‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi


 Innovatsion pedagogika mazmuni



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

2. Innovatsion pedagogika mazmuni
Innovatsion pedagogika - hozirgi davrda norasmiy fan sifatida 
m aium boigan, biroq kun sayin butun jahon soha mutaxas- 
sislarining e’tiboriga tushib, jadal rivojlanib borayotgan bilimlar 
tizimidir. Uning taiim iy ahamiyatini tan olgan pedagoglar jamoasi, 
olimlar, shu boisdan ham mavjud an’anaviy pedagogikaga tanqidiy 
yondashmoqdalar.
Hozirgi kunlarda shakllanib, rivojlanib borayotgan mazkur 
yangi fan haqida jiddiy fikrlar bildirilyapti, uning asosiy vazifasi 
hukmron b o iib turgan butun o‘quv tarbiya tizimi nazariyasini 
innovatsiya asosida qayta tashkil etib o‘zlashtirishdir.
Innovatsion pedagogika-hukmron nazariya, nazariy va amaliy 
muammolami hal etishning asosi qilib olingan. Innovatorlar fikriga 
asosan odatiy mumtoz pedagogik nazariyaiar eskirib qolgan, yangi 
sharoitda hozirgi avlodni bu y o i bilan tarbiyalash mumkin emas.
Hozirgi pedagogik fandagi vaziyat umumiy holda shundan 
iborat. Bu vaziyatda innovatsiya juda muhim. Pedagogika-bilimlar 
tizimidir. Obyektivlik, maqsadga muvofiqlik, mustahkamlik, bir- 
biriga zld bo‘lmaslik - uning asosiy xarakteristikalaridir. Pedago­
gika tizimini har qanday ilmiy nazariya kabi tiziminl tashkil etuvchi 
tamoyillari loyihalashtiradi, birlashtiradi va ushlab turadi ya’ni 
ushbu tizim asosiy bilimlarga asoslanishi asosiy holdir.
Obyektiv nazariyaning asosiy tamoyillari faqatgina ilmiy 
prinsip boiishi shart ammo g‘oyaviy bo‘lmasligi lozim.
174


Insonning aqliy rivojlanganJigi va tarbiyasi haqidagi bilim 
darajasming talabga muvofiqligi - obyektivlikning yagona 
talabidir.
Ideologiya (g‘oyaviylik) - bu har doim ham u yoki bu ijtimoiy 
guruhlaming bir tomonlama ijtimoiy qiziqishlari bo‘lib„ ular buni 
qimmatli yo‘l-yo‘riq va g‘oya sifatida boshqalarga majburlaydilar. 
Jahon pedagogik nazariyasi tarbiyaviy jarayon sharoit bilan bog'liq 
yuqorida turgan odamlarning g‘oyalari qanday boMishi bilan 
bog‘liq bo‘lmasligini allaqachon e’tirof etganlar. 0 ‘sib borayotgan 
avlodlar tarbiyasi juda jiddiy ish bo‘lib, uning o‘tkinchi narsalarga 
bog'liq etib qo‘yish mumkin emas.
Mustabidlik davrida mamlakatimizda ko‘p vaqt insonni (sobiq) 
kommunistik g‘oyalar ruhida tarbiyalashga oid pedagogik 
ko‘rsatmalar ustun bo‘lib kelgan, uning juda ta’sirligi, turli 
chaqiriqlami hayotga tatbiq etish kabi maqsadiga qaramay, uni 
ilmiy deb boimaydi, chunki bunday g‘oyalami tashkil etuvchi 
qoidalar inson tabiati va uning rivojlanishi haqidagi tizimini 
faqatgina fan o‘matgan obyektiv asoslar va amaliyotda 
tasdiqlangan qoidalar yordamida rivojlantirish mumkin.
Ma’lum bo‘lishicha, amaliyotda yo‘l ko‘rsatuvchi pedagogik 
nazariyamizning asosiy kamchiliklaridan biri bilim va ta’limning 
ustunligini qattiq bo‘rttirib (kuchaytirib) yuborishdadir.
Insoniy, ma’naviy, mehnat tarbiyasi zarariga bilimda yodlab 
olish hajmi ko‘payib borishi maktab hayotida odatiy hoi bo‘lib 
qoldi. Hozirgi tarbiya nazariyasi va u boshqarayotgan amaliyotning 
hamma belgilari bo‘yicha inqiroz holatda ekani ko4rinib turibdi.
Bu holatdan chiqish uchun bo‘igan har qanday hareikat 
innovatsion deb hisoblanayapti va bu holda ular o‘z nomlariga 
mosdir. Innovatsion pedagogikani ko‘pincha an’anaviy, muqobil 
pedagogika deb ataydilar. Bu fikrga qo‘shilmaslik mumkin emas, 
hech bo‘lmaganda eng oddiy tushunchalar bo‘yicha; sinf ham, 
o‘qituvchi ham va dars mazmuni va darsliklar yo‘qolib ketmaydi- 
ku. Agarda, pedagogik tizim saqlanib qolsa, unda faqat uni 
mukammallashtirish haqida gapirish mumkin.
Faraz qilayotgan rivojlanish strategiyamiz “rivojlantiruvchi 
o‘qitish” yo‘naltirishlaridan eng awalo o‘z intilishlarini maktabda
175


o‘qishga 
boshlashgacha 
yaxshi 
rivojlangaii 
tuzilmalami 
shakllantirish hamda bu harakatlarga endi paydo boiib kelayotgan 
jarayonlami uyg‘unlashtirib, olib borishga qaratilgan.
Strategik yoiimiz "Butun taraqqiyotning o‘z avlodlari haqidagi 
g‘amxo‘r!igi mantiqiga asoslangan didaktik va pedagogik tizim 
tuzishda amal qilishdir". Xuddi ana shuning uchun ham 
metodologik asos negizi sifatida, keng ma’noda tabiatni 
o‘rgatuvchi soha boiib, xalq pedagogikasi hisoblanadi.
Bolalar qanday b oiib tug‘ilishi uning ota-onasidan boiak hech 
kimga bogiiq emas. Lekin har bir msonning yetarlicha rivojlanishi, 
barkamol shaxs darajasiga erishishi, o‘ziga yoqqan mashg‘ ulot va 
hayotda o‘z o‘mini topishi, o‘z umrini hayotiy me’yorlarga 
munosib o‘tkazishi- awalo maktabga bogiiq. Har bir bola shaxsini 
sevish, hurmat qilish va uning rivojlanishi uchun zarur sharoitlami 
yaratib berish lozim. Agarda tabiatni o‘rgatuvchi pedagogika 
moslashishni talab etmagan boisa, gumanistik pedagogika bu 
masalani munosabatlar markaziga qo‘yishni va bola me’yoriy 
darajadarivojlana olishi uchun:... hamma ishni qilishni talab qiladi. 
Gumanistik pedagogikani ko‘pincha innovatsion deb ataydilar. 
Lekin uning innovatsionligi faqatgina ayrim ta’lim tizimlariga 
aloqador. Hozirgi zamon G‘arb mamlakatlari ta’lim tizimlari uchun 
esa allaqachon gumanistik yo‘nalishga o‘ta boshlagan. Ta’lim asta- 
sekin yangi mimosabatlarga aylana boshlagan. Gumanistik 
pedagogikani innovatsion pedagogika deb atalganda so‘zning to ia
ma’nosida aytish mumkin: u tashqaridan "in’eksiya" talab 
qilmaydi, yuqori o‘quv tarbiyaviy ta’sir natijalari tizimining ichki 
qayta tashkil etilishi evaziga erishiladi.
Gumanizm (insonparvarlik)-msonning dunyodagi eng qimmat-
li ma’naviy boyliklar yagona konsepsiyasi. Bu konsepsiyaning 
asosiy qoidasi shaxs qadr-qimmatini himoya qilish, uning erkinlik, 
baxt, rivojlanish va o‘z qobiliyatini namoyon etish huquqini tan 
olish, buning uchun zarur, qulay sharoitlarni yaratib berishdir.
Gumanizm - inson turmushi yagona va xususan alohida shaxs 
uchun ahamiyati umumiy ekanini tasdiqlovchi g‘oya va qadriyatlar 
yig‘indisidir. Qimmatli yo‘naltirish va ko‘rsatmalar tizimi sifatida 
gumanizm ijtimoiy g‘oya mazmunini oladi.
176


Gumanistik pedagogika - o‘quv-tarbiya jarayoni ishtirok- 
chisini, o‘z imkoniyati bo‘yicha rivojlantiruvchi teng huquqli, 
ongli, faol tarbiyalanuvchining yetishib chiqishida rol o‘ynovchi 
ilmiy-nazariy tizimdir.
Inson - qadr-qimmatini eng yuqori o‘ringa qo'yilgan bizning 
davlatimizda insonparvarlik g‘oyalari uchun keng yo‘l ochib berdi.
Hozircha, unchalik insonparvar deb boimaydigan mamla- 
katimiz pedagogikasi asta-sekinlik bilan bo‘lsada, albatta bu 
innovatsion jar ay on tomon intilib, harakatlana boshlagan.
Insonparvarlik nuqtayi nazaridan tarbiyaning asl maqsadi, har 
bir tarbiyalanuvchi munosabatlar, o‘zlashtirish faoliyati to‘la 
huquqli subyekti, mustaqil erkin shaxs bo‘lib yetishishidan iborat. 
Tarbiya jarayonining insonparvarlik darajasi, ushbu jarayon shaxs 
o‘zini namoyon eta olishi, o‘zidagi hamma tabiiy imkoniyatlarini 
ochib bera olish, uning erkinlikka qobiliyati, ijodga ma’suliyatini 
ochib berish uchun shart-sharoit yaratib berishi bilan (belgilanadi) 
va baholanadi.
Insonparvarlik pedagogikasi shaxsga qaratilgandir, Uning 
belgilari: ma’lumotlar egallab olish va ma’lum doiradagi mahorat 
va ko‘nikmalar yuzaga keltirish o‘miga texnik, jismoniy, 
intellektual (aqliy) rivojlanishiga diqqatning qaratilishi: erkin, 
mustaqil fikrlovchi va harakat qiluvchi shaxsni shakllantirishga 
qaratilgan kuchlami jamlash, har qanday hayotiy va o‘quv 
vaziyatlarida asoslangan qarorini tanlay-qabul qila oladigan 
insonparvar fuqaro bo‘lib yetishishi: o‘quv-tarbiya jarayonini 
muvaffaqiyatli qayta yo‘naltirishga erishish uchun kerakli tashkiliy 
shart-sharoitlar bilan ta’minlash.
0 ‘quv-tarbiya jarayonini insonparvarlashtirishni avtoritar 
pedagogikadan uning shaxsga pedagogik bosimdan voz kechib, 
o‘quvchi va pedagog o‘rtasida haqiqiy insoniy munosabatlar 
o‘matish o‘quvchi faoliyati va shaxsiy erkinligiga asosiy ahamiyat 
kasb etuvchi shaxsga qaratilgan pedagogikaga o‘tish deb tushunish 
kerak.
Bu jarayonni insonparvarlashtirish shunday sharoit yaratish 
deganiki, bunda o‘quvchi ilm olmasligi, imkoniyatlaridan past 
darajada olmasligi mumkin emas, tarbiyaviy ishlarga befarq yoki
177


muddatli o‘tib boruvchi hayotda kuzatuvchi b oiib qolishi mumkin 
emas . Gumanistik (insonparvar) pedagogika maktabni o‘quvchiga 
moslashuvi, quay sharoit va «psixologik himoya» bilan 
ta’minlashni talab qiladi.
Insonparvarlik maktabi amaliyotini innovatsion faoliyatining 
aniq shakl va uslublarini ishlab chiqish.
Ulardan ba’zilari:
1. 0 ‘quv-tarbiya faoliyatini defferentsiyalash.
2. G‘quv ta’lim jarayonlarini har bir shaxs xislatiga qarab 
muvofiqlashtirish.
3. Har bir tarbiyalanuvchini va qiziqishini rivojlantirish uchun 
kerakli sharoitlami yaratib berish.
4. Gotogen sinflar va shunga o‘xshashlami tashkil etish.
5. Q‘quv - tarbiya faoliyatining qulayligi.
6. Psixologik xavfsizlik, o‘quvchilami himoyalash.
7. 0 ‘quvchiga, uning kuchi va imkoniyatlariga ishonish.
8. 0 ‘quvchini-qanday b o isa shunday qabul qilish.
9. Taiim-tarbiya muvaffaqiyatini ta’minlash.
10. Maktab maqsad yo‘nalishini o‘zgartirish.
11. Har bir o‘quvchi rivojlanish darajasining asoslanishi.
12. Sirtqi ta’limni (ekstronat) «o‘quvchi bilan ma’naviy 
aloqasi yo‘q» ta’minlanmasligi sababli to‘xtatish, yo‘qotish.
1 3 .0 ‘qituvchi shaxsiy ichki yoi-yo‘riq ko‘rsatmalarini qayta 
yo‘naltirish.
14. Insonparvarlik taiimini kuchaytirish.
Insonparvarlik pedagogikasini statistik baholash juda qiyin. 
Ammo shu narsa aniqlanganki, autentingligi, empatiya va so‘zsiz 
ma’qullash o‘quvchilar rivojlanishi bilan moslasbib, bogianib 
ketishi va intizom, maktabga salbiy munosabat kabi muammolar 
bilan yomon moslashuvi aniqlangan.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin