Nafsi mulhama — ilhomlangan nafs tarbiyasining bu darajasiga erishgan insonlar o’zgalarga beminnat yordam ko’rsatishga moyil bo’ladilar, savob uchun vaqtini, molini, mehnatini ayamaydilar.
Nafsi marziya — rozi bo’lgan nafs, Alloh taqdir etgan yaxshi-yomon ishlarga sabr qiluvchi,turmush og’irliklariga bardoshli, odamlarning noo’rin munosabatlaridan xafa bo’lib, gina qilmaydigan insonlar nafsi.
Nafsi sofiya — dunyo orzu-havaslaridan. obro'-e'tiborga intilish tamoyillaridan butkul forig’lik darajasiga erishgan nafs, oriflik maqomiga yetishgan piri murshidlar, valiylar nafsi
Nafsi komila — payg’ambarlar nafsi. Oddiy kishilar nafs tarbiyasi bilan bu darajaga yetishi qiyin, ammo komil nafs egasi bo’lishga intilish ma'naviyat nishonasidir'.
"O’simlik ruhi" - milliy ma'naviyatimiz an'analarida ruhshunoslik ilmiga oid timsol-tushuncha, barcha biologik mavjudotlar (nabotot, ya'ni o’simliklar, hayvonot va insonlar) uchun umumiy bo’lgan oziqlanish va o’sish xususiyati, "quyi olamdan" (Azizuddin Nasafiyning "Zubdat ul-haqoyiq" risolasi asosida).
"Hayvon ruhi" — milliy ma'naviyatimiz an'analarida ruhshunoslik ilmiga oid timsol-tushuncha, tirik mavjudotlar (hayvonlar va insonlar) uchun umumiy bo’lgan erkin harakatlanish va nafs (ya'ni, moddiy mayllar)ga ega bo’lish xususiyati, "quyi olamdan" (Azizuddin Nasafiyning "Zubdat ul-haqoyiq" risolasi asosida).
"Inson ruhi" — milliy ma'naviyatimiz an'analarida ruhshunoslik ilmiga oid timsol-tushuncha, barcha inson zoti uchun umumiy bo’lgan tafakkur (fikrlash, aql ishlata bilish) va nutq (fikrini erkin bayon eta bilish) xususiyati, (Azizuddin Nasafiyning "Zubdat ul-haqoyiq" risolasi asosida).
"Muqaddas ruh" — milliy ma'naviyatimiz an'analarida ruhshunoslik ilmiga oid timsol-tushuncha, haqiqiy imon egalari, payg’ambarlar va valiylar (orif insonlar) rahiyatiga aloqador g’ayb olami bilan tutashlikni anglatuvchi atama, "yuqori olamdan" (Azizuddin Nasafiyning "Zubdat ul-haqoyiq" risolasida "osmoniy farishtalar jinsidan" deb ta'riflanadi).
Axloq — har bir shaxs ma'naviyatining uning xulqida, o’zga insonlarga munosabatida aks etishi, yuzaga chiqishi. Ma'naviyat va siyosat sohalarining kesishuvida namoyon bo’ladi.