Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта


Microsoff SharePoint Portal Server



Yüklə 4,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə262/271
tarix19.12.2023
ölçüsü4,66 Mb.
#184868
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   271
Informatika va axborot texnologiyasi

Microsoff SharePoint Portal Server 
Tizim hamkorlikda ishlashni quvvatlovchi rivojlangan vositalarga ega 
bo’lgan elektron arxivdir. Hujjatlarni hamkorlikda yaratish, hujjat versiyalarini 
yuritish, arxivdan hujjatlarni olish va yana o’z joyiga qo’yish (check-out,check-
in) kabi ishlarni quvvatlaydi. Arxivga kirish uchun Web- mijoz (tashqi ishlab 
chiqaruvchilar o`nga o’z komponentlarini kiritish mumkin) va arxivga fayllar 
to’plami sifatida murojaat qilishga imkon beruvchi Windows Explorerga 
birlashtirilgan komponentdan foydalaniladi. 
Optima Workflow 
Tizim Optima Workflow deb nomlansada, aslida Workflow mahsulotdan bir 
muncha ustunroqdir. Bu tizim hujjatlar oqimini tashkil qilish umumiy 
mexanizmidan tashqari, ish yuritish mobaynida jarayonga taalluqli barcha 
hujjatlarni saqlab borishga imkon beradi. Buning uchun ombor sifatida Microsoft 
382


Exchangening umumiy papka mexanizmidan foydalaniladi. Inqirozli yo’llarni 
kuzatib borish va o’zaro bog’langan ishlar majmuasini diagramma ko’rinishida 
ifoda qilishi uning eng foydali imkoniyatidir. Shuningdek, MS Project muhitidan 
foydalanib ham uning hamma imkoniyatlarini amalga oshirish mumkin, chunki 
Optima Workflowda ish jarayonidagi barcha ma’lumotlarni bu dasturga eksport 
qilish imkoniyati bor. 
Optima Workflow tizimida elektron arxiv sifatida Exchangedan foydalanish 
imkoni yo’q, buning uchun boshqa mahsulotlar, masalan, yuqorida yoritib berilgan 
Microsoff SharePoint Portal Server mavjuddir. Optima Workflow hujjatlarni bu 
hujjatlar bilan bog’liq jarayonlar tugamaguncha saqlab turadi. 
 
4. Tashqi hujjat aylanishlar 
 
Ma’lumki, tashkilotlarning turli xil elektron hujjat aylanish tizimlaridan 
(EHT) foydalanishi ular o’rtasida korrespodentlar ayirboshlashda bir muncha 
murakkabliklarni keltirib chiqaradi. Ikkita turli tashkilotlar o’rtasidagi hujjat 
aylanishlar hozirgi kunda ham asosan qog’ozli ko’rinishda amalga oshiriladi, bu esa 
xizmatchi axborotlarni tezkor ayirboshlashda turli murakkabliklarni yo`zaga 
keltiradi. Shy ko`ngacha bu jarayon quyidagi ko’rinishda amalga oshirilib kelinadi: 
biron tashkilotning EHTda yaratilgan hujjati qog’ozli tashuvchilarga chiqarilib, 
ikkinchi tashkilotga kurer yoki oddiy pochta orqali etkazib beriladi va u erda skaner 
qilinib, o’sha tashkilotga tegishli EHTga kiritiladi. Har bir tashkilotping o’z 
avtomatlashtirilgan hujjat aylanish tizimiga egaligi e’tiborga olinsa, tashqi 
muloqot uchun mo’ljallangan har bir hujjat yuqorida keltirilgan jarayonga bir 
necha marta jalb qilinadi. 
Yangi XML-formatini paydo bo’lishi, elektron hujjat aylanish yagona 
tizimiga o’tishni joriy qilishda katta istiqbolli variant hisoblanib, tashkilotlarni o’z 
hamkorlari, o`zoqdagi shahobchalari, davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan 
aloqalaridagi samaradorlikni tabiiy ravishda ko’taradi. 
383


Aniq amalga oshirishlarda bu chizmadagi ba’zi kompopentlar ishtirok 
etmasligi yoki aksincha, bir nechta nushalarda ishtirok etishi mumkin. Hujjat 
aylanish tizimini tanlash tashkilotni rivojlantirish umumiy strategiyalarining 
tuzilishi va boshqa bir qancha omillarga bog’liqdir. Biroq, har qanday holatda ham
elektron hujjat aylanishlar tizimidan foydalanish qog’ozli hujjatlarga harajatlarni 
qisqartirishga, axborot oqimlarini tezlashtirishga, shuningdek, ularni korporativ 
madaniyatini oshirishga xizmat qiladi. 

Yüklə 4,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin