Birinchi on-line rejimidagi to’lov o’tkazmasini 1998 yil 18 martda “Garant-
park” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan. Hozirgi paytda CyberPlat®
(KiberPlat) elektron to’lov bozorida 12 yil mobaynida ishlab kelmoqda,
Rossiya va
MDH davlatlarini ichida eng ishonchli va yo’lga ko’yilgan elektron to’lov tizimi
bo’lib kelmoqda.
CyberPlat tizimi Internet muhiti va real vaqt
rejimida hisob-kitob qilish
uchun mo’ljallangan integratsiyalashgan tizimdir. U Internet orqali amalga
oshiriladigan hisob-kitobning ikki modelini qamrab oladi:
1. Biznes – haridor (Business to Consumer) modeli –
ASSIST
avtorizatsiyalashgan serveri – chakana elektron harid,
jumladan, mikroto’lovni
ta’minlash.
2. Biznes – biznes modeli (Business to Business) – himoyalangan moliyaviy
hujjatlashtirish texnologiyasi - ulgurji savdo va korporativ
strukturalar orasidagi
hisob-kitoblar.
Yuqorida keltirilgan hisoblashishlar modellari mohiyatan to’lovlar hajmlari
va buning natijasi o’laroq, mumkin bo’lgan sanktsiya qo’yilmagan
kirish
ehtimolidan himoyalanish darajasiga qo’yiladigan talablarga ko’ra farqlanadi.
CyberPlat tizimining texnologik qurilishi uni har ikki modelda ham muvaffaqiyatli
qo’llash imkonini beradi. Bunda ASSIST avtorizatsiyalashgan
serverining mavjud
bo’lishi mijozlarga biznes-haridor sxemasi bo`yicha xizmat ko’rsatish
imkoniyatlarini muhim darajada kengaytiradi.
CyberPlat to’lov tizimga qisqacha tavsif berib o’tamiz. Tizim
ishtirokchilari CyberPlat to’lov tizimida hisob-kitoblar
uch asosiy ishtirokchilar
orasida olib boriladi: haridor, elektron magazin va bank.
Dostları ilə paylaş: