’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat univerteti


Madaniyatshunoslik (Kulturologiya)



Yüklə 2,18 Mb.
səhifə41/90
tarix27.12.2023
ölçüsü2,18 Mb.
#200707
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   90
Ma\'naviyatshunoslik Majmua. (MEJFAK) (1)

Madaniyatshunoslik (Kulturologiya) — Ma'naviyat sohasiga aloqador yo’nalishdagi asosiy fanlardan bo’lib, jahon va mintaqa madaniyatlarini inson ma'naviy faoliyatining hosilasi bo’lmish mavjud voqelik sifatida olib o’rganish ushbu fanning asosiy mavzusi (predmeti)ni tashkil etadi.

  • Islom mintaqa madaniyati — asosan VIII — IX asrlarda shakllanib, Ispaniya va Shimoliy Afrikadan Volga bo’yi va Sharqiy Turkistongacha cho’zilgan hududdagi musulmonlar jamoasi uchun umumiy bo’lgan va deyarli XVI asr boshlarigacha nisbatan yaxlitligini saqlab kelgan madaniy-ma'naviy an'analar tizimi.

  • Milliy ma'naviyatimizning takomil bosqichlari — Millatning ma'naviy kamoloti uning butun tarixi davomida yuz beradi, u ba'zan shiddat bilan yuksalib borsa, ba'zan ma'lum darajada tanazzulga yuz tutishi, unda ba'zan asrlar kunlarga, va aksincha, kunlar asrlarga teng bo’lishi mumkin. Ma'naviy takomil jarayonining o’ziga xosligi shundaki, agar tarix hodisalari, shaxslar, voqealar o’tkinchi bo’lsa, moddiy madaniyat unsurlari vaqt o’tishi bilan yemirilsa, ma'naviyat esa yuksalib, boyib, tobora kengroq ko’lam va teranroq mazmun kasb etib boraveradi. Millatning aksariyati ma'naviy tanazzulga yuz tutgan fojeiy sharoitlarda ham milliy ma'naviyat yo’qolmaydi, ko’lam va maz-munda o’zi yetishgan kamolot bosqichini yo’qotmaydi. Milliy ma'naviyatimizning necha mingyillik takomili shartli ravishda uch yirik davrga bo’linadi: 1. Islomgacha milliy ma'naviyatimiz taraqqiyoti. 2. Islom mintaqa madaniyati doirasida milliy ma'naviyatimiz takomili. 3. Yangi davrda milliy ma'naviyatimiz ahvoli. Bu davrlar o’z qamrab olgan muddatlariga ko’ra o’zaro teng emas. Birinchi davr necha ming yilni qamrasa, ikkinchi davr 8-9 asrni o’z ichiga oladi, uchinchi davr esa bizning o’lkamiz - Turkiston uchun 5 asr chamasi davom etib, oxirgi 200 yili ko’proq fojialarga to’liq bo’ldi. Bu davrlar o’z navbatida yana qator bosqichlarga bo’linadi.

  • Eng qadimgi ma'naviyat unsurlari — islomgacha milliy ma'naviyatimiz taraqqiyotining birinchi bosqichi. Tosh asriga muvofiq keluvchi ibtidoiy jamoa davrida shakllangan ma'naviy qadriyatlar. Bu davrda hanuz yozuv ixtiro qilinmagani uchun yaxlit shakllangan alohida ma'naviyat tizimi haqida xulosa qilish qiyin.


  • Yüklə 2,18 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   90




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin