‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi


X BOB. MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYA



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

232


X BOB. MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYA
l.M a’naviy qadriyatlar - tarbiyaning omili
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, o‘rtaga tashlagan eng 
dolzarb muammolardan bin- ma’naviyat masalasi edi. Chunki, har 
qanday jamiyatning ijtimoiy iqtisodiy madaniy taraqqiyoti bevosita 
uning ma’naviy-axloqiy negizlarining rivojlanishi bilan chambar- 
chas bog‘liqdir. 0 ‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti 
LA.Karimov qayd qilganidek, bu negizlar:
- umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;
- xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivoj­
iantirish;
- insonni 
o‘z
imkoniyatlarini erkin namoyon qilish;
- vatanparvarlikdan iboratdir.
Mazkur ma’naviy axloqiy negizlar zaminida umuminsoniy va 
milliy qadriyatlar mushtarakligiga respublikamizning bargha 
fuqarolarining ma’naviy madaniyatini shakllantirishiga erishish 
yotadi. Bir so‘z bilan aytganda shaxs tafakkurini o‘stirmasdan, 
uning ma’naviy dunyosini boyitmasdan turib, ijtimoiy, iqtisodiy, 
madaniy 
jabhalaridagi vazifalami bajarish, milliy istiqlol mafku- 
rasini to‘la-to‘kis yaratish mumkin emas.
Awalombor ma’naviyatning o‘zi nima-yu, ma’naviy qadriyat- 
laming axloq-odob bilan mushtarakligi bugungi tarbiyamizda qan­
day o‘rin egallash masalasiga to‘xtalib o‘tmoqni o'rinli deb o‘ylay- 
miz. Zeroki, ma’naviyatsizlik har qanday jamiyatning tanazzulga 
olib borishi shak-shubhasizdir. Insonning ma'naviyati uning odobi, 
xulqi, madaniyatidan tashkil topadi. Ma'naviyat esa aqliy, axloqiy, 
huquqiy, iqtisodiy va siyosiy bilimlar zamirida shakllanadi.
Ma’naviyat inson uchun moddiy ehtiyoj emas, siyosiy zaruriyat 
Ьярп emas. Ma’naviyat insonning o‘z mohiyati oldidagi mas’ulligidir.
Shu o'rinda Yurtboshimiz LA.Karimov ma’naviyat tushun- 
chasini quyidagicha izohlaydi.
233


“M a’naviyat - insonni ruhan poklanishi, qalban ulg‘ayishga 
chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquwat, iymon—
e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch, 
uning barcha qarashlarining mezonidir”1.
M a’naviyat - inson ongini aks ettiruvchi barcha ijobiy, ruhiy, 
intellektual fazilatlar majmuasi. Har bir millatning ma’naviy 
boyligi milliy va umuminsoniy qadriyatlarning birligidan tashkil 
topadi. Ma’naviy meros o‘tmishning yutug‘i. Uni to‘la, odilona 
egallash va rivojlantirish esa hozirgi avlodlaming vazifasidir2. 0 ‘z 
madaniy merosini, qadriyatlarini bilmaslik yoki mensimaslik 
madaniyatsizlikdir. Ularni boyitib, yuksak darajaga ko‘tarishga 
intilmaslik esa millat va uning istiqboli uchun ziyondir. 
Ma’naviyatini yuksak darajada rivojlantirgan insongina o‘zligini va 
nodir betakrorligini anglaydi, bugungi jamiyatning ravnaqi uchun 
kurashda o‘zida kuch va qudrat topa oladi.
Asrlar davomida xalqning ma’naviy ehtiyoji, talabi asosida 
yaratilgan qadriyatlarda olg‘a surilgan ilg‘or g‘oyalarni o‘z ongida 
yaxlit shakllantirgan, ulaming mohiyatini amaliy faoliyatida 
namoyon qila oladigan, oilaning, xalqning, jamiyatning ma’naviy 
rivojlanishiga bevosita va bilvosita ta’sir ko'rsatadigan shaxs 
ma’naviy madaniyatli hisoblanadi. Milliy va umuminsoniy 
ma’naviy qadriyatlardan to‘la bahramand bo‘lmagan, ona tilini 
bilmagan jaimiyatning har tomonlama rivojlanishiga ongli tarzda 
hissa qo‘shmagan inson ma’naviy qashshoqdir.
- Mustaqil respublikamiz istiqbolini belgilovchi har bir 
fuqaroning o‘z burchi va majburiyati mohiyatida ma’naviyat va 
axloqiylikni qayta tiklash;
- o‘zbek xalqi asrlar mobaynida yaratgan madaniy boyliklami, 
noyob tarixiy obidalami avaylab saqlash va kelgusi avlodlarga 
yetkazish tadbirlarmi ko‘rish;
- qadimiy va zamonaviy xalq qadriyatlarini, adabiyot va 
san’atni bilish va rivojlantirish;
- o‘zbek tilini taraqqiy ettirish, respublikada yashovchi boshqa
^Karimov I.A. «Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch». T. «Ma’naviyat». 2008 y.
10 's h a asar.
234


xalqlar madaniyatiga, tiliga hurmat bilan munosabatda boiish;
- hurfikrlilik, vijdon va din erkinligini qaror toptirish;
- ma’naviy mulkni milliy qadriyat sifatida himoya qilish;
- oilani milliy qadriyatlar asosida mustahkamlash;
- maorif tizimining barcha bo‘g‘inlarida umuminsoniy va 
milliy qadriyatlaming mazmuni va mohiyatini chuqur o‘rganishga 
erishi kabi shartlarini amalga oshirish yotadi.
Bir so‘z bilan aytganda, insoniyat paydo bo‘libdiki, hamisha 
odamiylik qiyofasini, fe’l-atvorda o‘ziga yarashadigan xatti- 
harakatlarini, u yoki bu fazilatlarini mujassamlashtirishga intilgan. 
Hozirgi zamon kishisiga odob, xulq atvor qoidalari asrlar davomida 
tarkib topib, takomillashgan. Bu fazilatlar har bir odamning bokiriy 
va botiniy xislatlarida, o‘zini tuta bilishida, xatti-harakatida, 
muomala-munosabatida o‘z ifodasini topgan.
Ma’naviy barkamollik «hayot qonunini ilmini idrok etish» 
demakdir. Ilmni har qanday ko‘rinishi esa ta’lim -tarbiya orqali 
ustoz-muallimlar boshchiligida beriladi.
Ushbu ma’noda umumta’lim maktablari mazkur masalani ha1 
qilishda asosiy bo‘g‘in hisoblanadi. Bugungi ta’lim oldiga 
qo‘yilgan muhim masala-umuminsoniy va milliy qadriyatlarga 
tayangan holda ta’ lim-tarbiyaning mazmunida insonparvarlik 
g‘oyasini kuchaytirish xalqchillashtirish, uning uzviyligi, izchilligi, 
ilmiyligi va dunyoviyligi asosida yoshlami ma’naviy madaniyatini 
shakllantirisbdan iboratdir.
Zeroki, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’Iim to‘g‘risida”gi 
qonunida ham, 
ta’Iimda umuminsoniy va milliy madaniy 
qadriyatlaming ustivorligi”1 ta’lim sohasidagi davlat siyosatining 
asosiy tamoyillaridan biri ekanligi ta’kidlangan.
Demak, ta’lim-tarbiya jarayonida umuminsoniy va milliy 
madaniy qadriyatlaming ustivorligiga erish o‘quvchilarining 
ma’naviy madaniyatini shakllantirishning muhim omilidir.
Ayniqsa boshlangMch sinflardan boshlab murg‘ak qalblarda 
axloq-odobga oid sodda tushunchalardan boshlab sekin-astalik 
bilan milliy qadriyatlarimiz elementlarini singdirib borish katta 
ahamiyatga ega, ular ta’lim-tarbiya jarayonida o'zbekona
235


ibratomuz urf-odatlarimizdan xabardor bo‘lib boradilar. Insoniy 
fazilatlarni kichi1; hikoyalar, tanbehlar va rivoyatlar orqali anglab, 
axloqan tarbiyalanadilar. Salbiy xislatlardan o‘zlarini saqlab, ota- 
bobolarimizdan meros qolgan udum va qadriyatlami tiklashga, 
amal qilishga bissa qo‘shishga intiladilar. Bu esa ularning milliy 
mafkuramizning asl mohiyati ni tushunishga olib keladi.
Eng asosiysi bizning davlat demokratik tamoyillarga 
asoslangan holda, barcha mafkuralaming yashash huquqini 
ta’minlovchi institut sifatida ish ko‘rishini tushunib yetadilar,
Shu sababli 
biz ma’naviy qadriyatlami ta’lim-tarbiya 
jarayoniga kiritib yoshlami axloqan pok va ruhan tetik, sog‘lom 
aqlli qilib tarbiyalash bugungi kunning dolzarb masalasidir. 
Shaxsning ma’naviy madaniyatini shakllantirishga qo‘yiladigan 
hozirgi zamon talablarini amalga oshirish muammolari dinamik 
xarakterga ega bo‘lib, ijtimoiy tuzum taraqqiyoti bilan bog'liqdir. 
Bu muammoni falsafa, etnografiya, adabiyot sotsiologiya, 
pedagogika, psixologiya, etika,estetika fanlari tadqiq etadi.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin