«Milliy istiqlol Foyasi» fanining maqsad va vazifalari
5. Jahon va mamlakatimiz tarixi, O‘zbekistonning madaniy va ma'naviy merosi, o‘zbek tili va adabiyotining tarixiy rivojlanishi tadqiq etilmoqda.
2000 yilning sentyabr oyida ham BMT Bosh Assambleyasi «Ming yillik sammiti»da, 2003 yil 29 mayda ShHTning Moskva sammitida, 2004 yil 17 iyunda Toshkent sammitida, 2005 yil 5 iyulda Ostona ShHTning sammitlarida Prezidentimiz mintaqamiz xavfsizligini ta'minlash bilan bog‘liq bo‘lgan xalqaro terrorizm va narkobiznessga qarshi faol kurashish, Markaziy Osiyo mintaqasidagi barqarorlik va xavfsizlikni ta'minlash va jahon xavfsizlik tizimini takomillashtirish muammolariga e'tibor qaratdi. Mintaqa xalqlari uchun o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘lgan bu jarayonni to‘g‘ri anglab yetgan Markaziy Osiyo mamlakatlarining rahbarlari faqat 2000 yilning o‘zida bir necha bor uchrashuvlar o‘tkazdi. Xususan, 2000 yil oktyabr oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda «Markaziy Osiyoda narkotiklarning noqonuniy savdosi, uyushgan jinoyatchilik va terrorchilikka qarshi kurash bo‘yicha hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari» to‘g‘risidagi o‘ta muhim hujjat imzolandi.
Umuman, ilmiy-texnikaviy taraqqiyot va globallashuv jarayonlari aqidaparastlik (arab. e'tiqod) va jaholatga tamomila ziddir.
Diniy aqidaparastlik - esa siyosiy maqsadlar yo‘lida mavjud ijtimoiy muammolarni ilk, ya'ni mazkur din paydo bo‘lgan paytdagi arkonlar asosida hal etmoq niyatidagi harakat va qarashlardan iborat. Islomiy aqidaparastlik - zamonaviy islomda mavjud 3 yo‘nalishdan (qolgan 2 tasi: traditsionalizm va modernizm) biri. Islom aqidaparastligining asosiy g‘oyasi - «sof islom» qat'iyatlariga (prinsiplariga) qaytish, maqsad esa - islomiy davlat va taraqqiyot yo‘lini joriy etishdan iborat.20 Globallashuvning salbiy oqibatlariga albatta o‘z vaqtida kurash olib borish lozim. Yoshlarda dunyodagi mafkuraviy manzarasini va globallashuv ja-rayonlarini teran anglash va bu borada zarur ko‘nikmalar hosil qilib bormoq lozim. Buning uchun biz yuqorida bayon etganimizdek, islom ekstremizmi va aqidaparastligiga keskin kurash olib bormoq uchun siyosiy, huquqiy, ma'naviy bilimlarimizni chuqurlashtirishimiz lozim. Diniy ekstremizm va aqidaparastlikning keltirib chiqarayotgan sabablarini o‘rganmoq kerak.