Œзбекистон республикаси олий ва œрта



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə43/46
tarix27.04.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#103246
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46
GMZP MM (2)

11.2. Tushurma quduqlar

Poydevorlarni quduq shaklida qurish va bunday konstruktsiyalarning ma‘lum sharoitlardagi afzalliklari insoniyatga juda kadimdan ma‘lum bo’lgan. Masalan, bundan 2000...2500 yil ilgari Hindistonda barpo etilgan ba‘zi bir ibodatxonalarning poydevorlari quduq shaklidadir.


Tushurma quduqlar yirik o’lchamli qoziqlardagi singari gruntning quduq yon sirti va tovoni bo’ylab ko’rsatadigan qarshiliklari hisobiga ishlaydi. Quduqlarning ustki va ostki qismlari ochiq holda bo’ladi. Ular quduqning ichki bo’shligidagi gruntni tashqariga chiqazib tashlash jarayonida asosan o’zining xususiy og’irligi ta‘sirida gruntga botib boradi. Tushurma quduqlar gruntga juda katta chuqurliklarda botirilishi mumkin. Hozirgi vaqtda bunday quduqlarning 70 m va undan katta chuqurliklarda o’rnatilgan hollari ma‘lum.
Tushurma quduqlar o’lchamlari va vazni ancha katta bo’lgan «massiv» va aylana kesimli temirbeton quvurlardan to’ziladigan «qobiqli» turlarga bo’linadi.
Massiv quduqlar, ularning ichki bo’shligidagi gruntni tashqariga chiqazib tashlash jarayonida, gruntga o’z og’irligi ta‘sirida botib boradi. Massiv quduqning plandagi ko’rinishi inshootning tuzilishi va o’lchamlariga muvofik holda tayinlanadi. Gruntga yengil botishi uchun uning plandagi shaklini ko’pincha aylana, oval yoki qirralari aylanma to’rtburchak shaklida tanlashadi. Quduqning plandagi o’lchamlari ancha katta bo’lsa, uni ichki devorchalar bilan bir necha qismlarga (shaxtalarga) bo’lishadi.
Quduqning tashqi devorlari tik, yoki botish jarayonida grunt bilan ishqalanishni kamaytirish maqsadida, quyi qismi biroz kengaytirilgan shaklda tayyorlanadi. Quduq devorlarini odatda beton yoki temirbetondan barpo etishadi. Bunda beton devorlarning qalinligi 1,5...2,5 m; temir-beton devorlarning qalinligi esa 1...1,25 m oraliqda qabul qilinadi. Quduq devorlarining ostki qismi, poydevorning gruntga botishini osonlashtirish uchun, uchli va metall qoplamali qilib konstruktsiyalanadi. Ba‘zi hollarda devorlarning ichki qismida maxsus uyuq joylar ham koldiriladi va ularni germetik orayopma bilan ta‘minlab, tushurma quduq qurilishi jarayonini kesson poydevorini barpo etish sharoitlari asosida davom ettirish mumkin. (11.1-rasm)
Quduq ichidagi grunt greyferlar, erliftlar yoki gidroelevatorlar bilan ishlanadi va tashqariga chiqazib tashlanadi. Quduq devorlari bilan grunt orasidagi ishqalanish kuchlarini kamaytirish (quduqning gruntga botishini tezlashtirish) uchun tashqi devorlarning perimetri bo’yicha qoldirilgan pazlarga 5...10 sm qalinlikda suyuq bentonit gili qorishmasi yuboriladi.
Yig’ma temirbeton quvur shaklidagi qobiqli tushurma quduqlar sanoat korxonalaridan 6...10 m uzunlikdagi alohida sektsiyalar ko’rinishida chiqaziladi. Bunda quvurlarning ichki diametri 1...6 m, devorchalarining qalinligi esa 12...20 sm oraliqlarda bo’ladi. Uncha chuqur joylashmaydigan qobiqli quvurlar o’zining xususiy og’irligi ta‘sirida gruntga botiriladi. Chuqur joylashadigan quvurlarni o’rnatishda esa, kuchli tebranishlar hosil qiladigan zichlovchi mashinalardan foydalanishadi. Qobiqli quduqlar, ko’pincha, daryolar ustidan o’tkaziladigan ko’priklarning poydevorlarini barpo etishda qo’llaniladi. Kuchli vibratsion mashinalar ishlatilganda ularni 50 m va undan kattaroq chuqurliklargacha botirish mumkin.
Tushurma quduqlarni har qanday geologik, gidrogeologik va gidrologik sharoitlarda qo’llash mumkin. Agar poydevor quriladigan joy suv bilan qoplangan bo’lsa va suvning chuqurligi 5 m dan ko’p bo’lmasa, quduqni gruntdan ko’tarilgan maxsus orolcha ustida o’rnatish mumkin. Suvning katta chuqurliklarida esa quduqni suzuvchi ko’prikchalar yordamida barpo etadilar. Tushurma quduqlarning tovoni, odatda, beton bilan to’lg’aziladi, ya‘ni tayanch plitasi hosil qilinadi. Agar tushurma quduqning o’lchamlari uncha katta bo’lmasa, uning ichki bo’shligi to’laligicha beton yoki sochiluvchan grunt (shag’al, qum) bilan to’ldirilishi ham mumkin.



11.1 – rasm. Tushurma quduq: 1 – tashqi devor; 2 – maxsus o’yiq joy(paz); 3 – poydevor tovonining betonlangan qismi; 4 – quduqning uchli kesuvchi qismi; 5 – paz; 6 – bentonit gili bilan to’lg’aziladigan qism



Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin