Њзбекистон республикаси олий ва њрта


Mafkura - o‘tmish va kelajak o‘rtasidagi ko‘prikdir



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə87/119
tarix29.10.2022
ölçüsü0,71 Mb.
#66804
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   119
«Milliy istiqlol Foyasi» fanining maqsad va vazifalari

Mafkura - o‘tmish va kelajak o‘rtasidagi ko‘prikdir.
Asarda Prezident Islom Karimov milliy g‘oya, milliy mafkura quyidagi holatlarni o‘zida mujassam qilib, mazkur talablarga javob berishi kerakligi masalasini bayon etgan:
1. Milliy mafkura o‘zligimizni anglash, asrlar davomida shakllangan ezgu niyatlarni, oliy maqsad va vazifalarni o‘zida qamrab olishi kerak.
2. Yagona milliy bayroq atrofida birlashtiradigan yagona g‘oya - mafkura bo‘lishi lozim.
3. Har qanday millatchilik, mensimaslik kayfiyatlaridan xoli bo‘lishi, xalqaro maydonda izzat qozonishi va rahnoma bo‘lishi darkor.
4. Milliy g‘oya yosh avlodni vatanparvarlik, el - yurtga sadoqat ruhida tarbiyalashi kerak.
5. Shonli o‘tmishi va kelajagini uzviy bog‘lab turishda, jahon va umumbashariy yutuqlarni qo‘lga kiritishga da'vatkor bo‘lishi darkor (Karimov I.A. Asarlar. T.7. 91-92-betlar).
6.2-chizma.


Milliy g‘oya tizimi



Xususiyatlari






Konsepsiyasi






Tashkiliy asoslari
















Milliy va umuminsoniy
qadriyatlarning uyg‘unligi




I.A.Karimov
asarlari






















Insonparvarlik






O‘zbekiston Respublikasi















Konstitutsiyasi







Ijtimoiy adolat tamoyillariga asoslanishi



















Ijtimoiy-
gumanitar fanlar







Millatning eng muqaddas tuyg‘ulari, orzu-umidlarini o‘zida mujassamlashtir-ganligi




Ilmiy-nazariy umumlashmalar







Millatning, xalqning hamjihatligi taraqqiyot garovidir.


«Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot -
yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir».
Abdulla Avloniy

Ta'lim-tarbiya - ong mahsuli. Ongni, tafakkurni o‘zgartirmasdan turib esa biz ko‘zlagan oliy maqsad - ozod va obod jamiyatni barpo etib bo‘lmaydi.


Ongli turmush - jamiyat hayotining bosh mezoni
Kadrlar tayyorlash milliy modeli va dasturi - taraqqiyotning umumiy maqsadlariga erishish omili va shartidir.
Hayotimizni ijobiy ma'noda «portlash effektiga» olib kelishi uchun «Ta'lim to‘g‘risida»gi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilab berilgan vazifalar amalga oshgan taqdirda:
- ijtimoiy-siyosiy iqlimga ijobiy ta'sir qiladi;
- insonning hayotdan o‘z o‘rnini topish jarayoni tezlashadi, bu ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega;
- jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsni shakllantiradi;
- jamiyatimiz potensial kuchlarini ro‘yobga chiqaradi;
- fuqarolik jamiyati qurish tezlashib, davlat funksiyalari kuchli jamiyat zimmasiga o‘tadi. Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari g‘oyasi amalga oshadi.


«Kuch - bilim va tafakkurda»
Islom Karimov.


«Jaholat - ma'rifatning kushandasi»

Demak, kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro‘yobga chiqarish natija-sida jamiyatning quyidagi ijtimoiy jarayonlariga ta'sir ko‘rsatadi:


1. Milliy dasturning amalga oshirilishi jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy muhitini ijobiy tomonga o‘zgartiradi:
- ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy sohalarga demokratik prinsiplar va qonun ustuvorligi joriy etiladi.
- ijtimoiy ongda tafakkur erkinligiga olib keladi.43
2. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish shaxsning jamiyatdagi o‘z o‘rnini belgilab olish jarayoni tezlashadi:
- ijtimoiy faollik va harakatchanlik sotsiallashib boradi;
- odam o‘z qobiliyatlarini erkin namoyon qilishga o‘ta boradi.
3. Ta'limning milliy modelini amalga oshirish jamiyatda erkin fikrlaydigan shaxs shakllanishiga olib keladi.
4. Kadrlar tayyorlash milliy modeli jamiyatning potensial imko-niyatlarini ro‘yobga chiqaradi.
5. Kadrlar tayyorlash milliy modelini ro‘yobga chiqarish milliy va umuminsoniy qadriyatlarni uyg‘unlashtirib jamiyat asoslarini shakllan-tiradi.
6. Kadrlar tayyorlash milliy modelini amalga oshirish O‘zbekiston-ning xalqaro maydonda munosib o‘rin olishiga imkon yaratadi.
7. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi - Milliy istiqlol g‘oyasining tarkibiy qismi hamdir.


Milliy g‘oya - millatning o‘tmishi, bugungi va istiqbolini o‘zida mujassamlashtirgan, uning tub manfaatlari va maqsadlarini ifodalab, taraqqiyotga xizmat qiladigan ijtimoiy g‘oya shaklidir.
Mamlakatimiz uchun milliy g‘oya haqidagi masalaning bugungi amaliy ahamiyati shundaki, biz o‘tish davrini boshdan kechirmoqdamiz. Aynan shunday paytda aholining turli qatlamlari manfaatlarini himoya qiluvchi mafkura-larning shakllanishiga sharoit tug‘ilishi mumkin. Shunday ekan, millat, jamiyatning parokanda bo‘lib ketishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.
Har bir avlod, har bir xalq, har bir davlatning o‘z rivojlanish xususiyatini aks ettiradigan g‘oyalari bo‘lgan.
Turkiya respublikasi 1923 yil 29 dekabrda mustaqillikka erishganda «Hokimiyat - shak-shubhasiz halqnikidir» tamoyili tanlandi. Turkiya 1-pre-zidenti Mustafo Kamol Otaturk (1938 - 1981) o‘z mamlakat taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishini belgilab beruvchi quyidagi tamoyillarni ishlab chiqqan:
1. Jumhuriyatchilik. 5. Inqilobiylik.
2. Millatparvarlik. 6. Madaniyatparvarlik.
3. Davlatchilik. 7. Xalqchillik.
4. Vijdon erkinligi.

O‘zbek milliy g‘oyasi esa - Prezident Islom Karimov asoslab bergan o‘zbek xalqi milliy mafkurasining g‘oyalari umuminsoniy qadriyatlarga tayanadi. Bu g‘oyalar: 1. Vatan ravnaqi. 2. Yurt tinchligi. 3. Xalq farovonligi. 4. Komil inson. 5. Bag‘rikenglik (Tolerantlik). 6. Millatlararo totuvlik. 7. Ijtimoiy hamkorlik.





Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin