‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi


bog‘liq. 6.Muammoli boshlash bilan bayon qilish



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

bog‘liq.
6.Muammoli boshlash bilan bayon qilish.
188


0 ‘qituvchi yangi bilimlarni bayon qilishni boshlashda 
muammoli vaziyatni yaratsa, keyin о‘quv materialini an' anaviy, 
axborot usulida tushuntiradi.
6,Ta’lim jarayonida axborot texnologiyalarning o‘rni
Mamlakatimizda ta’lim sohasida ro‘y berayotgan tub yangi- 
lanishlar har bir ta’lim muassasasida o‘quv jarayoni metodik ta’- 
minotini rivojlantirishni talab etadi. Zamonaviy axborot texnolo- 
giyalari yaqin yillar ichida pedagogik mnovatsiyaiaming asosiy 
manbai bo‘lib qoladi.
Ta’lim oluvchilar uchun mustaqil bilim olish imkoniyatlarini 
oshirish, ta’limning elektron axborot resurslarini shakllantirish va 
rivojlantirish uchun tegishli sharoitlami yaratish ta’lim mazmunini 
takomillashtirishning zaruriy shartlaridan biri sanaladi. Zamonaviy 
ta’lim tizimining asosini sifatli va yuqori texnologiyali muhit 
tashkil etadi. Uning yaratilishi va rivojlanishi texnik jihatdan 
murakkab, ammo bunday muhit ta’lim tizimini takomillashtirishga, 
ta’lim jarayoniga axborot kommunikatsiya texnoiogiyalarini joriy 
etishga xizmat qiladi. Bugungi kunda ilm-fan jadal taraqqiy 
etayotgan, zamonaviy axborot vositalari keng joriy etilgan 
jamiyatda barcha fan sohalarida bilimlarning tez yangilanib borishi, 
ta’lim oluvchilar oldiga ularni tez va sifatli egallash bilan bir 
qatorda, muntazam va mustaqil ravishda bilimlarni egallash 
vazifasini qo‘ymoqda. Bu vazifani amalga oshirishda o‘qitishning 
to‘rtta asosiy metodidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bular:
- tushuntirish illyustratsiyalash;
- reproduktiv;
- muammoli;
- tadqiqotchilik.
Birinchi metod—tushuntirish illyustratsiyalash o‘quvchi bilan 
ta’lim tizimi o‘rtasida aks aloqaning mavjudligmi ko‘zda 
tutmagani bois uni kasbiy kompyuter (axborot kommunikatsiya 
texnologiyalari) dan foydalaniladigan tizimlarda qo‘llash befoyda.
0 ‘qitishning hisoblash texnikasi vositalaridan foydalanila­
digan, reproduktiv metodi o‘quvchiga o‘qituvchi va (yoki) axborot
189


kommimikatsiya texnologiyalari tomonidan xabar qilinadigan 
bilimlami o‘zlashtirishni hamda taiim oluvchining o‘rganilgan 
materialni qayta yaratish, uni o‘xshash (analogik) vaziyatlarda 
qoilashga oid faoliyatini tashkil qilishni ko‘zda tutadi.
Mazkur metodni axborot kommimikatsiya texnologiyalaridan 
foydalanish bilan qoilash ta’lim jarayonini tashkil qilish sifatini 
jiddiy yaxshilash imkonini bersada, biroq о‘quv jarayonini an’ana- 
viy qoilanadigan sxemadan (axborot kommunikatsiya texnolo- 
giyalarisiz) foydalanilganiga nisbatan tubdan o‘zgartirishga imkon 
bermaydi. Bu jihatdan muammoli hamda tadqiqotchilik metodla- 
ridan foydalanish ko‘proq o‘zini oqlaydi. 0 ‘qitishning muammoli 
metodi axborot kommunikatsiya texnologiyalarining о‘quv jara­
yonini qandaydir muammoni qo‘yish va uni hal qilish yechimlarini 
izlash sifatida tashkil qilishga oid imkoniyatlaridan foydalanadi. 
Asosiy maqsad ta’lim oluvchiiaming bilish faolligini oshirishga 
maksimal darajada ко ‘maklashishdan iborat. Taiim jarayonida 
olinayotgan bilimlar asosida turli toifadagi 
masalalarning 
yechilishi, shuningdek, qo‘yilgan muammoni hal qilish uchun 
zarur boiadigan qator qo‘shimcha bilimlami olish va tahlil ko‘zda 
tutiladi. Bunda axborotni to‘plash, tartiblashtirish, tahlil va uzatish- 
ga oid ko‘nikmalami egallashga alohida e’tibor qaratiladi.
0 ‘qitishning axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foy- 
dalanilgan tadqiqotchilik metodi taiim oluvchiiaming ma’luro 
darajada ilmiy texnik tadqiqot olib borish jarayonidagi mustaqil 
ijodiy faoliyatini ko‘zcla tutadi. Bu metoddan foydalanilganda 
ta’lim faol tadqiqot, kashfiyot va o‘yin natijasi sanaladi, buning 
natijasida, odatda, yuqorida sanab o‘tilgan metodlardan foyda- 
lanilganidan ko‘ra yoqimliroq va muvaffaqiyatliroq boiadi. 0 ‘qi- 
tishning muammoli metodi - metod, obyekt va vaziyatlami ularga 
ta’sir o‘tkazish jarayonida o‘rganishm ko‘zda tutadi. Muvaffaqiyat 
qozonish uchun ta’sirlarga ta’sir qiladigan muhitning boiishi 
zarur. Bu ma’noda tengsiz vosita modellashtirish, ya’ni real 
ob’yekt, vaziyat yoki muhitning dinamikada imitatsion tasawuri 
sanaladi. Eng so‘nggi texnik yutuqlar ko‘pincha taiim jarayonida 
o‘zining munosib o‘mini egaliagan, bu ma’noda axborot 
kommunikatsiya texnologiyalari ham istisno emas.
190


О‘quv jarayonida kompyuterlardan foydalanish bo‘yicha 
dastlabki tajribalar hisoblash texnikasidan foydalanish ta’lim 
jarayoni samaradorligini sezilarli darajada oshirishi, bilimlarni 
hisobga olish va baholashni yaxshilashi, qiyin vazifalarni hal 
qilishda o‘qituvchining har bir ta’lim oluvchiga yakka tartibda 
yordam berishini ta’minlashi, yangi kurslami yaratish va qo‘yishni 
osonlashtirish kabi imkonyatlarni berishini ko‘rsatdi.
Axborot kommunikatsiya texnologiyalari so‘z, raqam, tasvir, 
tovush va boshqa ko‘rinishIarda beriladigan axborotni qayta 
ishlash uchun keng imkoniyatli vosita sanaladi. Ulaming vosita 
sifatidagi asosiy xususiyati axborot olish va qayta ishlash bilan 
bog‘liq turli xil amallami bajarish uchun sozlash (dasturlashtirish) 
imkoni mavjudligidir. 0 ‘quv jarayonida axborot kommunikatsiya 
texnologiyalaridan foydalanish foydalanuvchilaming tafakkur 
ko‘nikmalarini va murakkab vazifalarni hal qilish malakalarini 
rivojlantirishning yangi yo‘llarini ochib beradi, ta’limni faollash- 
tirish uchun prinsipial yangi imkoniyatlami taqdim qiladi. Axborot 
kommunikatsiya texnologiyalari auditoriya va mustaqil mash- 
g‘ulotlami yanada qiziqarli, dinamik va ishonchli, o‘rganiladigan 
axborotning katta oqimini oson o‘zlashtiriladigan qilish imkonini 
beradi.
Axborot kommunikatsiya texnologiyalari vositalarining ta’­
limning boshqa texnik vositalariga qaraganda asosiy ustunliklari 
nozikligi, ta’limning turli model lari va algoritmlariga sozlash, 
shuningdek har bir ta’lim oluvchining xatti-harakatlariga yakka 
tartibda ta’sir qilish imkoniyati sanaladi. Bunday vositalardan 
foydalanish ta’lim jarayonini yanada faollashtirish, unga tadqi- 
qotchilik va izlanuvchanlik xarakterini bag4 ishlash imkonini 
yaratadi. Darsliklar, televideniye va kinofilmlardan farqli o‘laroq, 
axborot kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim oluvchining xatti- 
harakatiga zudlik bilan javob berish, turli toifadagi ta’lim 
oluvchilar uchun materialni takrorlash, tushuntirish, puxtaroq 
tayyorgarlikka ega bo‘lgan ta’lim oluvchilar uchun yanada murak­
kab va o‘ta murakkab materialga o'tish imkoniyatini ta’minlaydi. 
Bunda individual sur’atlarda o‘qitish oson va tabiiy tarzda amalga


oshiriladi. Shubha yocqki, ko‘p hollarda kompyuteming afzallik- 
lari to‘g‘risida gapirib o‘tirishning o‘zi nojoiz. U nafaqat tala- 
balarni mashaqcatli mehnatdan ozod qiladi, balki ularga melmat 
talab amaliy topshiriqlar bilan chiziqli dasturlashtirish hamda 
murakkab analitik tadqiqot! ardan foydalanib shug‘ullanish 
imkonini beradi.
Test muharririaridan foydalanish talabalami mashinkada te- 
rishdek og'ir ishdan xalos etib, o‘qiluvchilarga berilgan mavzuni 
u qoniqarli darajaga yetmagunicha ko‘p marta qayta ishlashni 
talabadan talab qilish imkonini beradi. Uslubni bu kabi “takrorlash” 
kompyutersiz mumkin boimasdi.
Awallari mashaqqatli, birin-ketin takrorlanadigan operatsi- 
yalarga sarflanadigan vaqt endilikda, fikr kuchlanishi va ijodiy 
yondashuvni talab etadigan yanada muhim. Bilimlar hajmining 
ortib borishi va tahlil metodlarining murakkablashishi bilan ta’lim- 
ni asosan ma’ruzalami passiv tinglash hamda о‘quv matnlarini 
o‘qish tamoyili asosida tashkil etish tobora qiyinlashib bormoqda. 
Tanqidiy fikrlash, murakkab muammolami tushunish va hal qilish 
malak&lari, juda katta hajmdagi dastlabki ma’iumotlami foydali 
umumlashtirish, qila olish, qobiliyati bulaming hammasi katta 
ahamiyat kasb etib, talabadan yanada 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin