‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə217/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

Pantomimika -
bu gavda, qo‘l, oyoq harakatidir. 0 ‘qituvchi 
darsda o‘quvchi ma’Iumotlarini bayon qilar ekan, gavda holati 
orqali ma’lumotlaming obrazini chiza olsa, o‘quvchilar bundan 
zavqlanadilar, ichki his-tuyg‘uiari, tashqi hissiyotlari bilan 
qo‘shilib butun borliq materiallar mazmunini o‘zlashtirishga 
qaratiladi. Gavdani rost tutib yura bilish, fikrlarini aniq va to‘liq 
bayon qila turib qo‘l, boshni turli harakatlarda ifodalash 
o‘qituvchining o‘z bilimiga, kuchiga ishonchini bildiradi. Shuning
454


uchun o‘qituvchi o‘quvchilar oldida o‘zini tuta bilish hoiatini 
tarbiyalash lozim (oyoqlari 12-15 sm. kenglikda, bir oyoq sal 
oldinga surilgan holda turish). 0 ‘qituvchining harakatlari ma’noli, 
ortiqcha harakatlardan holi bo‘lmog‘i darkor.
Masai an: keraksiz hollarda qo‘llari bilan imo - ishoralar qilish, 
boshini uyoq - buyoqqa tashlash va h.k. Bunday holatlar 
o ‘quvchilaming g‘ashini keltiradi va o‘quvchi predmetiga, 
o'qituvchiga nisbatan hurmatsizlik his-tuyg‘ularini uyg‘otadi. 
0 ‘qituvchi sinfda yurgan paytida faqat oldin va orqaga yurishi tav- 
siya qilinadi. U yondan. bu yonga yurish o‘quvchilar fikrini bo‘ladi. 
Old tomonga yurayotganida o‘qituvchi muhim voqealami bayon 
qilishi lozim, chunki bunda o‘quvchilar o‘qituvchini butun diq- 
qatlari bilan eshitayotgan bo‘Iadilar. Orqa tomonga qarab yurayot- 
ganda uncha ahamiyatga molik bo'lmagan fikrlar aytilsa ham bo‘- 
ladi.Chunki bu vaqtda o‘quvchi!ar bir oz erkin holatda bo‘ladilar.
0 ‘qituvchining o‘z xatti-harakatini idora qilishi tizimida o‘z 
hissiy (psixik) hoiatini boshqara olishi muhim ahamiyatga 
ega.O‘qituvchi ta’sir ko‘rsatish vaqtida (darsda, darsdan tashqari 
mashg’ulotlar paytida, tarbiyaviy ishlar jarayonida) o‘z hissiyotini 
boshqara olishi, jiddiy bo‘lishi, umidbaxshlik, xayrxohlik 
kayfiyatda bo‘la olish qobiliyatlarga ega bo‘lishi zarur. Bir adib 
aytganidek, “Tarbiyachi tashkil etishni, yurishni, hazillashishni, 
quvnoq, jahldor bo‘lishni bilishi lozim, u o‘zini shunday tutishi 
kerakki, uning har bir harakati tarbiyalasin” va o‘qitsin. Bunday 
malakaga ega boigan pedagog o‘z-o‘zini nazorat qila oladi, ko‘p 
yillik faoliyati davomida sog‘lom asab tizimini o‘zida tarbiyalab 
asabiylashishdan. hissiy va aqliy zo‘riqishlardan o‘zini saqlay 
oladi. 0 ‘z xatti-harakatini, hissiy hoiatini nazorat qilishda pedagog 
o‘zida quyidagilami shakllantirishi lozim:
- o‘z xulqini nazorat qilish, (muskul zo‘riqishini, harakati, nutq 
tempi, nafas olishini tartibga solish):
- faoliyatni dam oldirish, ya’ni link, musiqaviy, yumoristik, 
jismoniy pauzalami yaratish:
- o‘z-o‘ziga salbiy ta’sir ko‘rsatish va hokazo.
0 ‘qitish samaradorligini oshirish va ijobiy tarbiyaviy ta’sir 
ko‘rsatish uchun o‘qituvchi aktyorlik va rejissyorlik malakalariga
455


ham ega bo‘lishi lozim. Ma’lum mavzular, obrazlar, tarixiy 
qahramonlami xarakteriayotganda aktyorlik, o‘quvchilarda ushbu 
xususiyatlami tarbiyalashda esa rejissyorlik malakalari zarur. 
Yuqorida qayd qilib o‘tilgan kasbkorlik malakalari o‘qituvchining 
o‘quv va maxsus fanlar bo‘yicha biliffilari, pedagogik mahoratni 
egallashga intilish, o‘z kasbiga qiziqish va burch, hamda 
ma’suliyatni his qilish asosida egallanadi. Va ular yoshlami 
o‘qitish, tarbiyalash, tashkil qilish, targ‘ibot qilish, mustaqil bilim 
olish ishlariga yordam beradi. Masalan, nutq texnikasini, his -
tuyg‘u, mimik, pantomimik malakalari bilan qo‘shib olganda 
amalga oshirish bunda so‘z, gap ohangi, qarash, imo - ishora bilan, 
kutilmagan pedagogik vaziyatda osoyishtalik bilan aniq fikr 
yuritish, tahlil qilish qobiliyatiga asoslansa maqsadga muvofiq 
bo‘ladi. Bu xususiyatlar pedagogning individual psixik fiziologik 
fazilatlari asosida tarkib topadi. Individual; pedagogik texnika 
o‘qituvchining yoshi, jinsi, mijozi, fe’l - atvori, sihat — salomatligi 
va anatomik — fiziologik xususiyatiga bog‘liqdir. Shunday qilib, 
o‘qituvchi - tarbiyachi o‘zida yuqoridagi malakalarni tarbiyalasa, 
ularning mazmunini chuqur o‘zlashtirsa pedagogik texnikani 
egallashning imkoni bo‘ladi va u o‘qituvchini pedagogik mahorat 
sari yetaklaydi.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin