jarayonini amalga oshirish, ta'lim-tarbiya
ishlarini yaxshilash,
innovatsion va axborotli texnologiyalami ta'lim jarayoniga tatbiq
etish, ilg‘or ish tajribalarini ommalashtirish, oila, jamoatchilik bilan
ta'lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni
yuzaga keltirish uni
inustahkamlash va hokazo masalalar ко‘rib chiqiladi. Kengashning
har bir a'zosi ta'lim-tarbiya ishiga oid masalani o‘z tashabbusi bilan
Kengash yig‘ilishi muhokamasiga olib chiqish huquqiga ega.
Kengash
qarari
ta'lim
muassasasi
rahbari
tomonidan
tasdiqlanganidan so‘ng kuchga kiradi va jamoaning har bir a'zosi
uchun majburiy hisoblanadi.
Pedagogik kengashga - maktab direktori (rais), o‘quv ishlari
bo‘yicha direktor o ‘rinbosari, ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha
direktor o‘rinbosarlari, maktabdagi barcha o‘qituvchilar, kutub-
xona mudiri, maktab
shifokori, ota-onalar kengashining raisi a’zo
bo‘lib kiradilar (jadvalga qarang).
Dostları ilə paylaş: