Њзбекистон республикаси олий ва њрта



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə15/119
tarix29.10.2022
ölçüsü0,71 Mb.
#66804
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   119
«Milliy istiqlol Foyasi» fanining maqsad va vazifalari

2. O‘ziga xos qonuniyatlar o‘zbek xalqining hayoti, turmush tarzi, tarixi, madaniyati, milliy-madaniy merosi va qadriyatlarini aks ettiradi. Bu qonuniyat milliy istiqlol g‘oyasining mazmuni, maqsadi va xususiyati nuqtai nazaridan qaraganda alohida, ustuvor ahamiyatga ega. Chunki bu qonuniyatni hisobga olish o‘zbek xalqining, millatning kelajagi bilan o‘zligini saqlab qolish hamda o‘z negizida rivojlanishini, dunyoda o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lishni e'tirof etish bilan bog‘liq. Tarixiy jihatdan yondashganda, bu sohada «turli g‘oyalar», «mafkuralar» ana shu muhim qonuniyatlarga zid bo‘lgan holatlarni ham kuzatishini ko‘rsatadi. O‘zbek xalqini tilidan, madaniyatidan, tarixidan ajratib qo‘yishga bo‘lgan urinishlar bunga misoldir. Chunki yot va begona g‘oyalar xalqning turmush tarzi, milliy-madaniy qadriyatlaridan ajratib qo‘yish orqali uni zaiflashtirishga va o‘z irodasiga bo‘ysundirishga harakat qilgan.
Demak, milliy istiqlol g‘oyasining qonuniyatlari har bir xalq uchun milliy o‘ziga xosligini zamon yutuqlari bilan bog‘lanishning nafaqat kafolati, balki rivojlanish strategiyasi hamdir.
Milliy istiqlol g‘oyasining negizlari va asosiy tamoyillari. Milliy istiqlol g‘oyasining amal qilish tamoyillarining o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘lish jamiyatning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarning g‘oyaviy jihatlarini belgilash bilan bog‘liq. Bu prinsiplar bir-biri bilan dialektik bog‘liqlikda mavjud bo‘ladi. Ular o‘z navbatida milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligi talablariga mos keladi.
1) Milliy istiqlol g‘oyasining umuminsoniy qadriyat tamoyillari. Insonparvarlik, inson qadr-qimmati sha'ni va or-nomusi, haq-huquqlari hamda manfaatlarining ustuvorligi prinsipiga tayanadi. Unda insonning hayoti oliy qadriyatdir. Bu tamoyil o‘tkinchi xarakterga ega bo‘lmay, balki O‘zbekistonning demokratik rivojlanish istiqbolini o‘zida mujassam etadi. Bunda milliy g‘oyaning insonparvarlik va demokratik tamoyillari inson hamda jamiyat manfaatlari uyg‘unligini belgilab beruvchi tayanch nuqta va jipslashtiruvchi omil vazifasini o‘taydi. Demak, milliy istiqlol g‘oyasi ikki muhim, bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan negizga tayanadi. Bu bir tomondan, O‘zbekiston xalqining tarixi, turmush tarzi, urf-odat, an'analari, madaniyati bilan bog‘liq milliy-madaniy meros bo‘lib, bu uning asosi, bosh negizi, tayanchi hisoblanadi. Ikkinchisi, dunyo xalqlari e'tirof etib, faqat ezgulikka, bunyodkorlik ishlariga, o‘zaro totuvlik va hamjihatlikka xizmat qilib kelayotgan umuminsoniy tamoyillardir. Shu ma'noda milliy istiqlol g‘oyasi umumbashariy qadriyatlarni e'tirof etadi.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin