389
G’aznachilik orginning avtomailashtirilgan asosiy maqsadlariga uni
shakllantirish jaryonida qator talablarni bajarish bilan erishish mumkin:
Davlat byudjeti ijrosiga xizmat qiluvchi axborot tizimi detallashuv darajasi
bo’yicha hisoblar rejasi to`zilmasi bilan muqobil bo’lgan avtomatlashtirilgan
buxgalterlik hisobi bazasida qurilishi lozim. Davlat byudjeti ijrosining buxgalterlik
hisobi byudjet tasnifining jami maqyosida, jumladan, byudjet mablag`’larini
yakuniy oluvchilari kesimida analitik jihatdan olib borilishi lozim.
Bunday tamoyil axborot majmuining hisob registirida davlat byudjetining
ixtiyoriy darajadagi faktni holatini operativ va ishonchli aks ettirishga imkon
beradi.
- G’aznachilikning axborot tizimi an’anaviy bank operatsiyalari bilan
bo’lgani kabi elektron bank hisob-kitoblari tizimi bilan ham ishlashga
moslashtirilgan bo’lishi lozim. Shuningdek, Davlat va mahalliy byudjet ijrosining
axborot tizimlari bilan o’zaro faol munosabatni qo’llab quvvatlash talab etiladi.
Majmua bilan qorishiq tizimlar byudjet ijrosining to’liq masshtabli,
avtomatlashgan va operativ buxgalterlik hisobiga asoslangan, birlamchi hujjatlar,
jumladan, bank tizimidagi to’lov hujjatlarni qayta ishlashda axborotlarni bir
martada shakllantirishni ko’zda to`tishi lozim (bu tizimga axborotlarni ikkilamchi
kiritishda ma’lumotlar nomuvofiqligi va xatoliklarni istesno etadi).
- Operatsion kun, hafta, oy, kvartal va yil mobaynida byudjet ijrosining
asosiy jarayonlarini muvofiqlashtirish va sinxronlash.
- turli darajadagi byudjetlar ijrosini bajaruvchi orginlarning yagona
texnalogik axborot – kommunikatsion tizimini shakllantirish.
- U yoki bu qorishiq muassasaviy tizimiga kiruvchi axborotlarni ularning
o’zaro munosabatlashuvi jarayonida ishonchliligi – noqonuniy kirishdan yagona
texnalogiyalash va elektron imzoni himoyalashda yagona texnalogiyani qo’llash.
- G’aznachilikda avtomatlashgan axborot texnalogiyalarini shakllantirish va
joriy etishda butun tizimni yoki uning yadrosini bo’lgani kabi, boshqa tizimlar
joriy ishga umuman tegmagan holda aholida avtomatlashgan ish joylarini va ish
joylaridagi alohida vazifalarni modefikatsiya o’tkazilishiga imkon beruvchi
texnalogik va metodik qarorlarni qo’llash.
G’aznachilikning avtomatlashgan axborot tizimi uchun sanab o’tilgan
talablardan va bu tizimni qurish shartlaridan kelib chiqib, avtomatlashgan axborot
texnalogiyalarining ikki arxitekturasi foydalaniladi.
1. “Terminal” – yuqori mahsuldor meynfreym (mainframe) markazlashgan
hisoblash majmuasi va lokal hamda masofaviy, jumladan, intellektual terminallar
tizimini qo’lalsh asosida.
2. “Mijoz-server” – bo’lim, tashkilotlar ko’lamidagi lokal hisoblash
tarmoqlarida ma’lumotlar bazasi bilan jamoaviy yuqori mahsuldor mehnatni
tashkil etish asosida.
Dostları ilə paylaş: