‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə173/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

shu
tadqiqotlari asosida “Mineralogiya" asarini 
yaratadi.1017-1018 yillarda yana taxt va hokimiyat uchun kurash 
boshlanib, Movaroxmnahrda Qoraxoniylar davlati barpo etiladi. 
Xuroson va Afg'onistonda Mahmud G‘aznaviy (998-1030) 
xukmronligi o‘madlib, qoraxoniylar bilan tuzilgan shartnomaga 
muvofiq Xorazm Mahmud davlatiga tobe bo‘lib qoladi.Ma’mun 
akademiyasidagi ko‘plab olimlar qatori Beruniy ham G‘aznaga olib 
ketiladi va u yerda ko‘p qiyinchiliklar bilan o‘z ijoclini davom 
ettiradi. Beruniy bu yerda o‘zining “Xorazmning mashhur 
kishilari”, “Tahdid nihoyot al-amokin li tashih masofot al -
masokin”, (“Turar joylar orasidagi masofani tekshirish uchun 
joylaming oxirgi chegaralarini aniqlash”, ya’ni “Geodeziya”) 
asarini yaratdi. Bu asarda geografiya va astronomiya fanlari bilan 
bir qatorda paleontologik kuzatishlar natijalari ham bayon qilingan. 
Beruniyning yana bir muhim asari “Munajjimlik san’atidan 
boshlang‘ich tushunchalar”dir. Bu asarda ham u bir qancha fanlar 
yuzasidan dastlabki tushunchalar, ma’lumotlar bergan. Ma’lumki,
371


Mahmud G‘aznaviy Hindistonga qarshi bosqinchilik umshlarini 
olib borgan. Мала shu yurishlarning birida Beruniy ham Mahmud 
G‘aznaviyga hamroh b o iib bordi. U sanskrit (eski hind tili)ni 
bilganligi uchun hind xalqi madaniyati, adabiyoti va san’ati bilan 
yaqindan tanishish imkoniyatiga ega boidi va bu mehnatlari 
natijasida 1030 yilda o'zining Sharq va G‘arbda keng e ’tirof 
qilingan mashhur “Hindiston” asarini yaratadi.Kitobning to iiq
nomi “Kitobu fi taxqiqi mo ill Hind min maqulatin fil aqli av 
marzulatin”, ya’ni “Hindlaming aqlga sig‘adigan va siginaydigan 
ta’limotlarini aniqlash kitobi” boiib, aytishga qulay boiishligi 
uchun qisqacha “Tahqiqu mo - mil hind” - (“Hindistonga oid 
tadqiqlar” yoki “Hindiston”) deb yuritiladi. Uning bu shoh asari 
G‘arb va Sharq olimlari, shu jumladan, hozirgi zamon hind olimlari 
tomonidan yuksak baholangan. Akademik V.R.Rozen “Sharq va 
G‘arbning qadimgi va o‘rta asrdagi butun ilmiy adabiyoti orasida 
bunga teng keladigan asar yo‘q”, - deb baholasa, Hindiston olimi 
Hamid Rizo olim haqida gapirib, “Hind madaniyatming chigal 
muammolarini biron-bir o‘rta asr yoki hozirgi zamon muallifi Abu 
Rayhon Beruniydek muvaffaqiyatli ravishda tushunib yetmagan. 
Uning “Hindiston” asari qadimgi Hind madaniyati va fanining 
klassik na’munasi b o iib qoladi”.
Asarda Beruniyning Hindiston haqidagi barcha qarashlari o‘z 
ifodasini topgan.O‘sha yili (1030) Mahmud G‘aznaviy vafot etadi. 
Uning kichik o‘g ii Muhammad voris sifatida taxtga oiirgan 
boisa-da, ko‘p o‘tmay Mahmudning katta o‘g i i Mas’ud (1030- 
1041) ukasini taxtdan ag‘darib, o‘zi hokimiyatni q oiga oladi. 
Bilimdon va zukko, ilm ahlini qadrlovchi Mas’ud Benmiyni o‘z 
himoyasiga olib, uning ijod qilishiga sharoit yaratib beradi.
Beruniy astronomiyaga oid “Al-Qonun al-Mas’udiy” (“Mas’ud 
qoununi”) nomli yirik asarini shox Mas’udga bagishlaydi. Olimlar 
bu asami matematika va astronomiyaga oid ungacha yozilgan 
barcha asarlardan yuqori qo‘yadilar. 0 ‘sha asr olimlaridan biri 
Yoqutning yozishicha: “Mas’ud qonuni” kitobi matematika va 
astronomiya bo‘yicha ungacha yozilgan hamma kitoblar izini 
o‘chirib yuborgan deydi. Beruniy yana “qimmatbaho toshlarni bilib 
olish bo‘yicha ma’lumotlar to‘plami” (“Mineralogiya”), “Dorivor
372


o‘simliklar haqida Kitob”, “Kitob as Saydona fi - t-tibb” kabi 

asarlami ham yozdi. “Mineralogiya” Sharqdagina emas, Y evropada 

ham qimmatbaho toshlami izlash usullari va ular bilan savdo qilish, 
konlarni o‘rganish, yer osti boyliklarini tekshirish haqida ma’lumot 
bersa, “Saydana” nomi bilan mashhur bo‘lgan keyingi asarda 
Sharqdagi dorivor o‘simliklaming tavsifi bayon qilingan. Beruniy 
“Saydana” kitobida o‘zining 80 yoshdan oshganligini yozadi, 
shunga ko‘ra uni 1050-1051 viJlarda vafot etgan deb taxmin etish 
mumkin. Ba’zi manbaalarda esa, 1048 yil 13-dekabrda G‘azpa 
shahrida vafot etgan deb ko‘rsatiladi. Beruniyning ilmiy bilimlarni 
egallash yo‘llari, usullari haqidagi fikrlari hozirgi daw uchuiiham 
dolzarbdir. 0 ‘quvchiga bilim berishda:
- o‘quvchini zeriktirmaslik;
- bilim berishda bir xil narsani yoki bir xil fanni 
o‘rgatavermaslik;
- uzviylik, izchillik;
- tahlil qilish va taqqoslash;
- ma’lumdan noma’Iumga, yaqindan uzoqqa, soddadan 
qiyinga qarab borish;
- takrorlash;
- yangi mavzulami qiziqarli, asosan, ko‘rgazmali bayon etish 
va hokazoga e’tibor berish kerakligi uqtiriladi.
Beruniy fan sohasidagi yodgorliklami, ilmiy bilimlarga oid 
qoldirilgan barcha boyliklami qunt bilan o‘rganishga da’vat etadi.
Olim ilm toliblariga qalbni yomon illatlardan, inson o‘zi sezishi 
mumkin bo‘lmagan holatlardan, qotib qolgan urf-odatlardan, 
xirsdan, behuda raqobatdan, ochko‘zlikdan, shon-shuhratdan 
saqlanishi zarurligini uqtirgan. Shuningdek, har bir xalqning o‘ziga 
xos ta’lim usullari, yo'llari, shakllari borligini ta’kidlash bilan birga 
har bir xalqning ham o'qitish tizimi alifbodan boshlanishini 
ko‘rsatadi. Grammatika, matematika fanlarini o ‘qitishga oid 
qimmatli fikrlar bayon etadi. 
Beruniy til va adabiyot, tarix, 
geografiya, geodeziya, biologiya, mineralogiya fanlari, tibbiyot va 
dorishunoslik, fizika, falakkiyot ilmiga oid tadqiqotlarini o‘zi 
targ‘ib etgan nazariya hamda kuzatishlar natijasida amaliyotda 
sinab ko‘rib, fanda haqiqat ustivor turishini ta’kidladi.
373


Beruniy fikricha, axloqiylik insonning eng asosiy sifati boiishi 
kerak. Bu xislat birdaniga tarkib topmaydi. U kishilaming o ‘zaro 
muloqoti, ijtimoiy muhit — jamiyat taraqqiyoti jarayonida tarkib 
topadi. Beruniy ham axloqiy tarbiyaga musulmon dini talablaridan 
kelib chiqqan holda ta'rif beradi. Axloqiylik yaxshilik bilan 
yomonlik o‘rtasidagi kurash natijasida namoyon boiadi va tarkib 
topadi deydi, u. Yaxshilik va yomonlik insonning xulq-atvorini 
belgilaydigan mezon sifatida qo‘llaniladi. U yaxshi xislatlarga 
to‘g‘rilik, odillik, o‘zini vazmin tutish, insof, kamtarlik, lutf, 
sobitqadamlik, ehtiyotkorlik, saxiylik, shirinsuxanlik, rahbarlikda 
adolatlilik, tadbirkorlik kabilami kiritadi. Yomon illatlarga esa 
xasadgo'ylik, baxillik, nosogiom raqobat, o‘z manfaatini ko‘zlash, 
mansabparastlik va hokazolami kiritadi.
Beruniy faxrlanishni yaxshi xulq ma’nosida ishlatib, 
“Yodgorliklar”da shunday deydi: “Faxrlanish - haqiqatda yaxshi 
xulqlar va oliy feilarda oldin ketish, ilmu hikmatni egallash va 
imkoniyat boricha mavjud nopokliklardan tozalanishdir. Kimda 
shunday sifatlar topilsa, hukm uning foydasiga va kimda bular 
yetishmasa, hukm uning zarariga boiadi”.
Abu Rayhon Beruniy ezgu tilakka yetishga to‘sqinlik qiluvchi 
ziqnalik, yolg‘onchilik, munofiqlik, manmanlik, takkaburlik kabi 
nuqsonlami qoralaydi, boylikka ruju qo‘yish va ta’magirlik, g‘azab 
va johillik inson uchun eng ashaddiy dushman deb qaraydi.
Mutafakkir ilgari surgari axloqiy xislatlardan yana biri 
adolatdir. U jamiyatda adolat o‘matish, uni yovuzliklardan xalos 
etish uchun dono, adolatli hukmdor boiishi kerak, deydi.
Beruniy kundalik turmush masalalariga ham katta e’tibor 
bergan. Har bir axloqan barkamol inson o‘zining turmush tarzini 
ham uyg‘un, go‘zal eta oladi. uyg‘unlik, go‘zallik va nafosatning 
asosi sanaladi. Beruniy insoniy xislatlardan muhimi - ozodlik, 
tarbiyalilik boisa, insonga eng yaqin narsa uning tabiati, ruhi 
deydi. Shuning uchun inson o‘z tabiatiga yoqadigan ishlami 
bajarishi zarur, deb ko'rsatadi. Bunda insonning ichki dunyosi bilan 
tashqi go‘zalligi, turmush tarzidagi go‘zallikning uyg‘un boiishini 
talab etgan. Bunga inson kiyadigan kiyimidan tortib, kundalik
374


turmushidagi yurish-turushi, so4zi, qalbi, qilgan islii - hammasining 
go‘zal bo‘lishi ta’kidlangan.
Har bir shaxsda sharm-hayo, ozodalik, nafis did. iffat, latofat, 
shirinsuxanlikning tarkib topishi turmushning yanada go‘zal 
bo‘lishiga olib keladi.Olimning inson turmusliiga xos xulq-odob 
qoidalari haqidagi fikrlari pedagogik jihatdan muhim ahamiyat 
kasb etadi. Inson ham ichki, ham tashqi tomondan go‘zal bo‘lsagina 
haqiqiy kamolotga erishishi mumkin deydi. U ozodlik va 
arosatlikni olijanoblik bilan tenglashtiradi. Inson doimo bularga 
rioya etishi zarur deb ta’kidlaydi. Bunda inson o‘zini boshqara 
olishga qodir bo‘lishi, har bir yetuk inson uchun zarur bo‘lgan 
xislatlami tarkib toptirishda kuch va irodaga ega bo‘lishi zarur, 
deydi. „Mineralogiya44 asarida bu flkrni quyidagicha ifodalaydi. 
„Inson o4z ehtiroslariga hukmron, ularni o4zgartirishga qodir, o‘z 
jon va tanini tarbiyalar ekan, salbiy jihatlami maqtagulik narsalarga 
aylantirishga hamda asta-sekin, axloq haqidagi kitoblarda 
ko'rsatilgan usullar bilan illatlami bartaraf etishga qodirdir“.
Beruniy insonni kamolotga yetaklovchi xislatlardan yana biri 
olijanoblik deb ko4rsatadi.01ijanoblikning mazmunini yaxshilik 
tashkil etadi. Bunda olim insonga inson sifatida muomala qilishni 
nazarda tutadi. Eng muhimi, mutafakkir, inson kamolotida, mehnat 
va mehnat tarbiyasi haqida muhim fikrlami bayon etadi. U har bir 
hunar egasining mehnatiga qarab turlarga bo‘ladi. Og‘ir mehnat 
sifatida binokor, ko‘mir qazuvchi, hunarmand, fan sohiblari 
mehnatini keltiradi. Ayniqsa ilm ahli - olimlar mehnatiga alohida 
e’tibor berish, xayrxoh bo4lishga chaqiradi, ulami ma’rifat 
tarqatuvchilar, jamiyat ravnaqiga hissa qo‘shuvchilar deb, biladi: 
shu bilan birga, og4ir mehnat qiluvchi konchilar, yer ostida gavhar 
izlovchilar, dehqonlar haqida gapirib, ulaming mehnatini 
rag4batlantirib turish kerak, deydi. Ayniqsa, podshohlar bunday 
mehnat ahliga g4amho4r bo‘lishi kerakligini alohida eslatadi. 
Chunki, ana shu mehnat ahli ular hukmronligining tayanchi, deb 
ta’kidlaydi.
Olim bolalami mehnatga o4rgatish metodlari, yo‘llari haqida 
ham fikr yuritadi. Masalan, bolalami eng kichik yoshidan mehnatga 
o4rgatish kerak deydi. Mehnat tarbiyasida o4sha davr tarbiya
375


an’anasiga binoan vorislikka katta ahamiyat beradi. Buni 
E.To'raqulov va S.Rahimovlar „Abu Rayhon Beruniy ruhiyat va 
ta’lim-tarbiya haqida“ nomli risolalarida juda yaxshi bayon 
etishgan. Beruniyning ,,Mineralogiya“ asarida faqat qimmatbaho 
metallar, toshlar haqida emas, hunarmandchilikka oid, shogird 
tayyorlash jarayoni, ustalaming hunar o‘rgatish metodlari haqida 
ham qinunatli fikrlar bayon etilgan. Bimda hozirgi pedagogika Fani 
tili bilan aytganda, shaxsiy namuna metodidan foydalangani, ish 
jarayoni bevosita ham nazariy, ham amaliy jihatdan ustaxonaning 
o‘zida bajarilgani shogirdlaming malakali usta bo‘lib yetishishida 
katta ahamiyatga ega boigan. Shuning uchun ham o‘$ha davrda 
Xuroson va Movarounnahr metallurgiya, konchilik, to‘quvchilik, 
zebi-ziynat buyumlari yasash, qog‘oz va oyna ishlab chiqarish va 
boshqa sohalarda dunyo bozorida nom chiqargan.
Beruniy inson kamolotida uch narsa muhimligini ta’kidlaydi. 
Bu hozirgi davr pedagogikasi ham e’tirof qiluvchi irsiyat, muhit, 
tarbiyadir.
M aium bir davrda olimlar inson kamolotiga irsiyat, muhitning 
ta’sirini inkor etib, faqat tarbiyani tan oldilar. Lekin Beruniy o‘z 
zamondoshlari - buyuk mutafakkirlar Forobiy, ibn Sinolar kabi 
inson kamolotida har uchalasini ham muhim deb hisoblaydi. Ya’ni 
u insonning kamolotga yetishida ilmu ma’rifat. san’at va amaliyot 
asosiy rol o ‘ynasa-da, nasl-nasab, ijtimoiy muhit va ijtimoiy 
turmush qommiyatlari ham katta ahamiyatga ega ekanligini 
ta’kidiaydi.
Abu Rayhon Beruniy nazarida inson kamolga yetishining eng 
muhim omillari ilm-ma’rifatli boiish va yuksak axloqlilikdir. 
Beruniy ilmiy bilishga oid, ta’lim metodlari haqidagi qarashlari 
bilan ta’lim nazariyasida o‘ziga xos maktab yaratdi.Yoshlami 
tarbiyalashda esa axloqiy mehnat tarbiyasi, nafosat tarbiyasi, oila 
tarbiyasi, insonning shaxsiy gigiyenasi, xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik, 
hamkorlik haqidagi tushunchalar katta ahamiyatga egadir. 
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, Beruniyning komil insonni 
shakllantirishga oid bu fikrlari faqat o‘z zamonasi uchun emas, 
hozirgi davr ta’lim-tarbiya ishlarini takomillashtirishda ham katta 
ahamiyatga ega. Zero, uning o‘zi ham haqiqiy komil insonga xos
376


xislatlarga ega ekanligini, hayoti va ijodiy faoliyati, yozgan asarlari 
bilan isbotlab, kelajak avlodlarga katta ma’naviy rne’ros qoldirdi. 
Beruniy «Sharq Renessansi» davri qomusiy olimlaridan bin 
sifatida nom qozondi. Beruniyning ham tabiiy, ham ijtimoiy 
fanlami qamrab olgan 150 dan ortiq yirik ilmiy asarlar yaratganligi 
ham bu fikming o‘rihli ekanligini tasdiqlaydi.
5. Abu Ali ibn Sino (980-1037)
Sharq va Ovro‘pada ma’rifat, madaniyat taraqqiyotiga katta 
hissa qo‘shganligi tufayli, “Shayx - Ur - Rais” Sharqda “Olimlar 
boshlig‘i”, Ovro'pada “Olimlar podshosi” nomi bilan mashhur 
bo‘lgan allomalardan biri o‘rta asr buyuk mutafakkiri Abu Ali ibn 
Sinodir. Ibn Sino ham boshqa zamondosh qomusiy olimlar qatori 
matematika, astronomiya, fizika, kimyo, biologiya, tibbiyot, 
dorishunoslik, ruhshunoslik, fiziologiya, falsafa, filologiya, ta’lim
— tarbiya sohalarida ijod etgan va dunyoga mashhur yirik asarlar 
meros qoldirgan olim.
Abu Ali ibn Sino 980 yilda Buxoro yaqinidagi Afshona 
qishlog‘ida kichik amaldor oilasidatug‘iladi. Uning to‘la ismi Abu 
Ali al-Husayn ibn Abdulloh ibn al-Hasan ibn Ali ibn Sinodir. Abu 
Ali uning kuniyasidir. Oti Husan, otasining ismi Abdulloh edi. 
Keyinroq uning oilasi Buxoroga ko‘chib o'tgach, u boshlang‘ich 
maktabda o ‘qiy boshlaydi. Ibn Sinoning mutoalasi zo‘r, 
melmatsevar edi. Undagi tug‘ma qobiliyat, o‘tkir zehn, kuchli 
xotira o‘zaro birikib ketgan edi. Ibn Sinoning otasi Abdulloh hamda 
uning do‘stlari bilimdon kishilar bo‘lib, ulaming ilmiy 
munozaralari o‘tadigan oilaviy muhit yosh ibn Sinoga ham ta’sir 
etadi. Shu bilan birga uning bolalik va o‘smirlik yillari o‘tgan 
Buxoro shahri somoniylar davrining yirik madaniy markazi bo‘lib 
hisoblanar edi. Buxoroda ko‘plab maktab, madrasa, kasalxona va 
nodir kitoblar saqlanadigan kutubxona bo‘lgan. Jahonning turli 
mamlakatlaridan kelgan olimlaming ilmiy munozaralarida yosh ibn 
Sino ham qatnashib, turli fanlarga oid bilimlarini chuqurlashtirib 
borgan. U ustozlaridan hind hisobi, fiqhdan bilim olgan. Keyin esa 
faylasuf Abu Abdulloh Notiliydan falsafa, mantiq, handasa va
377


boshqa fanlardan ta’lim oladi. Shundan so‘ng ibn Sino o‘zi 
mustaqil holda barcha fanlar bilan shug‘ullana boshlaydi. U 
ayniqsa tib ilmini chuqur egallab oladi, bu sohada unga ta’lim 
bergan kishi buxorolik Abu Mansur Kamariy boMdi. Ibn Sino 
so‘ngra falsafani o‘rganishga kirishadi. Ayniqsa, Aristotel 
falsafasini, uning “Metafizika” asari mohiyatini buyuk mutafakkir 
Abu Nasr Forobiyning yozgan sharhi tufayli to iiq o'zlashtirib 
oladi.Ibn Sino haqiqiy qomusiy olim sifatida o‘z davridagi 
fanlaming hammasi bilan muvaffaqiyatli shug‘ullangan va ularga 
oid ilmiy asarlar yaratgan. Turli manbalarda uning 450 dan ortiq 
asarlari qayd etilgan. Shu 242 dan 80 tasi falsafa, ilohiyot va 
tasawufga tegishli, 43 tasi tabobatga oid, 19 tasi mantiqqa, 26 tasi 
psixologiyaga, 23 tasi tibbiyot ilmiga, 7 tasi astronomiyaga, 1 tasi 
matematika, 1 tasi musiqaga, 2 tasi kimyoga, 9 tasi etikaga, 4 tasi 
adabiyotga va 8 tasi boshqa olimlar bilan boigan ilmiy 
yozishmalarga bagvishlangan. Allomadan keyingi avlodlar uning 
ilmiy asarlari boy meros bo‘lib qoldi.
Ma’lumki, ibn Sino ham boshqa mutafakkirlar kabi o‘zining 
ta’lim-tarbiyaga oid qarashlarini ijtimoiy-falsafiy qarashlari bilan 
bogiiq holda ifodalagan, maxsus risolalarda talqin etgan. 
Shuningdek, fanlarni tasnif etadi. Bunda u birinchi o‘ringa tibbiyot 
fanlarini qo‘yadi. Falsafani esa ikki guruhga, ya’ni nazariy va 
amaliy guruhlarga boiadi. Nazariy guruh kishilarni o‘zidan 
tashqaridagi borliq holati haqidagi bilimlami egallashga yoilasa, 
amaliy qism bizga bu dunyoda nimalar qilishimiz kerakligini 
o‘rgatadi deydi.
U birinchi guruhga etika, iqtisod, siyosatni kiritadi. Ikkinchi 
guruhga fizika, matematika, metafizika, dunyo qonuniyatlarini 
o‘rganuvchi barcha fanlarni kiritadi.
Abu Ali ibn Sino kamolotga erishishning birinchi mezoni 
sanalgan ma’rifatni egallashga da’vat etadi. Chunki ilm-fan insonga 
xizmat qilib, tabiat qonunlarini ochib avlodlarga yetkazishi kerak. 
Bu maqsadga yetishish uchun inson qiyinchiliklardan qo‘rqmasligi 
zarur, deydi. “Ey birodarlar! Odamlaming botiri mushkulotdan 
qo‘rqmaydi. Kamolot hosil qilishdan bosh tortgan kishi 
odamlaming eng qo‘rqog‘idir”. Zero, ma’rifatli kishi jasur,
378


o‘limdan ham qo‘rqmaydigan, faqat haqiqatni bilish uchun harakat 
qiladigan bo‘ladi, deydi u fikrini davom ettirib.Bilimsiz kishilar 
johil bo‘ladi, ular haqiqatni bila olmaydilar, deb ulami yetuk 
boimagan kishilar qatoriga qushadi. Bunday kishilardan ilmiy 
fikrlarni sir tutish kerakligini ta’kidlaydi.
U haqiqatni bilish uchun bilimga ega bo‘lish kerakligi, lekin har 
qanday bilim ham haqiqatga olib kelmasligi, inson o‘z bilimining 
haqiqiyligini bilishi uchun mantiqni ham bilishi zarurligini uqtiradi. 
Ibn Sinoning ta’lim metodlari haqidagi ta’limoti asosida ham 
bilimlami egallashda mantiqiy tafakkurga, shaxsiy kuzatish va 
tajribalarga tayanish kerak degan g‘oya yotadi.
Ibn Sino bolani maktabda o‘qitish va tarbiyalash zarurligini 
qayd etib, maktabga barcha kishilarning bolalari tortilishi va birga 
o‘qitilishi va tarbiyalanishi lozim deb, bolani uy sharoitida yakka 
o‘qitishga qarshi bo‘lgan. Bolani maktabda jamoa bo‘lib o‘qishini 
foydasi quyidagicha ifodalangan: Agar o‘quvchi birga o‘qisa u 
zerikmaydi, fanni egallashga qiziqish yuzaga keladi, bir-biridan 
qolmaslik uchun harakat, musobaqalashish istagi rivojlanadi. 
Bularning hammasi o'qishning yaxshilanishiga yordam beradi. 
o‘zaro suhbatda o‘quvchilar bir-biriga kitobdan o‘qib olganlari, 
kattalardan eshitganlarini hikoya qiladilar.Bolalar birga to'plangan- 
larida bir-birini hurmat qila boshlaydilar, do‘stlashadilar, o‘quv 
materiallarini o‘zlashtirishda bir-biriga yordamlashadilar, bir- 
biridan yaxshi odatlami qabul qiladilar.
Bilim olishda bolalami maktabda o‘qitish zarurligini qayd etar 
ekan, ta’limda quyidagi tomonlarga rioya etish zarurUgini 
ta’kidlaydi:
- bolaga bilim berishda birdaniga kitobga band qilib qo‘y- 
maslik;
- ta’ limda yengildan og‘ irga borish orqah bilim berish;
- olib boriladigan mashqlar bolalar yoshiga mos bo‘lishi;
- o‘qitishdajamoa boMib maktabda o‘qitishga e’tibor berish;
- bilim berishda bolalaming mayli, qiziqishi va qobiliyatini 
hisobga olish;
- o‘qitishni jismoniy mashqlar bilan qo‘shib olib borish.
379


Bu talabiar hozirgi davr ta’lim tamoyillariga ham mos kelishi 
bilan qimmatlidir. Yuqoridagi masalalarga o‘zining “Tadbiri 
manzil” asarida maxsus bo‘lim bag‘ishlaydi. “Bolani maktabda 
o‘qitish va tarbiyalash” (“Omo‘zish va parvarish madrasa farzand”) 
bo'limida ta’lim va tarbiya jarayonini ochib beradi. Yuqoridagi 
tamoyillar esa bolalami yengil-yelpi bilim olish emas, balki har 
tomonlama chuqur va mustahkam bilim olishiga yordam beradi.
Talabaga bilim berish o'qituvchining mas’uliyatli burchidir. 
Shunga ko‘ra ibn Sino o‘qituvchining qanday bo‘lishi kerakligi 
haqida fikr yuritar ekan, shunday yo‘l-yo‘riqlar beradi. Bular 
quyidagilardan iborat:
- bolalar bilan muomalada bosiq, jiddiy bo‘lish;
- berilayotgan bilirnning talabalar qanday o‘zlashtirib 
olayotganiga e’tibor berishi;
- ta’limda turli metod va shakllardan foydalanishi;
- talabalaming xotirasi, bilimlami egallash qobiliyati, shaxsiy 
xususiyatlarini bilishi;
- fanga qiziqtira olishi;
- berilayotgan bilimlaming eng muhimini ajratib bera olishi;
- bilimlami talabalarga tushunarli, uning yoshi, aqliy 
darajasiga mos ravishda berishi;
- har bir so‘zning bolalar hissiyotini uyg‘otish darajasida 
bo‘lishiga erishishi zarur, deydi olim.
Ibn Sino ta’limotida bilishda qaysi metodlardan foydala- 
nilmasin - u og‘zaki ifodami, bilimlami tushuntirishmi, turli 
ko‘rinishdagi suhbatmi, tajribalarmi, baribir talabada haqiqiy bilim 
hosil qilish mustaqil, mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, 
olgan bilimlarini amaliyotga tadbiq eta olish qobiliyatini tarkib 
toptirish asosiy maqsad bo‘lgan.
Shu jihatdan olimning “Hay Ibn Yaqzon” asari kishilaming did
— farosatmi o‘stirishi, fikr doirasini kengaytirishi bilan ta’lim -
tarbiyada katta ahamiyatga ega. Uning nomi ham shunga ishora 
qiladi: “Hay ibn Yaqzon” (Uyg‘oq o‘g ii Tirik). Bu asar farosat ilmi 
haqida ekanligini ibn Sinoning o‘zi ham ta’kidalaydi.
Ibn Sino insonning kamolga yetishida uning axloqiy kamoloti 
muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi.
380


Tadqiqotchiiar uning falsafiy asarlarida axioqqa oiu и м
yuritganlari o‘n ikkita deb qayd etadilar.
Ibn Sino axioqqa oid asarlarini “Amaliy hikmat” (Donish- 
mandlik amaliyoti) deb ataydi. Olimning fikxicha, axloq fani 
kishilaming o‘ziga va boshqalarga nisbatan xatti-harakati 
me’yorlari va qoidalarini o‘rganadi.
Ibn Sino axloqlilikning asosini yaxshilik va yomonlik kabi ikki 
tushuncha bilan ta’riflaydi:
Dunyoda mavjud bo‘lgan jami narsalar tabiatiga ko‘ra liamolot 
sari intiladi. Kamolot sari intilishning o‘zi esa mohiyat b’tibori 
bilan yaxshilikdir...”.
Ibn Sino inson kamolotining muhim axloqiy jihatlarini ham 
tahlil etadi va har biriga ta’rif beradi: masalan, adolatni ruhiy 
lazzatning bosh mezoni sanaydi. Inson qanoat, jasurlik, idonolik 
bilan adolatga ega bo‘ladi, yomon illatlardan o ‘zini tiyib, 
yaxshilikni mustahkamlaydi, haqiqiy ruhiy lazzat oladi, deydi olim. 
Insondagi ijobiy, axloqiy xislatlarga saxiylik, chidiamlilik, 
kamtarlik, sevgi - muhabbat, mo‘’tadillik, aqllilik, ehtiyotkorlik, 
qat’iyatlilik, sadoqat, intilish, uyatchanlik, ijrochilik va bosliqalami 
kiritadi.
Qanoat va mo'tadillikni insonning hissiy quwatiga kiritadi, 
chidamlilik, aqllilikni g‘azab quwatiga, donolik, ehtiyotkorlikni 
ziyraklikka, sadoqat, uyatchanlik ijrochilik, achinish, sofdillikni 
tafovut quwatiga kiritadi.
Olim qanoatni hissiy fazilatlardan sanaydi va inson o‘zini 
ta’magirlikdan tiysa, mo‘tadiIlikka rioya qilsa, o'zida xirsning 
namoyon bolishini yengadi, inson yomon illatlami yengishda o‘z 
imkornyatlarini ongli sarf etishi lozim, deydi.
Ibn Sino har bir axloqiy xislatning ta’rifini beradi: 
mo‘tadillik - tan uchun zaruriy oziq va xulq ma’yorlariga 
to‘g‘ri kelmaydigan ishlami qilmaslik;
sahiylik - yordamga muhtoj kishilarga ko‘maklashuvchi 
insoniy quwat;
g‘azab — biror ishni bajarishda jasurlik; chidamlilik - inson o‘z 
boshiga tushgan yomonliklarga bardosh beruvchi quwat;
381


aqillilik - biror ishni bajaiishda shoshma-shoshariikdan 
saqlovchi quwat deydi. Ziyraklikni narsalar vahatto harakatlarning 
haqiqiy ma’nosini tezlik bilan tushunishga yordam beruvchi 
quwat, achinish, kishilar baxtsizlik, azob - uqubatga duchor 
bo‘lganda, ular bilan xushmuomalada bo‘luvchi insoniy quwat; 
kamtarlikka xudbin ishlar bilan shug‘ullanishdan to‘xtatuvchi kuch 
sifatida ta’rif beradi.
Ibn Sino 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin