‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

{creativity -
inglizcha 
ijodiy
) likni o‘rganishdan iborat. Ijodkorlikka rivojlanish- 
ning asosiy mexanizmi sifatida (N.V.Kipiaki, A.M.Matyushkin, 
Y.A.Ponomarev, I.N.Semenov va boshqalar) qaraladi va uning 
o‘rganilishi M.S.Bemshteyn, V.S.Bibler, V.N.Shkin, O.K.Tixo- 
mirov, E.G. Yudin va boshqalar nomi bilan bog‘Iiq.
Psixologik ijodkorlikning kreativlik deb nomlanuvchi yo‘nali- 
shi ustida g‘arb olimlari: J.Gilford, S.Liding, V.Smit, D.Xalperik 
va boshqalar izlanishlar olib borishgan. Chet el olimlarming krea­
tivlik tushunchasi haqidagi izlanishlarini tahlil qilib va iimum- 
lashtirib R.Xameni yozadi: «Kreativlik o‘zida yangicha yo‘sinda 
amalga oshirilgan o‘zlashtirish to‘lqinini (Makkelif), yangicha 
aloqadorliklami aniqlash (Kyubi), yangicha munosabatga kirishish 
(Rodjers), yangiliklar (Lassuel), ongning yangicha e’tirozlariga 
sabab bo‘luvchi faoliyatidir». Ko‘pchilik tadqiqotchilar kreativ­
likni belgilashda shaxsning o‘ziga xosligi va xususiyatlariga e’tibor 
qaratadilar. J.Gilfodning fikricha, kreativlik va ijodiy imkoniyat 
qobiliyatlar va ijodiy tafakkurga ta’sir etuvchi omillar yig'indisi 
sifatida namoyon bo‘ladi. E.Torrens kreativlikni yechimlami 
topishda bilimlaming yetarli bo'lmasligi muammosi, qiyinchiliklar 
qarshisidagi indentifikatsiya va taxminlaming shakllanishi, 
yechimlaming topilish jarayoni deb qaraydi. (E.Torrens, 1996y.)


Ijtimoiy-psixologik va ijtimoiy-boshqaruv darajasida - ijod­
korlik determinantlari borasida, jamoa ijodkorligini boshqarishda 
tashkilotchilik muammosi, jamoaning fimksional-rolli differen- 
siyasi yo‘nalishi bo‘yicha izlanishlar olib borilmoqda. Kreativlik 
ijodiy tafakkuming yangi mahsuli yoki natijasi ekanligi yuzasidan 
bahslar hali ham ayrim olimlar orasida davom etmoqda. Boshqa 
izlanishlarda ijodkorlikning yangilik yaratishdagi yetakchiligi 
ta’kidlanadi. V. Arteymning izlanishlarida ijodkorlik uning mahsuli 
boigan obyektga qarab baholanmaydi, deb aniq munosabat 
belgilanadi. Uning fikricha: «Kreativlik bilim, faoliyat va istakning 
uyg‘unligi». Psixologiyada evristika muammosini o‘rganish 
borasida V.N.Pushkin: «Evrestik faoliyat shunday psixologik 
jarayonki, uning yordamida muammo 
yechimi
topiladi, yangi 
yondashuv ishlab chiqiladi, evrestik faoliyat deb ataluvchi qan- 
daydir yangilik yaratiladi», degan edi. Kreativlikning tasniflanishi 
kasbiy faoliyat jarayonida namoyon bo‘luvchi psixik komplekslar 
tarkibi bilan bog‘liq. Kreativlikning psixologik izlanishlardagi 
asosiy urg‘u muammolami mustaqil yechishga undovchi, o'ziga 
xos katta hajmdagi g‘oyalami yuzaga keltiruvchi va ulaming o‘ziga 
xos yechimini topishga asos bo‘luvchi individning intellektual va 
shaxsiy qobiliyatiga qaratiladi. Kreativlik istisno etilgan va 
g‘aroyib fenomen deb baholanuvchi dastlabki izlanishlardan farqli 
ravishda, zamonaviy izlanishlarda kreativlik har bir shaxs ega 
bo'lishi mumkin bo‘lgan individ kompleksi sifatida qaralmoqda. 
Bu kreativlik muammosiga turlicha yondashuvlarda namoyon 
bo‘iadi: u faqatgina har bir shaxs ham qo‘iga kirita olmaydigan 
natija emas, balki refleksi va o‘z-o‘zini baholashdagi shaxsning 
yangicha sifat ko‘rsatkichi deb o‘rganilmoqda. Kreativlik haqidagi 
ko‘pgina izlanishlarda har bir shaxsda u yoki bu daraja va miqdorda 
mavjud boiadigan psixologik kreativlik mexanizmi va ijodkorlik 
imkoniyatlariga asosiy e’tibor qaratilmoqda. .
An’anaviy psixologiya va pedagogikada kreativlikka shaxs 
kategoriyasi sifatida qaraladi, uni talqin qilish, aniqlash borasida 
bahslar yuritilgan: Kreativlik tafakkur sifatida (J.Gilford, 
Y.K.Tixomirov) yoki intellektual faollik sifatida (D.B.Bogolevs-
200


kaya, L.B.Yermolayeva-Tomina), yoki shaxs sifatlarining integ- 
ratsiyalashuvi (Y.A.Ponomarev va boshqalar). Biroq oliy ta’lim 
pedagogikasi (kreativ androgogikajda uning sifat ko'rsatkichini va 
namoyon bo‘lish darajasini aniqlashning o‘zi yetarli emas. 
Kreativlik 
biryoqlama salbiy jihat sifatida qaralsa-da, uning 
muammolar tizimi umumlashtiriiadi va bir butunlikni tashkil etadi, 
bu ayniqsa o‘zida ta’lim jarayonida ijodiy ta’lim va tarbiyani 
mujassamlashtirgan shaxsning ijodiy imkoniyatlari va kreativlikni 
rivojiantirish jarayonida oliy maktab pedagogikasiga taalluqlidir. 
Shu sababli, kreativlikni rivojlanish imkoniyatlarihi kreativ ta’lim 
va tarbiya jarayonida shaxs kategoriyasi sifatida o‘rganish zarur. 
0 ‘tgan asming 60-70 yillari pedagogikada kreativlik muammosini 
o ‘rganishda keskin burilish yillari bo‘Idi. Shu davrda ijodiy 
izlanuvchan pedagog-novatorlar paydo bo‘ldi. Novatorlar erishgan 
natijalar nafaqat pedagoglami, balki psixologlami ham qiziqtirdi, 
ular ijodiy ta’limning psixologik tomonlarini, ijod faoliyatining 
pedagogik psixologiyadagi mexanizmini o‘rgandiIar. (V.V.Da- 
vidov, I.A.Zimnaya, N.V.Kuzmina, A.M.Matyushkin, Y.A.Pono­
marev, R.A.Mavlonova rahbarligidagi pedagogika fanlari ilmiy- 
tekshirish instituti jamoasi.) Kreativlikni o‘rganishda amalga 
oshirilgan nazariy tahlil uni kasbiy anrogogikada qoilashning 
umumiy qonuniyatlari va o‘ziga xosligini aniqlash imkonini beradi 
(V.M.Morozov). Biz kreativlikning tizimlilik tuzilishidan kelib 
chiqib, unga shaxsning o‘ta intellektual-evristik jihati sifatida emas, 
balki shaxsni qadrlovchi, tabaqalashtirilgan ta’lim sifatida 
qaraymiz. Kreativlik - shaxsni rivojlantiruvchi kategoriya sifatida 
inson ma’naviyatining ajralmas qismi bo‘lib, shaxsni o‘z-o‘zim 
rivojiantirish omili, shaxsiy jonbozlikning asosi, shaxs ega boHgan 
bilimlaming ko‘p qirrali ekanligida emas, balki yangi g‘oyalarga 
intilishda va o‘matilgan stereotiplami yangilik yaratish jarayonini 
isloh qilish va o‘zgartirishda, hayotiy muammolami yechish 
jarayonida kutilmagan va noodatiy qarorlar chiqarishda namoyon 
bo‘ladi. Kreativlik jarayonini tashkil etish va boshqarishning 
murakkabligi shundaki, bunda ijodiy individuallikning nafaqat 
ongli, balki ong osti tushunchalari paydo bo‘ladi.


Kreativlik tabiatini o‘rganish muammosiga bag‘ishlangan psi- 
xologo-pedagogik adabiyotlami tahlil qilib, odatda, intellektual 
kreativlik masaiasiga duch kelamiz. Ijtimoiy va aniq pedagogik 
kreativlik sohasida amalga oshirilgan izlanishlar ancha kam. Ko‘p 
hollarda tadqiqotchilar pedagogik kreativlik emas, balki pedagogik 
muloqot jarayonini o‘rganadilar, o‘qituvchi va o‘quvchi muloqotini 
yaxshilash 
uchun 
tavsiyalar 
beradilar. 
Pedagogika 
va 
psixologiyadagi kreativlik tabiati uning rivojlanishiga ta’sir 
ko‘rsatuvchi ichki va tashqi omillar haqidagi yuqorida keltirilgan 
fikrlami umumlashtirib quyidagicha xulosa chiqarish mumkin: bu 
hodisa yaxlit va tuzilish jihatdan tushunish uchun yagona tu- 
shunchalar tizimi mavjud emas. Inson shaxsida kreativlik, uning 
darajasi, tuzilishi va o‘ziga xosligi inson individualligining boshqa 
bir jihatini o‘?lashtirish jarayonining o‘ziga xosligi va shaxsiy 
xususiyatlari bilan uzviy bog‘liq. Bu bog‘liqlikni tasniflash 
kreativlik hodisasining kelajakda o‘rganilishi kutilayotgan yangi 
bir yo‘nalishidir.Kreativlikni intellektual kreativlik va ijtimoiy 
kreativlikka bo‘lish mumkin. Intellektual kreativlik analiz va 
sintezdan iborat. Analiz va sintez qila olish qobiliyati umumiy 
intellektning asosidir. Ijtimoiy kreativlik o'zida kasbiy kreativlikni 
mujassamlashtiradi, uning ko'pgina turlari orasida pedagogik 
kreativlik ham mavjud.Pedagogik kreativlik kommunikativ va 
didaktik kreativlikdan iborat. Didaktik kreativlik o‘zida intellektual 
boyliklarga intilish va shu bilan birga novatorlik qobiliyatida 
namoyon bo‘ladi. Kommunikativ va didaktik kreativlik pedagogik 
qobiliyatning asosi hisoblanadi. Pedagogik qobiliyat ijodkorlik 
qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatadi va o‘z navbatida ichki sezimni 
rivojlantiradi. Pedagogik ijodkorlik qobiliyati, ichki sezim va 
umumiy intellekt kesishganda ijod mahsuli yaratiladi.
Kreativlikni rivojlantirishda kreativ insonlami kreativ emas 
insonlardan farqlovchi hissiy chizgilari (o‘z-o‘ziga ishonch, 
tajovuzkorlik, o‘z-o‘zidan qoniqish, ijtimoiy cheklovlarga va 
boshqalar fflaiga toqatsizlik) individning shaxsiy o‘ziga xosligi 
katta ta’sir ko‘rsatadi.Kreativlikning motivlikka munosabatini 
belgilovchi yagona qarashlar tizimi mavjud emas. Nuqtayi 
nazarlardan biriga ko‘ra, kreativlikda individ o‘z imkoniyatlaridan
202


maksimal darajada foydalanadi, faoliyatning yangi qirralarini izlab 
topadi. Boshqa bir 
nuqtayi nazarga ko‘ra kreativ kishilami 
motivlashtirish, tavakkalchilikka intilish, o‘z imkoniyatlari 
chegarasini aniqlashga intilishdlr.
Aytish mumkinki, bar ikkala nuqtayi nazar ham o‘zida kreativ 
insonlaming, motivlashning individual variantlarini mujassam- 
lashtirgan. Innovatsion faoliyatning o‘ziga xosligi muammosida 
o‘qituvchi xulq-atvorining o'quvchilar kreativligini rivojlantirish 
bilan bog‘liq tasniflanishi katta ahamiyatga ega, chunki oxir-oqibat 
bilim emas, balki rivojlanish omili bo‘lgan alohida malakalar va 
ulaming ■
xulq-atvorga 
qo‘llanishi 
muhimdir. 
Torransmng 
izlanishlarida o‘qituvchi xulq-atvorida bolalar kreativ rivojlani- 
shiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi dalillar keltirilgan: ijodiy fikrlash 
qiymatini baholash, bolalami atrofdagi qo‘zg‘atuvchi omillarga 
nisbatan sezuvchanligini oshirish, obyekt va g‘oyalami erkin 
boshqara olish, ijod jarayoni haqida konstruktiv axborotni rivojlan­
tirish, tanqidchilikni emas, konstruktiv tanqidni rivojlantmsh, o‘z- 
o'ziga hurmatni orttirish, baholanishdan qo‘rqish hissinmg oldini 
olish va boshqalar. Shimday qilib, potensial kreativlik iml:oniyatlar 
kreativligidir.
Imkoniyatlar kreativligi amaldagi kreativlikka - dolzarb kre- 
ativlikka aylanishi uchun, dastlabkisi ma’lum faoliyatda o‘zlash- 
tirilishi uchun icliki o‘zgarishlarga dueh keladi. Shunclay qilib, 
kreativlik o‘zlashtirilganlar asosida rivojlantiriladi, keyinchalik 
o'zgartirishlar kiritiladi, o‘qituvchming mavjud tajribasi qayta 
tuziladi. Pedagogik innovatsiyalarga moslashishdan toki qayta 
tuzishgacha bo‘lgan yo‘l o‘qituvchi innovatsion faoliyati 
dinamikasi asosini tashkil qiladi.
Olimlar pedagogik mahoratning quyidagi uch darajasini 
ko‘rsatadilar: birinchi daraja - bu sinf bilan elementar munosabat 
0 ‘qituvchi teskari aloqani qo‘llaydi, uning natijasiga ko‘ra o‘z 
harakatlarini belgilaydi. Lekin bu faoliyat metodik qo‘llanmalar 
yoki boshqa o‘qituvchi tajribasi asosida amalga oshiriladi. Ikkinchi 
daraja 
dars faoliyatini, uning rejasini tuzishdanoq optimal- 
lashtirish bosqichidir. Bunda ijodkorlik o‘qituvchiga ma’lum 
maqsadni amalga oshirishda mazmun, metod va shakllami to‘g‘ri
203


tanlashdan iborat. Uchinchi daraja - evristik. Pedagog o‘quvchilar 
bilan jonli muloqotning ijodiy imkoniyatlarini qo‘llaydi. 
0 ‘qituvchining eng yuqori darajadagi ijodkorligi uning to‘liq 
mustaqil faoliyatida namoyon bo‘iadi. U avvaldan ma’lum bo‘lgan 
usullami qoilashi mumkin, ammo u ularga о‘zining shaxsiy 
munosabatini 
qo‘ilaydi. 
0 ‘qituvchi 
ijodiy 
individualligi, 
tarbiyalanuvchining shaxsiy o‘ziga xosligi, ta’limning aniq 
darajasi, tarbiyalanganlik darajasi, sinfiiing rivojlanish darajasini 
hisobga olgan holda zaruriyat taqozo etgan darajada ish olib bora- 
di. Tayyor tavsiyalami amalda qo‘llash daraja lari ham farqlanadi: 
optimallashtirish, evristik daraja, shaxsiy, mustaqil.Tadqiqotchilar 
fikrlari orasida kreativ insonlar boshqalarga taqlid qilmasdan, 
o‘zlari tanlagan faoliyatlarining barcha bosqichladga ijodiy 
yondashadilar, degan fikr yetakchilik qiladi. O'rganilayotgan 
muammoga V.A.Slastenin, L.S.Podimova, N.M.Gnatko qarashlari 
bilan birgalikda, kreativlik mexanizmini ikki turga bo‘lishni taklif 
qiladilar. potensial va dolzarb. Potensial kreativlik - muallifnitig 
fikricha, kreativlik faoliyatidir, individiumni potensial joylashuvi 
ma’lum tashqi sharoitlarda dolzarb kreativlikni egallashning asos 
tayyorgarligini tashkil etadi; 
potensial kreativlik - ijodning 
subyektiv zarur sharoitidir.V.A.Slastenin, L.S.Podimova potensial 
kreativlikning dolzarb kreativlikka izchil taqlid qilish mexanizmi 
orqali o‘tishi muammosiga o‘ziga xos yondashganlar. Shunday 
qilib, kreativlik taqlid qilish, nusxa ko‘chirishdan ijodiy nusxa 
ko‘chirish, taqlidiy ijod va haqiqiy ijodkorlikka tomon rivojlanib 
boradi. Tabiiyki, barcha o‘qituvchilar ham kreativ rivojlanishning 
barcha bosqichlari bilan tavsiflanmaydilar: ba’zilar tayyor metodik 
tavsiyalardan nusxa olib, faqat birinchi darajaga erishadilar; 
ikkinchilari to‘liq konsepsiya va tizimlarga ega bo‘lmasdan turib, 
ba’zi metodik usullarga o‘zgartirishlar kiritadilar, uchinchilari 
ma’lum g‘oya asosida to‘liq mazmun, metod va shakllami ishlab 
chiqadilar; to‘rtinchilar esa ta’lim va tarbiyada o‘zlarirdng kon­
sepsiya va metodikalarini tavsiya etadilar. Yuqoridagilarga muno- 
sabat bildirib aytish mumkinki, dastlabki uchtasi taqlid bosqichida 
bo£lib, to'rtinchisi ularga qarama-qarshi tarzda ijod bosqichida. 
Intellektual faollik darajasini belgilangan kreativlik bosqichlari


bilan taqqoslash, ikkala yo‘nalish orasida ma’lum mutanosiblikni, 
mnovatsion-pedagogik faoliyatning bir necha bosqichda takomil- 
lashib borish daxajasidagi tushunchalami aniqlashga imkon berdi. 
Pedagog faolligining borgan sari yuqoriroq darajadagi faoliyatga 
ko‘tarilib borishi kelajakda innovatsion ta’lim strategiyasini tashkil 
qilishni belgilaydi.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin