Mavzu 32. G’aznachilikda avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari
R e j a:
1.
G’aznachilik tushunchasi. G’aznachilik organlarining vazifalari
(funktsiyalari).
2.
G’aznachilik organlarini tashkil etish va ularning rivojlanish istiqbollari.
3.
G’aznachilik organlarini axborot bilan ta’minlash va bu organlarda
avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarini tashkil etish.
4.
AATning terminal arxitekturasi va g’aznachilikdagi AAT(ning) “Klient –
Server”i.
5.
G’aznachilik organlarining kommunikatsion tizimlarini tashkil etish.
Tayanch so’z va iboralar: UNIX, Net Ware, Klient – Server, G’aznachilikda
Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari, Davlat byudjeti,Terminal, Windows NT,
SUBD “Oracle”, G’aznachilikda avtomatlashtirilgan ish joylari, Mahalliy byudjet,
Intellektual va h.q.
G’aznachilik tushunchasi. G’aznachilik organlarining funktsiyalari
Mamlakatdagi mavjud moliyaviy tizimning tahlili byudjet mablag`’larining
kelib tushishi va sarflanishini hisobga olishning etarlicha tezkor emasligini,
ulardan maqsadli foydalanish nazorati, ajratilgan mablag`’larning oxirgi oluvchiga
etib borguncha bo’lgan vaqtning o`zoqligi, turli darajadagi byudjetlarning
bajarilishida moliyaviy organlar orasidagi o’zaro aloqaning sustligi kabilarni
ko’rsatadi. 1993 yildagi moliya tizimini rivojlanishi mamlakat iqtisodiyotida yo`z
384
385
berayotgan va islohotlarning bahosidan kelib chiqib, O’zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi kollegiyasi Moliya vazirligi apparati va mahalliy moliya organlari
oldiga kelgusi istiqbol uchun quyidagi ustun vazifalarni belgilab berdi:
•
byudjetlararo munosabatlarni mukammallashtirish va moliya va soliq
organlari koordinatsiyalarini kuchaytirish;
•
byudjetlarning daromad bazalari, soliqlar yig’imini oshirish soliq yig’ish
va uning to’liqligini ta’minlash usullarini mukammallashtirish hisobiga
ko’paytirish;
•
mablag`’larni ijtimoiy siyosati amalga oshirish va ijtimoiy
himoyalanadigan qatlamlarni byudjetning barcha darajalari bilan o’z vaqtida va
to’liq moliyalashni ta’minlashga yo’naltirish;
•
davlatning qimmatli qog’ozlar bozorini, ularning muomala muddatlari
o`zoqligini hisobga olgan holda faollashtirish va bozorlarga norezidentlarni jalb
etish, bozor geografiyasini kengaytirish;
•
valyutali-moliyaviy operatsiyalar samaradorligini oshirish va milliy
valyutani mustahkamlash.
Bu masalalarni hal qilish uchun “O’zbekiston Respublikasining
g’aznachiligi haqida Nizom” ishlab chiqildi (2007 yilda O’zbekiston Respublikasi
hukumati tomonidan tasdiqlangan) va yangi moliyaviy organ – g’aznachilik tashkil
etish haqida qaror qabul qilindi.
G’aznachilik – davlatning maxsus moliyaviy organi bo’lib, uning
funktsiyasiga quyidagilar kiradi:
•
O’zbekiston Respublikasi davlat byudjetini tashkil etish, amalga oshirish
va bajarilishini nazorat qilish, yagona g’azna tamoyilidan kelib chiqib, banklardagi
g’aznachilik hisobraqamlaridagi kirimlar (foyda) va harajatlarni boshqarish.
•
O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti va byudjetdan tashqari
jamg’armalar orasidagi moliyaviy munosabatlarni tartibga solish, bu
jamg’armalarning moliyaviy bajarilishi, byudjetdan tashqari mablag`’larning kelib
tushishi va undan foydalanishni nazorat qilish.
•
Davlatning moliyaviy resurslari hajmini qisqa muddatga bashoratlash
hamda davlat harajatlarining belgilangan mos keluvchi davri doirasida ushbu
resurslarni boshqarish.
•
Davlatning yuqori qonunchilik va ijroiya organlari (idoralari) va O’zR
boshqaruvining O’zR Hukumatining davlat moliyasi, davlat byudjet bo’yicha,
byudjetdan tashqari jamg’armalar, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi byudjet
tizimining ahvoli haqidagi axborot va hisobotlarini yig’ish, ishlov berish va tahlil
qilish.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki va boshqa vakolatli banklar bilan
hamkorlikda O’zRning davlat ichki va tashqi qarzlarini boshqarish va xizmat
ko’rsatish. G’aznachilik tasarrufidagi davlat hokimiyati idoralari, boshqarmalar,
korxonalar, muassasa va tashkilotlarga davlat mablag`’larini davlatning (davlat)
byudjetdan tashqari mablag`’lari va b.ga taqsimlovchi tashkilotlarni ham qo’shgan
holda hisobot operatsiyalarini yuritish tartiblarini, ularga doir uslubiy va ko’rsatma
materiallarni ishlab chiqish.
386
Ko’rsatib o’tilgan funktsiyalarni bajarish uchun nafaqat g’aznachilik
organlarining ierarxik darajalarida, shuningdek, bank to’lov tizimlarida, davlat
soliq tizimida, hamma darajadagi byudjetlarning shakllanish va ijroiya tizimlarida
byudjetdan mablag`’ oluvchilar va soliq to’lovchilarning rivojlangan funktsional
va axborot aloqalari bilan murakkab ko’pqirrali tizimi harakatlanadi. Ushbu
tizimning murakkabligi uning turli idoralarga tegishli ko’p sonli qatnashchilarni
qamrab olib, tarmoqli hududlarga yoyilganligi bilan kuchaytirilganligidadir.
Dostları ilə paylaş: |