organlari, xususan, Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari
Pensiya jam g‘armasi va uning joylardagi organlari tom onidan
amalga oshiriladi. Shu sababli, moliya huquqi va ijtimoiy ta ’minot
huquqi umumiy metodlar hamda vositalardan foydalangan holda
ish ko'radilar.
Ijtimoiy ta 'minot huquqi
—
fuqarolik huquqi, oila huquqi
kabi
fan sohalari bilan ham bogMiq boMib, ulaming tushunchalari,
huquqiy vositalaridan keng foydalanadi. „Jism oniy shaxs“ ,
„yuridik shaxs“ , „huquq va muomala layoqati” , „oila“ , „yaqin
qarindoshlik", „zarar yetkazish“ kabi ko‘pgina tushunchalar
ijtimoiy ta'm inot munosabatlarida ham qoMlanilib kelinadi.
„Ijtimoiy ta'm in o t huquqi“ fani
davlat huquqi, ma'muriy
huquq, jinoyat huquqi, fuqarolik protsessi
kabi boshqa bir qator
huquqiy fanlar bilan ham o'zaro aloqadordir.
Fanlar integratsiyalashuvi, fan va texnologiya yutuqlarining
amaliyotda keng joriy qilinishi, axborot texnologiyalarining ijti-
moiy hayotimizga tobora ko‘proq kirib kelayotgani fanlar o ‘rta-
sidagi yaqinlik va o‘zaro yaqinlashuvni yana ham kuchaytirishi
shubhasizdir.
KALIT SO'ZLAR.
Ijtimoiy ta'minot olish huquqi, ijtimoiy ta'minot,
„ijtimoiy muhofaza“, davlat ijtimoiy himoya siyosati, ehtiyojmand
fuqarolar, ijtimoiy ta'minotga oid qonunchilik tizimi, yalpisiga ijtimoiy
himoyalash, manzilli (aniq yo‘naltirilgan) ijtimoiy himoya.
Dostları ilə paylaş: