Ma'naviy munosabat-lar va madaniy aloqalar ko‘lamining ortishi
globallashtiruvchi
va universallash-
Axborot va aloqa kommunikatsiyalari-ning taraqqiyoti
tiruvchi omillar
Fundamental ilmiy kashfiyotlar va fan yutuqlarining ko‘payishi
Texnik va texnologik
imkoniyatlarning o‘sishi
Bugungi dunyoda mislsiz ilmiy kashfiyotlar, ulkan texnikaviy imkoniyatlar, universal texnologiyalar, axborot tarqatishning globallashuvi, ya'ni ularning butun kurash zaminini qamrab olish jarayoni shiddat bilan bormoqda. Bu jarayonlar jahon taraqqiyotining muhim xususiyati ekanini e'tirof etgan holda, ularning kuchli mafkuraviy ta'sir vositasi
ekanini ham unutmaslik darkor.
Markaziy Osiyo mintaqasidagi mafkuraviy jarayonlar tizimida Afg‘onistonda 2001 yil kuzigacha davom etgan fuqarolar urushi ham alohida o‘rin egalladi. Yigirma yildan ortiq davom etgan harbiy majoralar oqibatida umumiinsoniy sivilizatsiyadan uzilib qolgan Afg‘oniston hududi xalqaro terrorchilik va diniy ekstremizm, qurol-yaroq va giyohvand moddalarning noqonuniy savdosi o‘chog‘i bo‘lib keldi. Bu esa turli zararli g‘oyalarning terrorchilik, tahdid va tahlika yo‘li bilan butun mintaqaga yoyilish xavfini tug‘dirgan edi.
Keng miqyosli integratsiya va globallashuv jarayonlari jahon taraqqiyotining hozirgi paytdagi muhim xususiyatlaridan biri ekanini e'tirof etgan holda, ularning kuchli mafkuraviy ta'sir o‘tkazish vositasi ekanini ham unutmaslik darkor.
3.8-chizma.
Hozirgi davrda Markaziy Osiyo siyosiy xaritasida ro‘y bergan tub o‘zgarishlar tufayli bu mintaqaga nisbatan geopolitik yondashuvlarning ifodasi bo‘lgan mafkuraviy jarayonlar murakkablashib bormoqda. Mustaqil taraqqiyot, erkin va farovon hayotga bo‘lgan ishonch–e'tiqodni mustahkamlash yo‘lida xavf–xatarlarning oldini olish uchun muttasil ogoh bo‘lib yashash, birgalikda kurash olib borish mintaqa xalqlari uchun hayotiy zaruriyatga aylanib qoldi.