’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat univerteti



Yüklə 2,18 Mb.
səhifə53/90
tarix27.12.2023
ölçüsü2,18 Mb.
#200707
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   90
Ma\'naviyatshunoslik Majmua. (MEJFAK) (1)

"Usuli jadid" maktablari — Yangi davr ma'rifatchilari (jadidlar) ishlab chiqqan usuli savtiya, ya'ni savod chiqarishning tovush tizimi asosidagi yangicha maktablar.

  • Ruhiyat - bir tomondan, insonning moddiy tabiati bilan (shahvat, nafs, jahl-g’azab, qo’rquv), ikkinchi tomondan, ma'naviyat olami bilan (imon-e'tiqod, mehr, mas'uliyat, iroda, ilm) tutashgan murakkab voqelik bo’lib, "Ruhshunoslik" fani inson ruhiy olamini ayni shu ziddiyatli murakkablik holatida olib o’rganadi.

  • Ruhshunoslik (Psixologiya) — Ma'naviyat sohasiga aloqador fanlardan bo’lib, uning asosiy mavzusi (predmeti) inson va jamiyatning turli ruhiy holatlari va ulardagi o’zgarishlarni o’rganishdir. Bu fan, bir tomondan, juda qadim, ikkinchi tarafdan, nisbatan yosh fan. Uzoq vaqtgacha falsafiy fanlar sohasiga oid hisoblangan psixologiya fanida hozirgi zamonga kelib ruhiyatni insonning moddiy borlig’i, undagi fiziologik jarayonlar bilan bog’liq ravishda (ya'ni eksperimental — zohiriy tajribalar asosida) o’rganish yetakchi o’ringa ko’tarildi. Yevropa psixologik maktablari o’z tadqiq mavzularini inson jismi, moddiy mohiyat bilan bog’liq holda o’rganishadi. Uning tibbiyot fanlari bilan bevosita bog’liqligi ham shu sabablidir. Ammo inson ruhiyatini faqat uning sezish a'zolari va miya faoliyati bilangina bog’lab tushuntirishga urinish, ya'ni sof materialistik yondoshuv, bizning nazarimizda, bugungi kun ilmi uchun yetarli emas. Bu sohada milliy ma'naviy merosimiz an'analariga ham murojaat etish maqsadga muvofiq..

  • Nafs — milliy ma'naviyatimiz an'analariga binoan inson ruhiyatida moddiy olam ne'matlariga moyillikni ifodalovchi timsol-tushuncha. Tasavvuf tariqatlarida nafs tarbiyasiga alohida ahamiyat qaratilgan va uning turli darajalari belgilangan.

  • Jon — biologik mavjudotlar (hayvonlar va insonlar) uchun xos bo’lgan tiriklik va erkin harakatga qobillikni anglatuvchi timsol-tushuncha.

  • Ruh — ilohiy kitob (Qur'oni karim) oyatlari mazmuniga binoan Alloh tomonidan faqat insonga in'om etilgan alohida g’aybiy quvvat bo’lib, bani odamning ma'naviy kamolot kasb etish imkoniyatining asosidir.

  • Nafsi ammora — insonni tamomila o’z jiloviga olgan, har qanday og’ir gunohlarga boshlovchi tarbiyaga bo’ysunmagan, o’jar nafs. Qur'oni karimning "Yusuf" surasida eslanadi.

  • Nafsi lavvoma — gunoh ishlarga yo'1 qo’yganda vijdoni qiynala boshlagan, o’z xatolaridan afsuslanish hissi paydo bo’lgan inson nafsining holati. Qur'oni karimning "Qiyomat" surasida eslanadi.


  • Yüklə 2,18 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   90




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin