’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat univerteti



Yüklə 2,18 Mb.
səhifə46/90
tarix27.12.2023
ölçüsü2,18 Mb.
#200707
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   90
Ma\'naviyatshunoslik Majmua. (MEJFAK) (1)

Oriflik maqomi - irfoniy kamolotda "haqiqat" bosqichiga ko’tarilib, valiylik darajasiga yetish.

  • Orif — laduniy bilim egasi, Borliq haqiqatini mohiyatan anglab yetgan, o’z ruhiyatida Borliq haqiqati bilan mukammal uyg’unlik hosil qila bilgan shaxs, tasavvufda ma'naviy kamolotning oliy darajasi bo’lmish "Haqiqat" bosqichiga ko’tarilgan solik.

  • Piri murshid — Oriflik maqomiga yetishib ustozi tomonidan muridlarni mustaqil tarbiyat qilish huquqiga musharraf bo’lgan solik, muayyan tariqat silsilasida alohida halqa sohibi.

  • Ilmi laduniy (laduniy bilim) — irodasini to’liq Borliq haqiqatiga bo’ysundirgan alohida insonlar musharraf bo’ladigan, Alloh inoyati bilan erishiladigan bilim (Imom G’azzoliy uni "mukoshafa ilmi" ya'ni kashf etiladigan ilm deb ataydi). Bu ilmga noil bo’lganlar valiylik maqomiga erishgan karomatli zotlar hisoblanadi.

  • Ilohiy fayz — (1) Qur'oni karimning «Nur» surasi 35-oyatida ishora etilgan Alloh «nuri», (2) Allohning alohida inoyatiga noil bo’lgan xos insonlarga nasib qiladigan ma'naviy quvvat, (3) ilmi laduniy (mukoshafa ilmi) ba'zan shunga tenglashtiriladi.

  • Olim — o’qish-o’rganish, ustozdan ta’lim olish yo’li bilan erishi-ladigan bilim egasi, zohiriy (xoh diniy, xoh dunyoviy) ilmlarni o’zlashtirgan inson.

  • Moddiy olam — biz yashab turgan zohiriy dunyo, moddiy mavjudotlar olami.

  • Moddiy mavjudot - Zamon va makon kesishuvida muayyan o’rin egallab turgan ashyo, mavjudlik.

  • G’ayb olami — inson o’z aqli va tafakkuri, hayotiy tajribalari va maxsus uskunalar yordamida bila olmaydigan, faqat ilohiy kitoblardagi maxsus xabarlar va ishoralar orqaligina bizga malum bo’lgan voqelik. Materialistik dunyoqarashning cheklanganligi g’ayb olamini tan olmaslikda yaqqol ko’zga tashlanadi.

  • Zohir — tashqi, inson va narsa-hodisalarning ko’zga ko’rinib turgan, sezgi a'zolari bilan bilsa bo’ladigan tomoni.


  • Yüklə 2,18 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   90




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin