‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə228/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

Nazorat uchun savollar:
1. 
Ta’lim jarayoniga axborot texnologiyalarini joriy etish 
to‘g‘risida qanday Qarorlar qabul qilingan?
475


2. Pedagogik ta’limda zamonaviy axborot texnologiyalaridan 
foydalanishning samaralari va imkoniyatlari?
3. 0 ‘qituvchilarning pedagogik faoliyatida axborot texnolo- 
giyalaridan foydalanishning ahamiyatini ta’riflang?
4. Hozir kunda jamiyatning axborotlashuvi davrida o‘qituv- 
chining asosiy vazifalari nimalardan iborat?
5. Pedagogikada shaxsga yo‘naltiriigan o‘qitish nima?
6. Kompyuter texnologiyalari qanday didaktik funksiyalarni 
bajaradi?
7. Pedagogik faoliyatda kompyuter texnikasining ma’lumotlar 
bazasi deganda nima tushuniladi?
8. Kompyuteming o‘qituvchilik vazifasini bajarishi qaysi 
holatlarda namoyon bo‘ladi?
9. Ta’limda kompyuter ishchi qurol sifatida 
qanday 
vazifalarni bajaradi?
476


XX BOB. MAKTABSHUNOSLIK
1. Maktab ishifli boshqarisb va unga rabbarlik qilish
0 ‘quv-tarbiya ishlariga rahbarlik. Prezident I.A.Karimov 
rahbar ma’suliyati xususida shunday yozadi: “Ayniqsa, zamonning 
yurishi, o‘zgarishi bilan awalo rahbarlar, yetakchilar o‘zgarishi 
kerak. Biz 
XXI asr - inteluktual taraqqiyot asri, deb ko‘p 
gapiramiz. Modomiki, shunday ekan, bugungi kunda rahbar nafaqat 
aniq bir kasb-hunaming egasi awalo, o‘zining faoliyati va 
insoniyligi bilan xalqning ishonchiga munosib bolishi yuksak 
intelektual tafakkur sohibi, uzoqni ko‘ra oladigan, doimo 
yangilikka intilib, zamon bilan hamqadam bo‘lib yashaydigan 
qattiyatli shaxs bo‘lishi lozim”.
Ta’lim muassasasi uning rahbari (direktor yoki rektor) 
tomonidan boshqariladi. Ta'lim muassasasi direktori o‘quvchilami 
ma’naviy barkamol, jismonan sog‘lom bo‘Iishlari, fan asoslarini 
puxta o‘zlashtirishlari, umumiy ta'lim muassasasining bugun 
faoliyati uchun javobgar shaxs sanaladi. Tashkilotchi oliy 
ma'lumotli, kamida uch yillik pedagog ish stajiga ega bo‘lgan eng 
yaxshi o‘qituvchi tuman xalq bo‘limi tavsiyasiga binoan viloyat 
xalq ta’limi (Toshkent shahrida shahar xalq ta’limi) bo‘limi 
tomonidan direktor tayinlanadi. Bir maktabdan ikkinchi maktabga 
ko‘chiriladi, ishdan bo‘shatiladi. Viloyat xalq ta’limi bo‘limi bu 
haqida 0 ‘zbekiston Respublikasi XTB ga ma’lum qiladi. Maktab 
direktori 
ta’lim muassasasi boshqaruvni zamonaviy usullarda 
tashkil etishi zarur. Bu esa ilg‘or tajribalarni va fan texnika 
yutuqlarini muntazam o‘rganib o‘z faoliyatiga tatbiq etib borishni, 
kasbiy faoliyatiga ijodiy yondoshuvni talab qiladi. Xalqimizda 
rahbar kadrlar va ularga xos xususiyatlarga sharqona yonda- 
shuvning boy tarixiy-madaniy an’analari mavjud. Abu Nasr 
Forobiy rahbar tabiatan nozik, farosatli bo‘lib, umumiy axvol 
qandayligini ravshan tasawur qila olishi; voqea-hodisalami
477


xotirasida to'la-to^is saqlab qoladigan; zehni o‘tkir zukko, o‘z 
fikrini chiroyli so‘zlar bilan ifodalaydigan, ravshan tushuntira 
oladigan; ta’lim olishga, bilim va ma'rifatga havasli bo‘lib, uning 
mashaqqatlaridan haq va haqiqatni, odil va haqiqiy odamlami 
sevadigan, yolg‘on va yolg‘onchilami yomon ko‘radigan; o‘z 
qadrini biluvchi, oriyatli; tabiatan adolatparvar va o‘zi zarur deb 
hisoblaganda chora-tadbirlarni amalga oshirishda qat'iyatli, sabotli, 
jur'atli kabi insoniy hislatlarga ega bo‘lishi kerakligini ta'kidlab 
o'tilgan. Zamonaviy maktab faoliyatini tashkil etish va 
boshqarishda ta'lim muassasasi barcha xodimlarini o‘z mehnat 
faoliyati natijalaridan birdek qoniqish hosil qilishlari jamoadagi 
to‘g‘ri mehnat taqsimoti, xodimlami o‘z vazifalariga nisbatan 
ma'suliyat hissining shakllanisbi o‘quv jarayonini hozirgi zamon 
talablari darajasida ilmiy asosda tashkil etish samaradorligi ko‘p 
jihatdan ta'lim muassasasi rahbarlarining fonksional vazifalarini 
qay darajada tushunib yetish va amalga oshirishga bog‘liq bo‘ladi. 
Rahbar xodim ta'lim muassasasidagi mavjud munosabatlar, 
o‘quvchilaming jismoniy, ruhiy va intellektual rivojlanishiga ta'sir 
ko‘rsatuvchi omillar, ya'ni o‘qituvchilar bilan o‘quvchilar, ota- 
onalar bilan ta'lim muassasasi hamda o‘quvchilar o‘rtasidagi 
munosabatlardan yaxshi xabardor bo‘lishi lozim. Jarayonda yuzaga 
kelishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlami o‘z vaqtida aniqlash 
hamda unga ta'sir ko‘rsatishning eng maqbul yo‘llarini belgilash, 
ta'lim tarbiya jarayonining holati to‘g‘risida ishonchli axborotlar 
to‘plash, qayta ishlash va obyektiv baholash muhim ahamiyatga 
ega.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin