‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi


Nazorat uchun savol va topshiriqlar



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə175/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

Nazorat uchun savol va topshiriqlar
1. Sharq Uyg‘onish davrida ilm-fan, madaniyat, ta’lim-tarbiya 
taraqqiyoti nimalarda namoyon bo‘idi?
2. Al-Xorazmiyning ilmiy merosi va didaktik qarashlarining 
ahamiyati nimalarda ko‘rinadi?
3. Abu Nasr Forobiy yashagan davrda ijtimoiy tuzum qanday
edi?
4. Beruniyning fozil insonni shakllantirishga oid qarashlari­
ning hozirgi davrdagi ahamiyatini izohlang.
5. Ibn Sino oilada bola tarbiyasi haqida qanday fikrlami ilgari 
surgan?
383


XV BOB. SHARQ PEDAGOGIK TA’LIMOTIDA
ТА’ LIMIY-AXLOQI Y QARASHLAR
Yusuf Xos Hojib
Ma’lumki, Sharq Uyg‘onish davrida ma’naviy-ma’rifiy sohada 
asosiy masala inson muammosi bo‘lgan. Shuning uchun ham ta’lim- 
tarbiya masalalariga katta e’tibor berilgan. Didaktik asarlarda Sharq- 
qa xos boigan insonning axloqiy, ruhiy kamoloti, oliy darajadagi 
yuksalish muammosi yetakchi g‘oya bo‘lgan. Insoniylik, insonni 
ulug‘lash g'oyasi ta’lim-tarbiyaga oid yaratilgan asarlaming asosiy 
o‘zagi sanalgan. Bu g‘oyani, ya’ni insonparvarlik g‘oyasini amalga 
oshirishning asosiy vositalari sifatida yuksak axloqiy odatlar, insoniy 
munosabatlar va xislatlami tarkib toptirishga olib keluvchi ta’lim- 
tarbiyani amalga oshirish muhim masala qilib qo‘yilgan. Zero, 
insoniylik g‘oyasida yuksak axloqiy xislatlar ifodalangani uchun ham 
Sharq Uyg‘onish davri falsafasi va pedagogikasida ta’limiy-axloqiy 
yo‘nalish muhim ahamiyat kasb etdi. Axloq masalasi faylasuflaming 
ham, buyuk mutafakkirlaming ham, tarixchi-yu shoir hamda adiblar- 
ning ham birdek diqqat markazida bo‘ldi. Ta’limiy-axloqiy risolalar 
paydo bo‘lib, axloqning ham nazariy, ham amaliy masalalari tahlil 
etildi. “Qutadg‘u bilig”, “Axloqi Nosiriy”, “Qobusnoma”, “Hibbat 
ul-haqoyiq”, “Guliston”, “Bo'ston”, “Axloqi Jaloliy”, “Axloqi Muh- 
siniy”, “Mahbub ul4julub” kabi Yusuf Xos Hojib, Nasiriddin Tusiy, 
Kaykovus, Ahmad Yugnakiy, Muslihiddin Sa’diy, Abdurahmon 
Jomiy, Alisher Navoiy, Jaloliddin Davoniy, Husayn Voiz Koshifiy- 
laming ta’limiy-axloqiy asarlari yuqorida ta’kidlaganimiz inson 
shaxsini ma’naviy-axloqiy shakllantirish muammosini hal etish 
sohasida yaratilgan sof pedagogik asarlar sifatida muhim ahamiyatga 
ega. Mazkur ta’limiy-axloqiy asarlarda insonning ma’naviy kamolga 
yetishida yuksak axloqqa egabo‘lishi ilm-fanni egallashi asosidagina 
amalga oshishi mumkin, degan g‘oya ilgari surildi. Chunki biz 
nazarda tutayotgan davrdan boshlab savod o‘rgatish “Qur’on” va 
“Hadis”lami o‘rganish va ulardagi ko‘rsatmalami o‘zlashtirib olib
384


bilan birga olib borilgan. Shunga ko‘ra, “Qur’on” va “Hadis”lardagi 
pand-nasihatlar ham olimlar, ham adiblar ijodiga ta’sir etgan. Hadis- 
laming ta’siriga sabab umuminsoniy fazilatlarga alohida urg‘u beril- 
gan. Ularda ilgari surilgan musulmonlikning muhim xislatlari: halol- 
lik, saxovat, himmat, mehru-oqibat, ehson, shaim-hayo, ilm izlash, 
muomala qoidalari, axloq mezonlari va boshqalar o‘z ifodasini 
topgan va Sharq adabiyotiga, jumladan, ta’limiy-axloqiy asarlarga 
ta’sir etgan. Ta’limiy-axloqiy asarlar bevosita Hadislarda ilgari suril­
gan g‘oyalar asosida yaratiidi. Hadislar ta’siri Yusuf Xos Hojibning 
“Qutadg‘u bilig” asaridan boshlanib, Kaykovusning “Qobusnoma”, 
Ahmad Yugnakiyning “Hibbat ul-haqoyiq”, Sa’diyning “Guliston”, 
Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub” va boshqa asarlar negizida 
ko‘rinadi. Ham g‘oya, ham mazmun, ham shakl buning dalilidir. Ma- 
salan “Qur’on”da ham, “Hadis”larda ham, ta’limiy-axloqiy doston- 
larda ham ilm ta’rifi bilan birga, xulq-odob qoidalari, turmush odobi 
yoritiladi. Xullas, Sharq ta’lim-tarbiyasida ilmni targ‘ib etish, xulq- 
odob qoidalari islomiy tamoyillarga asoslangan, ta’limiy-axloqiy 
asarlardagi mundarijalaming o‘xshashligi ular tayangan ma’naviy 
zaminga bog‘liqdir.
Tadqiqotchilaming fikrlariga ko‘ra Yusuf Xos Hojibning taiji- 
mai holini faqat uning o‘z asarida yozib qoldirgan ma’lumotlardan 
bilamiz, xolos:
Mo‘nuqi tarug‘laq Qo‘z o‘rdu eli,
Tub-asli nasabdin yurishish tili 
Bu tug‘mish elindin chiqib borgoni,
Kitobni qo‘shubon tugal qilg‘oni.
Barusin bitimish, yeturmish nizom,
Bu Qoshg‘ar elinda qo‘shulmish tamom.
Qo‘z o‘rdu oclkasi aslida eli,
Tub asli nasabdan so‘z ochdi tili,
Tug‘ilgan ehdan chiqib borgani 
Kitobni jam etib tugal qilgani.
Borini bitibdir ne esa kalom,
Bu Qashqar elida tugadi tamom1.
1
Юсуф Хос Хржиб. Кутидгу билиг (Саодахга йулловчи билим). Транскрипция ва х;оз^?гн узбек тилнгв тавсиф. 
Нашрга тайёрловчи Каюм Каримов. Тошкент, «Фан» нашристи, Т., 1971, 57-бет.
385


Yuqoridagi misralardan Yusuf Xos Hojibning tugcilgan joyi 
Qo‘z o‘rdu (ya’ni Bolasog‘un) ekanini, ammo uni yozishda turli 
o‘lkalarga safar qilgani, va nihoyat uni vatani Qashqarda tugatgani 
taxmin qilinadi.Demak, Yusuf Xos Hojib Bolasog‘unda tug‘ilgan, 
o‘z asarini yoshi ellikdan o‘tganda yozgan. Asaming hijriy 462- 
(1069-1070) yozib tugallanganligi, uni o‘n sakkiz oyda, ya’ni 461 
yilning birinchi yarmida boshlab, 462-yilning o‘rtalarida 
tugatganligi, agar bu davrda Yusuf Xos Hojib 50 yoshlar atrofida 
bo‘lsa, 410 (1019 milodiy)-yillarda tug‘ilganligi taxmin etiladi.
Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asari 6500 baytdan yoki 
13000 misradan iborat. Buyuk mutafakkir as ami yozib tugatgach, 
qoraxoniylar hukmdori Tavg‘achxon (kitobda Tavg£och Ulug‘ 
Bug‘ra Qoraxon (xoqon), Abo Ali Hasan binni Sulaymon Arslon 
Qoraxon (xoqon) nomlari bilan zikr etilgan) huzuriga kelib, unga 
taqdim etadi. Kitob xonga manzur bo‘lib, uning muallifiga Xos 
Hojiblik unvonini beradi. “Qutadg‘u bilig” asari katta shuhrat 
qozonadi. Shuning uchun ham “Qutadg‘u bilig”ni chinliklar 
(Xitoy) “Adab ul-muluk” (‘Hukmdorlar odobi”), mochinliklar 
(Sharqiy Turkiston) “Anis ul-mamolik” (“Mamlakatning tartib 
usuli”), eronliklar “Shohnomai turkiy”, Sharq elida “Ziynal ul- 
umaro” (“Amirlar ziynati”), turonliklar “Qutadg'u bilig”, ba’zilar 
esa “Pandnomai muluk” (“Hukmdorlar nasihatnomasi”) deb 
atagani kitob muqaddimasida keltiriladi. Qutadg‘u bilig - baxt va 
saodatga eltiluvchi bilim, ta’lim degan ma’noni bildiradi. Demak, 
asar nomidan ham uning pand-nasihatlar, ta’lim-tarbiyaga oid, har 
tomonlama komil insonni tarbiyalaydigan yetuk didaktik asar 
ekanligi yaqqol ko‘rinib turibdi.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin