8.2. Bo’sh gruntlarni almashtirish
Inshoot quriladigan joyda qalinligi 2...3 m dan oshmaydigan balchiqsimon yoki tarkibida turli organik moddalar bo’lgan gilli gruntlar bo’lsa, ularni olib tashlab, o’rniga tosh-shag’al yoki qumli gruntlardan maxsus yostiqlar o’rnatish maqsadga muvofiqdir.
Poydevor ostida hosil qilinadigan yostiqlar mustahkam gruntga o’rnatiladi va tag yuzasi ma‘lum bikrlik burchagi () ostida kengaygan trapetsiya shaklida bo’ladi (8.1- rasm). Bunda, bikrlik burchagi grunt turiga bog’liq holda qabul qilinadi. Masalan, qumli yostiqlar uchun uning qiymati 30...35o, tosh-shag’alli yostiqlar uchun 40...45o atrofida qabul qilinadi.
Yostiqlar poydevordan tushadigan bosimni o’ziga qabul qilib, zaminga kamaytirib, uzatib berish vazifasini bajaradi. Tubining kengligi birmuncha kichik bo’lgan yostiqning balandligini quyidagi formula yordamida tanlash mumkin:
h = (N/R – b)/2tg , (8.1)
bunda N – yostiq og’irligi bilan birgalikda zaminga uzatiluvchi yuk; b – poydevor tovonining kengligi.
Qum va tosh-shag’al yostiqlar, qalinligi 20 sm dan oshmaydigan qatlamlar yig’indisidan barpo etiladi. Har qaysi qatlam to’kilgach, suv bilan namlanib, maxsus gurzilar yoki mexanik zichlovchilar yordamida shibbalanadi.
Ayrim hollarda, yostiq sifatida qum, tosh-shag’allardan tashqari, gilli gruntlardan ham foydalaniladi. Ularni sizot suvlari satxi chuqur joylashgan maydonlardagina qo’llash tavsiya etiladi. Chunki, suvlar ularning tuzilishini keskin bo’zib yuborishi mumkin.
8.1 – rasm. Bo’sh gruntlarni sochiluvchan gruntli yostiqlar bilan almashtirish
8.3. Gruntlarni zichlash usullari
Zamin gruntlarini zichlash yuzaki va chuqur turlarga bo’linadi.
Yuzaki zichlashda g’altaksimon moslamalar va gurzilardan foydalaniladi.
Dastlab gruntlar yengil g’altak (0,5...1 t) yordamida zichlanadi. So’ngra, o’rtacha og’irlikdagi (5...10 t) g’altaklar ishlatiladi. Zichlashni yakunlash og’ir g’altaklar bilan amalga oshiriladi. Bu usullardan asosan, keng maydonli gilli va namlangan qumli gruntlar sharoitida foydalaniladi.
Gurzilar yordamida zichlash ham qurilish amaliyotida keng qo’llaniladi. Temirbeton yoki metall quyma gurzilarni (massasi 1...3 t) maxsus yuk ko’taruvchi moslamalar yordamida 4...5 m balandlikdan bir yerga 8...10 marta urib, grunt zichlanadi.
Bo’sh gruntlarni chuqur zichlash quyidagi usullar yordamida amalga oshirilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |