Œзбекистон республикаси олий ва œрта



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə40/46
tarix27.04.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#103246
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   46
GMZP MM (2)

10.2. Lyossli gruntlarning
o’ta cho’kuvchanlik ko’rsatkichlari

Lyosslar va lyossimon gruntlarning o’ta cho’kuvchanligi laboratoriya ustaxonalari sharoitida, grunt namunasining yonboshga kengayish imkoniyatini cheklovchi qurilmalar yordamida o’rganiladi. O’ta cho’kuvchanlikni baholashda, ko’pincha grunt namunasini odometr yordamida zichlanishga sinash natijalariga asoslaniladi. Shunday sinovlar natijasida namuna balandligining o’zgaruvchan r bosimga nisbatan bog’lanish grafigi (10.1-rasm) quriladi va gruntning nisbiy o’ta cho’kuvchanlik koeffitsienti quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:


y = (hю - hy)/h0 , (10.1)


bu yerda hю - tabiiy namlikdagi grunt namunasining inshoot qurilgandan keyin ta‘sir qiladigan yukga mos bosimdagi balandligi; hy - namunaning shu bosim ostida qo’shimcha namlangandan keyingi balandligi; h0 - tabiiy namlikdagi namunaning zamin gruntining o’rganilaetgan chuqurligidagi tabiiy kuchlanishiga mos bosim bilan zichlangandan keyingi balandligi


Agar y < 0,01 bo’lsa, grunt o’ta cho’kuvchan deb hisoblanadi. Nisbiy o’ta cho’kuvchanlik namlanish paytida qo’yiladigan r bosim miqdoriga ham ko’p jihatdan bog’liqdir. Bir necha namunalarni qo’shimcha namlashdan so’ng, ularga turli miqdordagi r bosimlarni ta‘sir ettirib va mos ravishdagi y koeffitsientining qiymatlarini aniqlab y = f(р) bog’lanishining grafigini qurish mumkin (10.2-rasm). Bunday grafiklar y=0,01 dagi o’ta cho’kuvchanlikning quyi chegarasini tavsiflovchi boshlangich рy bosimni aniqlash imkoniyatini beradi. Bosimning р<рy qiymatlarida, lyossli grunt o’ta cho’kuvchan emas deb qaraladi.



10.1 – rasm. Lyossli gruntning defor- 10.2 – rasm. ( = ( (R) bog’lanishning
matsiyalanish grafigi grafigi



10.3 – rasm. Lyossli grunt sirtining suv ta‘siridagi o’ta cho’kishi: 1 – gruntning
o’ta cho’kishdan keyingi sirti; 2 – gruntning o’ta cho’kishgacha bo’lgan sirti;
3 – sepilgan qum qatlami; 4 – suvlangan grunt

Poydevor zaminadigi lyossli grunt qatlamlaridan olingan namunalarni laboratoriya sharoitida sinash natijalari asosida o’ta cho’kish (Sy) miqdorini quyidagi ifoda bo’yicha aniqlash mumkin:


Sy = y,i hi c, y , (10.2)


bu yerda y,I – i qatlamdagi gruntning nisbiy o’ta cho’kuvchanlik koeffitsientni; hi – i qatlam qalinlagi; c, y – grunt sharoitini hisobga oluvchi koeffitsient.


Grunt sharoitini hisobga oluvchi koeffitsient poydevor tag yuzasining kengligi b ga bog’liq bo’lib, agar b 12 m bo’lsa, c,y=1,0. Agar b3 m bo’lsa, bu koeffitsientining qiymati quyidagi formula bo’yicha hisoblab topiladi:

c,y = 0,5 +1,5 (р - рy)/р0 , (10.3)


bu yerda r – poydevor tovonidagi bosimning o’rtacha qiymati; р0 – 100 kPa ga teng bosim.


Poydevor tovonining kengligi 3 m < B < 12 m oraliqda bo’lganda, c,y koeffitsientning qiymati B = 3 m va B = 13 m kengliklar uchun aniqlangan qiymatlarni interpolyatsiya qilib topiladi.
O’ta cho’kuvchanlikni, qurilish maydonchasida qazilgan tajribaviy handakni, suv quyib sinash yo’li bilan yanada aniqroq baholash mumkin. Bunda handakning kengligi Вк ni cho’kuvchan grunt qatlamlarining umumiy chuqurligi Hy dan biroz kattaroq o’lchamda qabul qilish tavsiya etiladi. Suvning cho’kuvchan qatlamlarga erkin sizib o’tishini ta‘minlash uchun, handak tubiga uncha katta bo’lmagan qalinlikda qum sepiladi.
Qo’shimcha namlanish natijasida strukturasi bo’zilgan grunt, o’z og’irigi ta‘sirida, handak tubi va qisman yon qirg’oqlari bo’ylab cho’kadi (10.3 - rasm).
Gruntning cho’kuvchanlik bo’yicha holati handak markazidagi o’ta cho’kish miqdori (Sуд) bo’yicha baholanadi. Handak kengligi cho’kuvchan qatlamlarning umumiy chuqurligidan kichik bo’lsa, gruntda maksimal o’ta cho’kuvchanlik yuzaga kelmasligi ham mumkin. Bunday hollarda, o’ta cho’kishning haqiqiy miqdori quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi.

_________________


Sу.д = Sу.д  Вk ( 2- B K/ HY) / Ну , (10.4)
bu yerda Sу.д - tajribada kuzatilgan o’ta cho’kish miqdori; Вk – handak tubining kengligi; Hy – cho’kuvchan gruntlar qatlamlarining umumiy chuqurligi.
Qo’shimcha namlanish va o’z og’irligi ta‘sirida deformatsiyalanishi bo’yicha o’ta cho’kuvchan gruntlar ikki turga bo’linadi:
birinchi tur – qatlamlarining cho’kish miqdori 5 sm gacha bo’lsa;
ikkinchi tur – qatlamlarining umumiy cho’kishi 5 sm dan katta bo’lsa.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin