‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə128/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

261


Dunyoqarash deb,
shaxsning tabiatga, jamiyatga, o‘zining 
ijtimoiy muhitdagi o‘miga, o‘z-o‘ziga, turli voqeliklarga munosa- 
batini belgilab beradigan qarashlari, e ’tiqodi, hayotiy tajribasi va 
faoliyat tamoyillarining tizimidir.
Dunyoqarash kishilarda olam haqida yaxlit umumlashtirilgan 
bilimlar, gcoyalar turkumini hosil qiladigan, ularni muayyan 
ijtimoiy guruhlar, sinflar, ommaviy harakatlar, davlatlar maqsadi- 
dan kelib chiqib baholaydigan va shunga qarab hayotdagi o‘z- 
o‘zini, amaliy faoliyat yo‘nalishlarini, maqsadlarini aniqlab olishga 
imkoniyat beradigan ko‘p qirrali va sermazmun tushunchadir.
Dunyoqaraslming ikkita darajasi mavjuddir.
birinchisi, kishilaming kundalik hayotiy amaliy tajribasi 
hamda kasbiy faoliyati asosida to‘plangan bilimlar, tasavvurlar, 
qarashlar tashkil qilsa,
ikkinchisini ilm-fan tufayli to‘plangan nazariy bilimlar, 
g‘oyalar yig‘indisi tashkil etadi. Ularning ikkalasi bir-biri bilan 
uzviy bog‘langan bo‘lib, bir-birini to‘ldiradi.
Dunyoqarash ijtimoiy borliqning inikosidir. Unda ijtimoiy 
turmush aks etadi va u ijtimoiy tuzumga bog‘liq bo‘ladi.
Dunyoqarashning doimo o‘zgarib, rivojlanib turishi uning 
tarixiy turlarining almashuvida yaqqol namoyon bo‘ladi. 
Dunyoqarash quyidagi turlarga ajratiladi:
1) mifologik dunyoqarash;
2) diniy dunyoqarash;
3) falsafiy dunyoqarash;
4) ijtimoiy-siyosiy dunyoqarash;
5) estetik dunyoqarash;
6) ilmiy dunyoqarash;
7) hayotiy tajriba.
Mifologik 
dunyoqarash - ibtidoiy jamoa tuzumida borliqni 
obrazli qabui qilish asosida shakllangan tasavvurlar majmuasini 
ifodalovchi dunyoqarash. “Mifologiya” tushunchasining o‘zi 
(yunonchadan “mythos” - afsona, rivoyat, “logos” - fan, ta’limot) 
“biror xalqqa tegishli afsonalar” ma’nosini anglatadi.
Diniy 
dunyoqarash mifologiya (afsona) negizida shakllangan 
va rivojlangan, voqelikning kelib chiqishi, rivojlanishi, istiqbolini 
hayoliy obrazlar, tasavvurlar va tushmchalarda aks ettiruvchi
262


dunyoqarashdir. Diniy dunyoqarashning xalq ongiga singib, qal- 
bida chuqur ildiz otib ketishining boisi shundan iboratki, ular oddiy 
kishilaming ruhiyatiga moslab, ulaming hissiyoti, tafakkuriga ta’ sir 
etadigan va ko‘p vaqtgacha esda saqlanib qoladigan yorqin 
obrazlar, afsona va rivoyatlar shaklida izhor qilinishidadir.
Falsafiy 
- tabiiy va ijtimoiy borliqni nazariy qabul qilishga, 
shaxsning borliqqa nisbatan falsafiy munosabatiga asoslangan 
dunyoqarash. “Falsafa” tushunchasining o‘zi (qadimgi grek tilidan 
tarjima qilinganda “fal” - muhabbat, intilish, ishtiyoq, “sofa” -
donishmandlik, so‘zma-so‘z tarjima qilinganda esa “falsofa”) 
“donishmandlikka intilaman” ma’nosini anglatadi. Mifologik va 
diniy dunyoqarash hissiy a’zolarimiz orqali erishilgan ma’lumotlar 
asosida shakllansa, falsafiy dunyoqarash hissiy va aqliy a’zolarimiz 
tufayli ilm-fan yordamida to‘plagan bilimlar yig'indisidir. Falsafiy 
dunyoqarash 
kishilarga 
tabiat, 
jamiyat, 
inson 
tafakkuri 
rivojlanishining umumiy qonuniyatlari haqida ma’lumot beradi. 
Shu bilan birga u insonni qurshab turgan olamni, dunyoni va uning 
taraqqiyot qonunlarini bilish mumkinligini, bilish esa murakkab, 
ziddiyatli jarayondan iboratligini tasdiqlaydi.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin