga o`ziga mos bo`lgan vazifa yuklangan bo`ladi. Ularning umumiy vazifasi 
esa foydalanuvchi va programma orasidagi muloqotni yengillatishdan iboratdir. 
Ko`pchilik programmalarda F1 klavishasi "yordam beruvchi" vazifani bajaradi: 
u bosilganida ekranda shu programmaning ishlashiga doir ma’lumotlar va u 
bilan muloqot qoidalari to`g`risida axborot hosil bo`ladi. 

Yüklə 4,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin