‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə240/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

489


GLOSSARIY
Akademik lltsey 
- o'quvchilaming imkoniyatlari va qiziqish- 
larini hisobga olgan holda ulaming jadal intellektual rivojlanishi 
chuqur, sohalashtirilgan, tabaqalashtirilgan, kasbga yo‘naltirilgan 
ta’lim olishlarini ta’mmlash maqsadida davlat ta’lim standartlariga 
muvofiq o‘rta maxsus ta’lim beruvchi, yuridik maqomga ega ta’lim 
muassasasi.
Akademiya 
- kadrlar tayyorlash va bilimlaming keng sohalari 
bo‘yicha oliy va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim dasturlarini 
amalga oshirishga imkon beruvchi, yuridik maqomga ega ta’lim 
muassasasi.
Amaliy 
ishlar 
metodi 
- o‘zlashtirilgan bilimlami amaliyotda 
qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantiruvchi usul.
Anomaiiya (yunoncha — anomal) - me’yordan, umumiy qonu- 
niyatlardan chetlanish, noto‘g‘ri rivojlanish.
Anomal bolalami o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirish-
korreksion pedagogikaning asosiy tushunchasi bo‘lib, nuqsonning 
darajasi va tuzilishiga mos keladigan metod hamda vositalar 
yordamida anomal bolalami faol ijtimoiy hayot va mehnatga 
tayyorlash, ularda fuqarolik sifatlarini shakllantirish.
Axloq- 
(lotincha “moralis” - xulq-atvor ma’nosini bildiradi) - 
ijtimoiy munosabatlar hamda shaxs xatti-harakatini tartibga 
soluvchi, muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi 
zarur bo‘lgan xulq-atvor qoidalari, mezonlari yig‘indisi.
Axloqiy ong 
- shaxsga axloqiy me’yorlar va xulq-atvor qoi­
dalari to‘g‘risidagi nazariy bilimlami berish asosida hosil qili- 
nuvchi ong shakli.
Axloqiy tarbiya 
- muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va 
rioya qilinishi zarur boigan tartib, odob, o‘zaro munosabat, 
muloqot va xulq-atvor qoidalari, mezonlarini о‘quvchilar ongiga 
singdirish asosida ularda axloqiy ong, axloqiy faoliyat ko‘nikmalari 
va axloqiy madaniyatni shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik 
jarayon; ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin