‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi


Amaliy metodlaming turlari



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

Amaliy metodlaming turlari.
158


Amaliy ishlar metodi - o‘zlashtirilgan bilimlarni amaliy 
masalalar yechimini topishga yo'naltirilgan jarayonda qo'llashni 
taqozo etadi. Bunda nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash ko‘nik- 
masi hosil qilinadi. Amaliy ishlar sinfda yoki tabiiy sharoitlar -
maktab yer maydoni, issiqxona, geografik maydonlarda amalga 
oshiriladi. Ularni amalga oshirishda sodir etiladigan harakatlar 
o‘qituvchi tomonidan nazorat qilinadi va zarur hollarda yo‘riqnoma 
yoki maxsus ko‘rsatmani o‘quvchilar e'tiboriga havola etadi.
Qayd etilganidek, ushbu metodlar o‘quvchilarda amaliy 
ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga yordam beradi. Aynan 
amaliy faoliyat jarayonida nazariy bilimlar harakatdagi shaklga ega 
bo‘ladi.
Mashq - aqliy yoki amaliy (jismoniy) harakatlami bajarish 
ko'nikmalarini egallash yo‘lidagi ko‘p marta takrorlanishlar bo‘lib, 
mashqsiz ko‘nikma hamda malakalarni shakllantirish mumkin 
emas. Mashqlar og‘zaki, yozma, gradikaviy (texnik jarayonlar 
mohiyatini ifodalash), ijtimoiy-foydali, jismoniy va boshqa turlarga 
bo'linadi.
Yozma mashqlar - ta’limning tarkibiy qismi sifatida zaruriy 
ko'nikma va malakalarni shakllantirish hamda mustahkamlash 
maqsadida qo‘llaniladi. Diktant, insho, masala, misol, shuningdek, 
referat yozish va tajriba mohiyatini yoritish ham yozma mashqlar 
sirasiga kiradi.
Grafikaviy ishlar ham yozma ishlar bilan o‘xshash jihatlarga 
ega bo‘lib, ulardan asosan texnik jarayonlar (jumladan, geografiya, 
fizika, matematika, chizmachilik, rasm hamda texnologik ta’lim)da 
keng ko‘lamda foydalaniladi.
Mashqlarning bajarilish samarasi quyidagi shartlar hisobga 
olinganda birmuncha yuqori bo‘ladi:
- mashqlami bajarishga nisbatan ongli yondashish;
- bajarish qoidasini bilish;
- vaqt bo‘yicha takrorlanishning to‘g‘ri taqsimlanishi.
Mashqni bajarishni tashkil etish quyidagi bosqichlardan iborat:
- o‘qituvchining faoliyat maqsadi va mazmunini tushuntirishi;
- topshiriqni bajarish ketma-ketligini ko‘rsatishi;
159


- o‘qituvchi nazorati ostida o‘quvchilar tomonidan o‘quv 
harakatining dastlabki bajarilishi;
- zarur koirkm a va malakalar shakllangunicha o‘quv 
harakatlaming ko‘p bora takrorlanishi.
Avrim holatlarda o‘quvchi!ar ovoz chiqarib o‘quv harakatlarini 
takrorlashlari va bajarishlari lozim boiadi. Ular izohli mashqlar 
deb nomlanadi va bajariladigan harakatlaming mohiyatini anglagan 
holda ko‘nikma va malakalami egallashga imkon beradi.
Laboratoriya ishlari o'quvchilaming jihoz, maxsus uskuna, 
qurol hamda turli texnikaviy qoliplardan foydalangan holda 
tajribalami o‘tkazish metodlari boiib, ular ko‘proq tabiiy fanlar 
asoslarini o‘rganishda qoilaniladi. Bu metod o‘quvchilaming 
asbob-uskunalar bilan ish ko‘rish, oichash ishlarini amalga 
oshirish va ulaming natijalariga ishlov berish kabi ko‘mkmalarini 
tezkor shakllantirishga imkon beradi. Laboratoriya ishlarini 
bajarish maxsus qurilma va jihozlar, shuningdek, mater iallar hamda 
vaqtni sarflash, ulami ishga tayyor holatga keltirishni talab etadi. 
Biroq bu harakatlar o£quvchilaming yuqori darajadagi faolligi 
asosida mustaqil ravishda tajriba va oichash ishlarini tashkil etish 
bilan takomillashtirilib boriladi.
Laboratoriyadan amaliy ishlaming farqi shundaki. bu metod 
o‘quvchiIaming mavjud nazariy bilimlami amaliy masalalar 
yechimini topishga yo‘naltirilgan faoliyatini tashkil etishga xizmat 
qiladi. U o‘quvchilaming bilimlarini chuqurlashtirish, bilish 
faoliyatini nazorat qilish hamda y o i qo‘yilgan kamchiliklami 
tuzatish borasidagi ko'nikmalarini shakllantirish kabi funksiyalami 
bajaradi.
Amaliy mashg‘ulotlarda o‘quvchilaming bilish faoliyati 
quyidagi besh bosqichda tashkil etiladi:
1. 0 ‘qituvchining tushuntirishi, faoliyat 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin