‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi


Tashkiliy — ijrochilik funksiyasi



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə232/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

Tashkiliy — ijrochilik funksiyasi.
Boshqaruv faoliyatining bar- 
cha yo‘nalishlarida o‘z ifodasini topadi. Bu fimksiyaning mohiyati 
kadrlami tanlash, ulami joyiga qo‘yish, ijrochilaming o‘zaro ta’sir 
etish tizimini shakllantirish, axborotlar to‘plash va ularga ishlov 
berish bilan bog‘liq. Bu faoliyat natijasida ma’lum bir pedagogik 
boshqaruvga xos tarkibiy tizim vujudga keladi. Uni samarali 
amalga oshirish o‘zaro ishonch va yordam, har kimga tanlash hu- 
quqini berish, faqat maqsadni emas, balki unga erishish mezonlarini 
ham belgilash, xodimlaming kasbiy imkoniyatlari va qobiliyatlarini 
to‘la namoyon etish uchun sharoitlar yaratish, tashabbuskorlikni 
rag‘batlantirish va har bir xodimning mehnatini obyektiv baholash 
bilan bog‘liq bo‘lib, jamoada sog‘lom ijtimoiy-psixologik 
muhitning vujudga kelishida o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi.
Nazorat
-
tashxis funksiyasi.
Nazorat boshqaruv jarayonida 
amalga oshiriladigan barcha fimksiyalar bilan bog‘liq bo‘ladi. 
Pedagogik tizimni boshqarish jarayonida ko‘zlangan yo‘nalishdan 
ma’lum bir ma’noda og‘ishlar ham vujudga kelishi mumkin. Aynan 
shunday vaziyatlarda yo‘l qo‘yilayotgan xatolaming sababini o‘z 
vaqtida aniqlash va tuzatish usullarini belgilashda nazoratning o‘mi 
muhim.
Tartibga solish-muvofiqlashtirish funksiyasi
pedagogik tizim- 
ning hoiatini zaruriy, belgilangan darajada ushlab turish, uni yangi
481


sifat darajasiga ko‘tarish va pedagogik jarayonda yo‘1 qo‘yilayot- 
gan xatolami tuzatish hamda ishtirokchilarning xatti-harakatlarini 
tartibga solish uchun 
xizmat
qiladi. Mazkur funksiya yordamida 
pedagogik 
tizim
subyektlarning faoliyati o‘zaro muvofiqlashtiri- 
ladi. Q‘z navbatida muvofiqlashtirish pedagogik tizimning harakat 
yo‘nalishi bilan birga barcha bo‘g‘inlaming o‘zaro uyg‘un- 
lashuvida yuqori darajadagi tezkorlikni talab etadi. Maktab rahbari 
boshqaruvda pedagogik jamoaning ilmiy-pedagogik faoliyati 
maqsadlarini aniqlaydi va shakllantiradi, rejalashtiradi, rag‘batlan- 
tirish vositalari va usullarini belgilaydi, shu jarayonlarni nazorat 
qilib boradi. Jumladan yosh pedagogning o‘zi tanlagan kasbiga 
mehr qo'yishi, o‘qituvchilik kasbining sirlarini mukammal o‘rga- 
nishi va unda o‘z kelajagiga nisbatan ishonch tuyg‘ulari rivojlani- 
shida ham maktab direktori katta ta'sir kuchiga ega shaxs hisob­
lanadi. Maktab direktori yosh o‘qituvchilaming darslarini kuza- 
tishi, tahlil qilishi, zaruriy ko‘rsatmalar berishi zarur.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin