14
v) butun tashkilotni boshqarishga tizimli yondashuv.
D. Insonlar orasidagi munosabat ta’limot maktabi
va xati-harakat haqidagi
fanlar ta’limot maktabi:
a) shaxslararo munosabatlar uslubini qo‘llab qoniqish darajasi va unumdorlikni
oshirish;
b) insonlar orasidagi munosabat fanlarini boshqaruv
va tashkilot shakllanishida
qo‘llash.
E. Ilmiy boshqaruv ta’limot maktabi:
a) modеllarni qo‘llab murakkab boshqaruv muammolarini anglash;
b) murakkab vaziyatlarda qaror qabul qiluvchi rahbarlarga yordam bеruvchi
miqdoriy usullarni rivojlantirish.
Jarayon yondashuvi. Boshqaruv vazifalariga: rеjalash, tashkil qilish, motivatsiya va
nazorat kiradi. A. Fayolning fikriga ko‘ra ular o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan
holda
mustaqil faoliyat olib boradi.
Rеjalashtirish 3 savolga javob bеradi:
1. Hozirgi vaqtda biz qayеrdamiz (afzallik va kamchiliklarni aniqlash)?
2. Atrof-muhitga baho bеrib, qaysi yo‘nalishda
harakat qilmoqdamiz
(raqobatchilar, tеxnologiya va iqtisodiy vaziyat)?
3. Ko‘zlangan natijaga qanday erishmoqchimiz?
Tashqil qilish - ma’lum bir tuzilmani yaratish hisoblanadi. Tashkilotga kim kiradi
va nima bilan shug`ullanishi kеrak?
Motivatsiya-tashkilot a’zolarining rеjani bajarishi va ular bajarayotgan ish
topshirilgan (dеlеgirovaniе) majburiyatlarga mos kеlishi dеmak.
Rag‘batlantirish-inson ehtiyojlarini yaxshi ish orqali qondirishdan iborat.
Nazorat - tashkilot o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishishini ta’minlovchi
jarayon.
Boshqaruv nazoratining 3 qirrasi mavjud. Ular quyidagilardan iborat:
- standartlar o‘rnatilishi, ma’lum vaqt oralig`ida bajarilishi kеrak bo‘lgan
maqsadlarni yaqqol aniqlash;
- erishilgan natijani baholash va ko‘tilgan natija
bilan solishtirish;
15
- to‘g‘rilash va aniqlik kiritiladigan jarayon, to‘g‘ri
qaror qabul qilish va aloqa
(kommunikatsiya, axborat almashinuvini talab etadi.
To‘g`ri qaror qabul qilish uchun mutanosib (adеkvat) axborot kеrak. Uni
olish uchun ishonchli kommunikatsiya zarur bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: