‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi


Ota-onani iiurmatlash borasida



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

Ota-onani iiurmatlash borasida:
Otaga itoat qilish-Tangriga inoat qilishdir. Uning oldida gunoh 
qilish-Tangri oldida gunoh, qilish bilan barobardir. Ota-onasi 
qarg‘aganni - Tangri qarg‘aydi.
Bu haqida buyuk allomalarimizning fikrlari ham ibratlidir:
Masalan: A.Navoiy:
Boshni fido ayla Ato qoshig'a,
Jismni qil sadqa Ano boshig‘a..,
Ustozni hurmatlash borasida;
Haq yoiinda kim sanga bir harf o‘rgatmish ranj ila, 
Aylamak bo‘lmas ado oning haqqin yuz ganj ila..,
Odob baqida:
“Odobli garchi barcha kishilardan yaxshidir, hamma haloyiq- 
dan yoqimlidir. Odobli o‘z tengqurlari orasida bir-biriga matonatli 
bo‘ladi, kattadan-kichik orasida yaxshi ko‘rinadi.
Saxiylik qilmay, elni shod qiladi va bir narsa xadya qilmay 
kishini g‘amdan ozod qiladi. Odob kichik yoshdagilarni ulug'lar 
duosiga sazovor etadi va duo barakati bilan imirbod baxramand
244


bo‘ladi. Odob kichkinalar mehrini ulugiar ko‘ngliga soladi va u 
muhabbat ko‘ngilda abadiy qoladi”.
З.МИИу tarbiyaning o‘ziga xosligi va mezonlari
Xalqimiz azal-azaldan axloqiy fazilatlarga boy bo'lgan. Ota- 
boboladmiz farzand o‘stirar ekanlar, ulaming xulq-atvorlariga, 
gap-so‘zlariga, kishilar oldida o‘zlarini qanday tutib, nimalar haqi- 
da fikrlashib, o‘z maqsadlarini qanday so‘zlar bilan tushunti- 
rishlariga katta ahamiyat berishgan. Ular farzandlarining qo‘rslik 
qilishi, kattalar suhbatiga aralashishi, nojo‘ya ishlariga zinhor va 
zinhor yo‘J qo‘ymaganlar. Bu narsalarga farzand tarbiyasining eng 
muhim tomoni deb qaraganlar. Ammo, ming taassufki, yaqin 
tariximizda sharqona tarbiya, axloq-odobning ming yillik tajriba- 
lardan “estetik sarqiti” deb voz kechdik, o‘zligimizni unutayozdik. 
Axloqsizlik, hayosizlik, ichkilikbozlik, qadimiy merosimizdan 
nafratlanish asosida ko‘rilgan “yangi ahloq” zo‘rlab targ‘ib qilindi. 
Bu “ovro‘pocha odob”ning samarasini, xalqimiz boshiga solgan 
kulfatlarini, ma’naviyatimizga yetkazgan zararlarini bugun 
hammamiz ko‘rib turibmiz.
Sharqona odob ming yillar mobaynida islomiy tarbiya 
qoidalari asosida tarkib topib, takomillashib borganligi tarixdan 
ma’lum.
Odamzod dunyoga kelibdiki, mudom mukammal timsol 
axtaradi, komillikka intilib, rahiy najot yo‘lini qidiradi. Shu orzu- 
intilish samarasi o‘laroq, ma’naviyat bobida beqiyos kashfiyotlar 
qilingan. Komil inson haqidagi ta’limot insonni yuksak kamolotga 
yetishini ko‘zda tutadi. Komillik bu - insonning Yerda qilgan 
hamma ishlari ma’naviy e’tiqod bilan sug‘orilishidir.
0 ‘zbek xalqi o‘z madaniyati va ma’naviyatida komil insonlami 
voyaga yetkazishga katta e’tibor bergan. Buning natijasida asarlar 
davomida aql- zakovatga, qomusiy bilim va qobiliyatga ega 
bo‘lgan Az-Zamaxshariy, Abu Rayhon Beruniy va Al-Forobiy, 
Abu Ali ibn Sino va Ai-Xorazmiy, Amir Temur va Ulugbek, 
Alisher Navoiy va Bobur, Qgahiy kabi komil insonlar yetishib 
chiqdi va olamga tanildi. Ular tufayli xalqimiz mag‘rur yashadi,
245


mehnat qiladi, doimo hurriyat va erk sari intildi. Bizga ma’lumki, 
Abu Ali ibn Sno buyuk qomusiy olim sifatida tibbiyot, riyoziyot 
(matematika), falakkiyot, fizika, kimyo, biologiya, dorishunoslik, 
ruhshunoslik, fiziologiya, fflologiya, falsafa, axloq va badantarbiya 
kabi ko‘plab fanlaming yetuk bilimdoni bo‘lgan. Uning aql- 
zakovati, yaratgan asarlari 0 ‘rta Osiyodagina emas, balki Sharq va 
G’arbiy Ovro‘po mamlakatlarida ham hurmat bilan tilga olinadi. U 
har tomonlama komillik darajasiga yetgan ulug inson bo‘lgan. Abu 
Ali ibn Sino yigirma to‘rt yoshida ilmlaming hammasidan xabardor 
bo‘lib, Buxoroda olimlar bilan bo‘lgan baxsda ularni mot qilganligi 
ma’lum. Bunday muvaffaqiyatga olim kamolotga erishganligi 
tufayli muvafFaq bo‘lgan edi.
Abu Ali ibn Sino o ‘z hayoti va faoliyati davomida doimo 
ezgulikka intilgan komil inson bo‘lgan. Uning nomi va asarlari 
hamisha tillardan-tillarga, dillardan-dillarga o‘tib yuraveradi.
Inson komilikka intilar ekan, zinhor bu intilishning oxiriga yeta 
olmaydi. Shu bois, men komilman, kamolotga erishdim, degan 
odam xato qiladi. Inson o‘z faoliyati mobaynida, nuqson va kam- 
chiliklarga ham yo‘l qo‘yadi. Ammo shu nuqson-u kamchiliklarini 
tushunib, tuzatib ularni takrorlamaslikka harakat qiladigan kishi 
barkamol insondir. Bu haqda Alisher Navoiy shunday degan: 
Nokis uldirkim, o‘zin komil degay,
Komil ulkim, nuksin isbot aylagay.
Inson kamolotiga chek-chegara yo‘q. Muttasil kamolot sari 
intilmoq - taraqqiyot boisidir. Kishi umrini baland himmat bilan 
boyitmogH shart. Yuksak maqsadlar sari intilmoq, insoniyatga naf 
yetkazib yashashni hayotning mazmuni deb bilmoq - himmat 
balandlikdan nishonadir. Alisher Navoiy bu xususda bunday 
degan:
Birovkim, anga himmat uldi baland,
Erur olam ahli aro arjumand 
Ani, anga mufliski yuk himmati,
Chu yuk ximmati, yuk aning hurmati.
0 ‘tmish ma’naviy merosimiz komil inson g‘oyasi bilan 
charog‘on. Hazrat Alisher Navoiy dostonlarining har biri komillik- 
ning o‘ziga xos mezonidir. Darhaqiqat, Navoiy asarlarining har bir
246


sahifasi, misrasi va xulosasida ana shu mezon zo‘r kuch bilan 
tashviq etila boradi. Chunonchi, buyuk shoiming “Arba’in” asarida 
quyidagi hikmat, ayniqsa, muhimdir:
El aro yaxshiroq, deding, kimdur,
Eshitib shubha ayla raf andin.
Yaxshiroq bil ana ulus arokim,
Etsa ko‘proq ulusga naf andin.
Ya’ni, el orasidagi eng yaxshi odam ~ ulusga (xalqqa) ko‘p 
foyda yetkazgan kishidir. Inson koinotdagi barcha mavjudotlar 
ichida hammadan ulug‘i hisoblanadi. Uning kamoloti oldida aql 
hayron qoladi, chunki, inson haqiqat haqida chuqur o‘ylaydi. 
Kamolot yo‘liga chiqish uchun u asta-sekin o‘zligini izlaydi, olimni 
tanlaydi. Alisher Navoiy „kaniol et kasbkim“ deya da’vat 
qilganlarida komillik uchun zarur juda ko‘p xususiyatlami nazarda 
tutgan. Kishi o‘zini xirs-ta’ma, nafs, g‘aflat, nodonlik singari 
mayllardan poklansa, hech payt komil bo‘la olmaydi. „Olam uyi“da 
yashash - uning fuqarosiga aylanishdir. Alisher Navoiy insonning 
jahon farzandi mavqega ko‘tarilishini xohlagan. Xuddi shu 
mavqeni esa kamolotning oliy cho'qqisi deb bilgan.
Navoiy o‘z davrida komil insonlami „ahli ma’ni“ deb bilgan. 
5yAhli ma’ni“ bu fikrli odamlardir. Fikrsiz haloyiqning ongida 
ma’ni chuqurligi bo‘lmaydi. Fikrlash - haqiqatni anglashdir. „Ahli 
ma’ni“ deganda oqil va dono, kamtar va olijanob. haqiqatparvar va 
fidoiy kishilami tushunish kerak. Bunday fazilatlarga ega bolgan 
kishilaming tafakkur qilishi keng bo‘ladi. Chunki ular aql oddiy 
so‘z va tushunchalardan emas, balki diyonat, adolat, insof, iymon, 
ishq, dard tuhfalaridan kamol topgan bo‘ladi. Inson go‘za.l xislatlar, 
yaxshi fazilatlar, nurdek pokiza umid-niyatlar bilan komillikka -
kamolotga intilib boradi. Hayotning hamma achchiq-chuchugini, 
bulardan namuna-yu ibrat olib, yashash va yaratish iqtidoriga 
erishadi; inson minglarcha yillar mobaynida boshidan kechirgan 
barcha tajriba-saboqlaridan xulosa chiqarib, munawar yoiga 
chiqqan. Dunyoda insonga tuhfa etilgan aql ne’mati shunday 
qudratli kucliki, u bilan odam o‘zini istagan holatda tarbiya eta 
oladi, har qanday azob-mashaqqatni, har qanday yomonlikni, eng 
murakkab muammolarni ham aql ne’mati bilan yengadi va hai
247


etadi. Ruhiy kamolot odam qalbida ezgulikning yuksak koslionasini 
yaratadi. Aql-zakovatning kamoli o‘qish, o‘rganish, tahlil etish. 
idora qilish, e’tiqod qilish, hayot tajribasini egallash bilan ro‘yobga 
chiqadi. Yosh niholning basavlat daraxtga aylanishi parvarishga 
bog‘liq bo‘lganidek, odam bolasining komil inson bo‘Iib yetishishi 
uchun 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin