ko‘rsatishida, o‘quvchi mashg1 ulotlarini samatali va mazmunli
o‘tishi uchun puxta zamin yaratib beradi.
Mimika bu
- o‘z
fikrlari, kayfiyati,holati, hissiyotini yuz
muskullarining harakati bilan bayon qilish san’atidir. Ba’zan
yuzning va nigohning ifodasi o‘quvchilarga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Mimik
harakatlar, ifodalar ma’lumotlaming hissiy ahamiyatini
kuchaytirib, ularni chuqur o‘zlashtirish imkonini beradi.
0 ‘quvchilar o‘qituvchiga qarab uning kayfiyatini, munosabatini “
o‘qib” oladilar. Shuning uchun uydagi ba’zi noxushliklar o‘quvchi
mashg‘ulot!ariga o‘z ta’sirini ko‘rsatmasligi kerak. Yuz itodasida,
mimik belgilarida faqat dars mashg‘ulotlariga o‘z ta’sirini
ko‘rsatmasligi kerak.
Yuz ifodasida, mimik belgilarga faqat dars
mashg‘ulotlariga xos bo‘lgan, o‘quvchi tarbiya topshiriqlarini
yechishga yordam bera oladigan ko'rmishlami ifodalashi lozim.
Yuz ifodasi, nutq, munosabat xarakteriga mos boiishi kerak.U
ishonch, ma’qullash, ta’qiqlash,
norozilik, quvonch, faxrlanish,
qiziquvchanlik, befarqlik, ikkilanish kabi xususiyatlami ifodalashi
mumkin. Mimik ifodaning asosiy detali sifatida qosh, ko4z, yuz
ko‘rinishi ishtirok etadi. Ko‘z, qosh, yuz o‘quvchilar javobidan
qoniqish, xursand bo‘lish, faxrlanish yoki e’tirof, norozilik,
qoniqmaslik, hafa bo‘lish va boshqa belgilami ifodalasa o‘qituv-
chilar diqqatini bo‘lmasdan, boshqalarga
halaqit bermasdan
o‘quvchi-tarbiya ishlarini olib borishga yordam beradi. Shuni ham
alohida qayd qilib o ‘tish joizki, mimik ifodalar namoyish
qilinayotgan paytda o'qituvchining nigohi o‘quvchilarga, yoki
ayrim o‘quvchiga qaratilgan bo‘lishi zarur. Doskaga, eshikka,
derazaga, ko‘rgazma qurollarga yoki
devorga nigoh tashlab mimik
ifodalarni namoyish qilishdan qochish lozim.
Dostları ilə paylaş: