Milliy g‘oya - inson va jamiyat hayotiga ma'no mazmun baxsh etadigan, uni ezgu maqsad sari yetaklaydigan fikrlar
majmuidir.
Mafkura - muayyan ijtimoiy guruh, ijti-moiy qatlam, millat, davlat, xalq va ja-miyatning ehtiyojlari, maqsad va muddao-lari, manfaatlari, orzu-intilishlari ham-da ularni amalga oshirish tamoyillarini o‘zida mujassam etadigan g‘oyalar tizimidir.
O‘zbekistonning taraqqiyot yo‘li
Mamlakat oldida turgan maqsadlar
Rivojlanish strategiyasi
Xullas, hozirgi zamonda inson qalbi va ongi uchun kurash nihoyatda murakkab tus olgan. Bu gepolitika va globallashuv jarayonlari bilan qo‘shilib, uyg‘unlashib ketmoqda. Markaziy Osiyoda ham, unga nisbatan ta'sirlarda ham ana shunday serqirra jarayon, xilma-xil xususiyat, turlicha xatti-harakatlar mavjud. Bularning barchasini anglash, ro‘y berayotgan voqyea-hodisalarning mag‘zini chaqish, mustahkam mafkuraviy immunitetni shakl-lantirish dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda.
3. Mafkuraviy jarayonlarning globallashuvi Mafkuraviy jarayonlarning globallashuvi (yer sharini qamrab olish, dunyo miqyosidagi, umumiy). - g‘oyaviy ta'sir o‘tkazish imkoniyatlarining kengayishi oqibatida unga yer yuzining barcha mintaqalari tortilganligini, mafkuraviy kurash umumbashariy miqyos kasb etganini ifodalovchi tushuncha. Bugungi dunyoda mislsiz ilmiy kashfiyotlar, ulkan texnikaviy imkoniyatlar, universal texnologiyalar, axborot tarqatishning globallashuvi, ya'ni ularning butun kurrai zaminni qamrab olish jarayoni shiddat bilan bormoqda. Masalan, Internet tizimi orqali axborot almashuv, binobarin, g‘oyaviy ta'sir o‘tkazish imkoniyatlari ham tobora kengaymoqda.
Aslida axborot sohasidagi globallashuv insoniyat uchun, dunyoning barcha hududlaridagi odamlarning o‘zaro muloqoti uchun, ilm-fan va madaniy boyliklarni o‘zlashtirish uchun ulkan imkoniyatlar yaratadigan jarayondir.
Mafkuraviy jarayonlarning globallashuvida bir-biridan farq qiladigan ikki yo‘nalish, tendensiya mavjud:
1. Insoniyat sivilizatsiyasi tarixida erishgan har qanday moddiy va ma'naviy qadriyatlarning umuminsoniy jihatlari tarixiy makon doirasidan chiqib baynalminallashib, universallashib bormoqda. Boshqacha aytganda, milliy va umuminsoniylik tamoyillarining integratsiyalashuv jarayoni kuchmoqda.
2. Millatlar va davlatlarning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy-madaniy rivojlanishidagi beqarorlik, ular manfaatlaridagi o‘ziga xoslikni mutlaqlashtirish insoniyatga, shu jumladan, o‘z millatining kelajagiga xavf tug‘diradigan salbiy hodisalarning mafkuralashgan holda globallashuviga olib kelmoqda. Bu xalqaro terrorizm, ekstremizm, funda-mentalizm va narkobiznes hodisalarida namoyon bo‘lmoqda. Biron bir hudud yoki mamlakatda paydo bo‘layotgan g‘oyalar tez fursatda butun jahonga yoyilmoqda. Natijada, odamzot ma'lum bir davlatlar va siyosiy kuchlarning bosimini sezib yashamoqda.
Bu jarayonning muhim xususiyatlaridan biri - turli mamlakatlarni mafkuraviy zabt etish g‘oyat katta iqtisodiy manfaatlar bilan qo‘shilishib ketganidir. Mafkuraviy globallashuv saviyasi past audio va videokassetalar, axloqsizlik, tubanlik va yovuzlikni targ‘ib qiladigan «san'at asarlari»ning ham keng tarqalishiga sabab bo‘lmoqda. Foyaviy-mafkuraviy tazyiq va tajovuzlarning oldini olish uchun esa har bir millat, davlat o‘zining g‘oyaviy-mafkuraviy daxlsizligini ta'minlaydigan chora-tadbirlarni ko‘rishi zarur bo‘lmoqda.
Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati va ma'naviyati ham Sharq va Farbni tutashtirgan karvon yo‘llarida joylashgani sababli ham Sharq, ham Farb madaniyatidan bahramand bo‘lgan. Natijada har bir xalq o‘zlari uchun ana shu madaniyatning ijobiy tomonlarini o‘zlashtirgan, ularga ijodiy yondashib yangi cho‘qqilarga ko‘targan. Masalan, Abu Rayxon Beruniy Xitoy, Hindiston, Yunoniston va rim falsafasi, tabiiy fanlarini chuqur o‘zlashtirgan edi. Forobiy ham o‘nlab tillarni bilgan va o‘nlab xalqlar madaniyati va ma'naviyatini chuqur o‘rgangan. Yaxshi, ijobiy g‘oyalar o‘rganilgan, ijodiy rivojlantirilgan. Lekin ular negizida yot g‘oyalar ham kirib qolgan. Shunday g‘oyalar borki, ular ochiq chehra bilan eshigimizni taqillatib kirib keladi. Shunday g‘oyalar ham borki, ular «o‘g‘ri» kabi tuynuk qidiradi.
Eshik qoqib keladigan g‘oyalar milliy ma'naviyatni boyitadi, rivojlantiradi. XX asr boshlaridagi o‘zbek madaniyati va ma'naviyati hamda uning asr oxiridagi holati o‘rtasida jiddiy tafovut bor. Bu tafovutni adabiyot, san'at, fan, hatto oddiy yurish-turish va kiyim-kechak, turmush sohalarida ham kuzatish mumkin. XX asr boshida o‘zbek adabiyotida dramaturgiya janri shakllanmagan edi. M.Behbudiy, Fitrat, M.Abdura-shidxonov singari ma'rifatparvarlarning sa'y-harakatlari tufayli dramaturgiya shakllandi...
Biron-bir hudud yoki mamlakatda paydo bo‘layotgan g‘oyalar tez fursatda butun jahonga yoylmoqda. Natijada odamzod ma'lum bir davlatlar va siyosiy kuchlarning manfaatlariga xizmat qiladigan, olis-yaqin manbalardan tarqala-digan, turli mafkuraviy markazlarning bosimini doimiy ravishda sezib yashamoqda.
Bunday vaziyatda o‘z mustaqil fikriga, sobit e'tiqodiga, mustahkam iroda va dunyoqarashiga ega bo‘lmagan odam goh oshkora, goh pinhona ko‘rinishda namoyon bo‘layotgan mafkuraviy tazyiqlarga bardosh bera olmaydi. Yaponiyada paydo bo‘lgan «AUM Sinrikyo» kabi zarali oqimlar turli mamlakatlardagi minglab yosh yigit-qizlarni irodasidan, ong-shuuridan mahrum qilib, zombiga aylantirib qo‘ygani bu fikrning dalilidir.
Umuman, dunyodagi misilsiz ilmiy kashfiyotlar, universal texnologiyalar va axborot tarqatishning globallashuvi yuzaga keldi. Bu jarayonlar o‘z navbatida dunyodagi yuz berayotgan mafkuraviy vaziyatga, munosabatlarga jiddiy ta'sir ko‘rsata boshladi. Ilmiy kashfiyotlar globallashuvida mafkura bevosita ta'sir etishi ob'ektiv va sub'ektiv omillar bilan uzviy bog‘lanib ketgan.
Demak, g‘oyalar va qarashlarning jamiyatdagi ma'lum guruh manfaatlariga bo‘ysundirilishi va mafkuralashtirilishi - jamiyat uchun, sivilizatsiyalar uchun «salbiy omilga» aylanadi.
Natijada, jamiyatlar bir - biriga qarama - qarshi bo‘lgan qutblar bo‘linishigacha borib yetadi. Hodisani «turmushdan», «jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy negizi»da deb tushunish falsafasi bir tomonla-madir. Bu - «turmush, ijtimoiy borliq ongni belgilaydi», degan an'anaviy falsafaga xos bo‘lib, unda muayyan maqsadlar jamiyat hayotining «mafkuralashib» borishiga asos bo‘lgan.
Buni sobiq totalitar mafkuraga xos bo‘lgan tarixiy voqyelik to‘la tasdiqlaydi. Hozirgi zamon falsafasi esa turmushning ongga ta'sirini hisobga olgan holda, ongning faol ta'sir ko‘rsatishi va uni belgilashi to‘g‘risidagi g‘oyaga asoslanmoqda. Jamiyatning siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy rivojlanish darajasi hamda uning taraqqiyot yo‘li inson ongi va tafakkuri darajasiga bevosita hamda uning taraqqiyot yo‘li inson ongi va tafakkuri darajasiga bevosita bog‘liq bo‘ladi. (Ergashev I. Taraqqiyot falsafasi. Toshkent: «Akademiya», 2000. 15- bet).
Hozirgi kunda til, madaniyat, urf-odatlardagi umumiylik, boshqacha aytganda, etnik birlikka asoslangan holda yagona mafkuraviy maydonni keltirish borasidagi qarashlar ham mavjud. Bunday qarashlarning shakllanish tarixi uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Bugungi kunda ularning har biri o‘ziga xos tarzda dunyoning mafkuraviy manzarasida muayyan o‘rinni egallashga urinmoqda.