tizimlari ham vujudga keltirilishi mumkin.
Jahonning ayrim
rivojlangan mamlakatlarida ana shunday nodavlat ijtimoiy ta'm inot
tizimlarining mayjudligi va amal qilib turganligi, hozirda mustaqil
bo'lgan h am do'stlik davlatlarining b a ’zilarida ham shunday
nodavlat pensiya ta'm inoti tizimlarini barpo etilayotganligi bizning
mamlakatimizda ham kelgusida ana shunday o'zgarishlar bo‘lishi
mumkinligini istisno etm aydi1.
7.
Ijtimoiy ta 'minotni amalga oshirilishi ustidan davlat va
jamoat nazoratining o ‘matilganligi tamoyili.
Ijtimoiy ta'minotga oid mablag'lami o‘z vaqtida va to‘liq hajmda
to'lanishi, maqsadga muvofiq va to ‘g‘ri
sarflanishi, ijtimoiy
ta'm inotni amalga oshiruvchi davlat hamda jam oat organlari,
ulaming mansabdor shaxslari faoliyatining qonuniyligi ustidan
umumiy nazoratni 0 ‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari
amalga oshiradi.
— 0 ‘zbekiston Respublikasining „Prokuratura to ‘g‘risida“gi
qonunining 4-moddasiga muvofiq: „Vazirliklar, davlat qo‘mitalari,
idoralar, fuqarolarning o‘zini o ‘zi boshqarish organlari, jamoat
birlashmalari,
korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, hokimlar va
boshqa mansabdor shaxslar tomonidan qonunlarning ijro etilishi
ustidan nazorat qilish;
— fuqaroning huquq hamda erkinliklarini ta'minlashga qara-
tilgan qonunlar ijrosi ustidan nazorat qilish“2
prokuratura organ-
lari faoliyati yo‘nalishlaridan sanaladi.
Prokuratura organlari tomonidan amalga oshiriladigan nazorat
shakllari, usullari va vositalari yuqorida eslatilgan „Prokuratura
to‘g‘risida“gi qonunda nazarda tutilgan.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi nazorat
qilish funksiyasini amalga oshirish mexanizmlari idoraviy me'yoriy
hujjatlar bilan belgilab qo‘yiladi.
1 Jumladan, keyingi yitlarda nodavlat manbalaridan ijtimoiy ta'minlashga
qaratilgan bir qator qonunlar qabul qilinganligi ko'rsatib o'tilmog'i lozim.
Masalan, „Fuqarolaming jamg'arib boriladigan pensiya ta'minoti to‘g‘risida‘'gi
O'zbekiston Respublikasi 02.12.2004-yil 2-dekabrdagi qonuni / / 0 ‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi 2005-y. 1-son, 6-modda; „Homiylik
to'g'risida" 0 ‘zbekiston Respublikasining 02.05.2007-yil 2-maydagi Qonuni / /
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y.
5-son, 218-modda
2 Q a ra n g : 0 ‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami. 2001-yil,
20-son, 139-modda.
12
www.ziyouz.com kutubxonasi
Ijtim oiy ta 'm in o tn in g to ‘g‘ri am alga oshirilishi ustidan
ta'sirchan va samarali nazorat o'm atilishi bu sohada qonuniylikni
ta'm inlash, mablag'larni o ‘z egalariga yetib borishini ta'm in-
lashning asosiy kafolatlaridan sanaladi.
0 ‘zbekiston Respublikasi insonparvar
dem okratik huquqiy
davlat, fuqarolik jamiyati barpo etar ekan, xalqaro huquqning
um um e'tirof etgan qoidalari ustunligini tan oladi va fuqarolarga
jah o n standartlari darajasida m oddiy-ijtim oiy turm ush sharoiti
va darajasini ta'm inlab berishga, har bir shaxsning huquqlari,
erkinliklari va qonuniy manfaatlari kafolatlanishi
uchun kerakli
chora-tadbirlar ko'radi.
Keksayib, mehnatga bo'lgan layoqatini yo‘qotganda, boquv-
chisidan judo bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan tegishli
hollarda moddiy jihatdan ta'm inlanish, ijtimoiy qo‘llab-quvvat-
lanish huquqiga bo‘!gan egalik inson huquqlari orasida muhim
o'rin tutadi. Bu huquqlar hamda ularning ta'm inlab berilishi
haqida universal va mintaqaviy xalqaro tashkilotlaming xalqaro
hujjatlarida belgilab qo ‘yilgan, bu huquqlami ta'm inlab berish
majburiyati xalqaro hamjamiyat a ’zosi bo‘lgan
har bir davlat
zimmasiga muhim majburiyat sifatida yuklatib qo'yilgandir.
Fuqarolarning ijtimoiy ta'm in o t huquqini olish, ijtimoiy
himoyadan foydalanishning asosiy tamoyillari eng aw alo, Birlash-
gan M illatlar Tashkilotining inson huquqlariga oid universal
hujjatlarida, Xalqaro m ehnat tashkiloti Konvensiya va Tavsiya-
larida, boshqa mintaqaviy
xalqaro tashkilotlar, shu jum iadan,
Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi doirasida qabul qilingan Bitimlar
va Ahdlashuvlarda o ‘z ifodasini topgan.
Bunda BMTning umumbashariy tusdagi universal hujjatlari
yetakchi o'rinda turishi e'tiborimiz markazida bo‘lmog‘i lozim.
KALIT SO'ZLAR.
Ijtimoiy ta'minot tamoyillari. Ijtimoiy muhofazaning
manzilliligi. Ijtimoiy ta'minotning umuminsoniy tamoyillari. Ijtimoiy
ta'minot va ijtimoiy himoya sohasidagi xalqaro standartlar. Inson huquqlari
umumjahon deklaratsiyasi. Ijtimoiy ta'minotning
umumiyligi Ijtimoiy
ta'minlashda kamsitilishga yo‘l qo'yilmasligi. Ijtimoiy himoyaning aniq
yo'naltirilganligi. Ijtimoiy himoyaning yetarli darajada bo'lishi va xilma-xil
shakllarda amalga oshirilishi. Ijtimoiy himoyalashda nodavlat tuzilmalarining
faol ishtirok etishi.
13
www.ziyouz.com kutubxonasi