Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта


“Platina” bankida hisob raqam ochishdagi CyberPlat to’lov tizimining



Yüklə 4,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə254/271
tarix19.12.2023
ölçüsü4,66 Mb.
#184868
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   271
Informatika va axborot texnologiyasi

“Platina” bankida hisob raqam ochishdagi CyberPlat to’lov tizimining 
ishlash texnologiyasi: 
1.
To’lovning va haridning onlaynda amalga oshirilishi.
 
2.
Haridor Internet orqali magazinning veb serveriga ulanadi, tovarlar 
to’plamini shakllantiradi va hisobraqamdan olish to’g’risida magazinga 
so’rovnoma jo’natadi.
 
3.
Magazin haridorning so’rovnomasiga ko’ra o`nga tovar (xizmat) nomi, 
narxi, magazin kodi, operatsiya sodir bo’lgan vaqt va kuni ko’rsatilgan elektron 
raqamli imzo(ERI) bilan imzolangan hisob jo’natadi. Fuqarolik-huquqiy nuqtai 
nazaridan bu hisob shartnoma tuzish uchun taklif hisoblanadi(oferta). Dunyoda 
Elektron raqamli imzo(ERI) haqida qonun qabul qilgan birinchi mamlakat 
Germaniya bo’lib, 1997 Evropa davlatlari qonunchiligi asosida “Elektron raqamli 
imzo” to’g’risidagi qonun imzolangan. AQShda 2000 yil 1 oktyabrda “Global va 
milliy biznesda elektron imzo” to’g’risidagi Qonun imzolangan. 
 
4.
Haridor o`nga kelgan hisobni o’z ERI si bilan imzolab, qabulni amalga 
oshirgan holda uni magazinga qaytarib jo’natadi. Shartnoma haridor imzolagan 
paytdan boshlab kuchga kiradi. Tizimda haridor tomonidan imzolangan hisob 
chekka aylanadi.
 
5.
Ikki tomonlama ERI bilan imzolangan chek (ya’ni magazin va haridor 
tomonidan) Magazin tomonidan, kuchga kiritish uchun Bankka jo’natiladi.
6.
Bank imzolangan chekni qayta ishlaydi: Magazin va haridorning 
tizimlarida uning mavjudligini tekshiradi, ikkala tomonnining ERI larini tekshiradi, 
ularning hisobraqamlaridagi qoldiq va limitlarni tekshirib chiqadi. Tekshiruv 
natijasida to’lovni o’tkazish yoki o’tkazmaslik haqidagi qaror shakllanadi. 
7.
To’lovga ruxsat olinganda bank pul mablag`’larni Haridorning hisob 
raqamidan Magazin hisob raqamiga o’tkazish bilan birga Magazinga xizmat 
ko’rsatishga (tovar berishga) ruxsat beradi, Magazin esa ushbu xizmatni ko’rsatadi 
(tovar beradi). 
8.
To’lov taqiqlangan holda bank Magazinga to’lovni qaytarish haqida 
xabar beradi, Haridorga esa to’lovning qaytarilishi asoslanadi. Haridor harid qilish 
jarayonini to’la-to’kis nazorat qiladi. Amalga oshirilgan kelishuvni tasdiqlovchi 
hujjat sifatida har bir tomonda yuridik kuchga ega bo’lgan elektron-raqam usulida 
imzolangan cheklar qoladi. 
Hisob raqamidan ko’chirma 
Haridor o’z hisob raqamidagi mablag`’lar haqidagi ko’chirmani o’ziga 
tegishli bo’lgan elektron-raqam usulida imzolangan so’rovnoma orqali oladi. Bank 
Haridorning kodi va elektron-raqam imzosini (ERI) tekshiradi. Tekshiruvning 
ijobiy natijalari olingan holda Bank Haridorga ERI yordamida imzolangan va 
kriptografik tarzda o’zgartirilgan tekstni o’z ichiga olgan so’rovnomani yo’llaydi. 
366


Haridor, xabarni olgach, Bank imzosi va va ko’chirmaning aksincha 
o’zgartirilganligini tekshiradi. Haridor ko’chirmani o’z kompyuterining xotirasida 
saqlab qoladi.
Haridorning to’lovlari magazindan o’tganligi
haqidagi so’rovnoma 
Haridor CyberPlat tizimidagi o’z kodini ko’rsatgan holda mazkur Magazinda 
amalga oshirilgan to’lovlari haqida ma’lumotlarni rasmiy ravishda so’rab oladi va 
olingan kod asosida Magazin mazkur Haridor to’lovlari haqida axborotni taqdim 
etadi. 
CyberPlat tizimining bank plastik kartochkalari egalariga xizmat ko’rsatish 
texnologiyasi. Plastik kartochka egasini ro’yxatga olish. 
1. VISA, Eurocard, Mastercard, Diners Clud, JSB (bundan buyon – Haridor) 
bank plastik kartochkalari egalari CyberPlat to’lov tizimida ro’yxatga olinadi. 
2. Ro’yxatga olinish vaqtida Haridor quyidagi ma’lumotlarni ko’rsatadi: 
o’ziga tegishli bo’lgan shaxsiy ma’lumotlar (ismi-sharifi, otasining ismi, elektron 
pochta manzili, pochta manzili, telefon), o’z kartochkasining parametrlarini 
(kartochkaning qaysi to’lov tizimga tegishliligi, kartochkaning raqami, uning amal 
qilish muddati, kartochka egasining kartochkada ko’rsatilgan transkriptsiyadagi 
ismi-sharifi). Kartochkadagi ma’lumotlar himoyalangan tarzda Haridorni ro’yxatga 
olish uchun faqatgina Bankka beriladi, ushbu ma’lumotlar Magazinga Haridor 
bilan operatsiyalarni amalga oshirishda taqdim etilmaydi. 

Yüklə 4,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin