Њзбекистон республикаси олий ва њрта


Quyidagi internet saytlaridan foydalanildi



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə35/119
tarix29.10.2022
ölçüsü0,71 Mb.
#66804
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   119
«Milliy istiqlol Foyasi» fanining maqsad va vazifalari

Quyidagi internet saytlaridan foydalanildi

  1. www.gov.uz.

  2. www.press-service.uz.

  3. www.bilim.uz.

  4. www.philosophy.ru.

  5. www.filosofiya.ru.

  6. www.philosophy.nsc.ru.

  7. http//philosophy.albertina.ru.

  8. www.history.ru.


3-MAVZU: GLOBALLAShUV ShAROITIDA MILLIY
FOYaGA EHTIYoJNING ORTIShI
Ma'ruza rejasi:

  1. Jamiyat goballashuvi tushunchasi, mohiyati va aksil globallashuv.

  2. Globallashuv jarayonida milliy g‘oyaga ehtiyoj.

  3. Mafkuraviy jarayonlarning globallashuvi va milliy madaniyat.

  4. Milliy g‘urur, milliy o‘zlikni anglash, qadrlay olish va shaxsiy e'tiqod - ma'rifiy taraqqiyot omili.



1. Jamiyat globallashuvi tushunchasi, mohiyati va aksilgloballashuv
Bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasi. Hozirgi davr - dunyo g‘oyaviy qarama-qarshiliklar murakkab tus olgan, mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham kuchliroq bo‘lib borayotgan davrdir. Butun yer yuzi odamzod uchun yagona makon bo‘lib hisoblanadi. Ammo tarixda mavjud chegaralarni o‘zgartirish, muayyan hududlarni bosib olish uchun son-sannoqsiz urushlar bo‘lgan. Bu jarayonda esa urush qurollari muntazam takomillashib borgan. Mazkur urushlar to XX asrgacha asosan ko‘proq bir yo ikki davlat yoxuj mintaqa o‘rtasida bo‘lgan. XX asrda ro‘y bergan ikkita jahon urushida o‘nlab davlatlar, bir necha qit'a mamlakatlari ishtirok etgan.
Xullas, urush qurollari takomilashib boraverdi. Bugungi kunda ular boshqa hududni bosib olish u yoqda tursin, balki butun yer sayyorasidagi hayotni bir necha marta yo‘q qilib tashlashga yetadi. Insoniyat XX asr oxiriga kelib bir qator chegara bilmaydigan muammolarga duch keldi. Urush va tinchlik, ekologik falokatlar, ma'naviy qashshoqlik, narkobiznes, terrorizm kabi muammolar ana shular jumlasidandir.
XXI asr boshlariga kelib dunyo mamlakatlari o‘rtasida o‘zaro ta'sir shu qadar kuchayib ketdiki, bu jarayondan to‘la ihotalanib olgan birorta ham davlat yo‘q. Globallashuvning turli mamlakatlarga o‘tkazayotgan ta'siri ham turlicha. Bu hol dunyo mamlakatlarining iqtisodiy, axborot, ma'naviy salohiyatlari va siyosati qanday ekani bilan bog‘liq.
Globallashuv - turli mamlakatlar iqtisodi, madaniyati, ma'naviyati, odamlari o‘rtasidagi o‘zaro ta'sir va bog‘liqlikning kuchayishidir. Globallashuvga berilgan ta'riflar juda ko‘p. Fransuz tadqiqotchisi B.Bandi ta'rifida globallashuv jarayonining 3 o‘lchovli ekaniga urg‘u beriladi:
1. Globallashuv - muttasil davom etadigan tarixiy jarayon.
2. Globallashuv - jahonning gomogenlashuvi (bir jinsli) va universallashuvi jarayoni.
3. Globallashuv - milliy chegaralarning «yuvilib ketish» jarayoni.
Rossiyalik A.Parshev globallashuvga quyidagicha ta'rif beradi: «Aslida, globallashuvning asosiy mazmuni boshqa mamlakatlarda ishlab chiqarilgan mahsulotning qo‘shimcha qiymatini, dunyodagi asosiy zahiralarini o‘zlashtirishdan iborat».
Globallashuvning mamlakatlar iqtisodiy siyosati va ma'naviyatiga o‘tkazishi mumkin bo‘lgan ijobiy va salbiy ta'siri xususida Hindistonning mashhur davlat arbobi Mahatma Gandining quyidagi so‘zlarida yaxshi ifodalangan: «Men uyimning darvoza va eshiklarini doim mahkam berkitib o‘tira olmayman, chunki uyimga toza havo kirib turishi kerak. Shu bilan birga, ochilgan eshik va derazalarimdan kirayotgan havo dovul bo‘lib uyimni ag‘dar-to‘ntar qilib tashlashi, o‘zimni esa yiqitib yuborishini ham istamayman».
Shuning uchun ham milliy istiqlol g‘oyasi bugungi globallashuv jarayonida uyimizni, hayotimizni toza havo bilan ta'minlab, ayni paytda, «dovullar»dan saqlash omili ekanligini anglash mumkin.
Globallashuv jarayoni murakkab hodisa. Uning turli mamlakatlar iqtisodi, siyosati va ma'naviyatiga o‘tkazayotgan ta'siri murakkabligi sababli unga nisbatan ham jahonda bir-biriga qarshi, muxolifatda bo‘lgan ikki guruh: 1) globalistlar va 2) aksilglobalistlar guruhlari vujudga keldi.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin