Ўзбекистон республикаси соғЛИҚНИ


Fanning maqsad va vazifalari



Yüklə 333,65 Kb.
səhifə2/20
tarix07.01.2024
ölçüsü333,65 Kb.
#202938
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

Fanning maqsad va vazifalari

Farmatsetik ishlab chiqarish korxonalarida ishlatiladigan issiqlik va elektr qurilmalari va jarayonlarning tasnifi, texnik termodinamika, issiqlik va modda almashinish jarayonlarining asoslari va issiq yoqilg‘ilarning yonish nazariyasi o‘rganiladi va turli jarayonlarda ularning hisoblash usullari, fan tarixi va rivojlanishining tendensiyasi, istiqboli hamda respublikamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy isloxotlar natijalari va xududiy muammolarning farmatsevtika va texnologiya sohasida ishlatiladigan energetik vositalari istiqboliga ta’siri masalalarini qamraydi.


Talabalar kimyo farmatsevtika sanoatida ishlatiladigan issiqlik va elektrik mashinalari, qurilmalari va agregatlari yordamida issiqlik energiyasi hosil qilish, uni boshqa turdagi energiyaga aylantirib berish, taqsimlash, uzatish usullarini nazariyasi va amaliy tomonlari, yoqilg‘ilar yonish nazariyasi haqida fundamental bilimlarni olish, energetik moslamalarni hisoblash asoslari va ularni muayyan sharoitlarga mos holda tanlash usullari bilan tanishtirishdir.
Bu fan talabalarni mustaqil ijodiy fikrlashga, energo-texnologik tizimlarni taxlil qilish, olingan natijalarni amalda qo‘llashga, jarayonlarga dialektik nuqtai nazardan yondashishga undaydi.


Fan bo’yicha talabaning malakasiga qo’yiladigan talablar

Elektrotexnika va energotexnologiya fanni o‘zlashtirish jarayonida bakalavr:



  • elektr zanjirlari va ularning elementlari;

  • nochiziqli elektr, elektron va magnitli zanjirlar;

  • tranzistorlar va ular asosidagi sxemalar;

  • elektr mashinalari va elektryuritma asoslari;

  • ochiq sistemalar uchun termodinamika qonunlari, ochiq sistemalarda asosiy jarayonlarning tahlili, energetik qurilmalar va issiqlik yuritgichlari, sanoat pechlari, turbinalar va kompressorlar, yuqori temperaturali issiqlik chiqaruvchi va undan foydalanuvchi qurilmalar, doimiy tok elektr zanjirlari, o‘zgaruvchan tokning chiziqli bir fazali elektr zanjirlari, sinusoidal tokning uch fazali elektr zanjirlari haqida tasavvurga ega bo‘lishi;

  • raqamli elektronikaning arifmetik va mantiqiy asoslarini;

  • avtomatlashtirilgan elektroyuritmalar, yuklash diagrammalari va ularning quvvatini tanlash usullarini;

  • raqamli dasturli boshqariladigan stanoklarning elektroyuritmalarini;

  • issiqlikni ishga aylantiruvchi siklik jarayonlarni, issiqlik-kuch qurilmalarini, sovutish mashinalari va ularning xisobini, sovituvchi agentlar va ularga qo‘yiladigan talablarni, issiqlik nasoslarini, muvozanatsiz jarayonlar termodinomikasi asoslarini, sanoat elektronikasi asoslarini bilishi va ulardan foydalana olishi;

  • elektr zanjirlarini modellash;

  • chiziqli tok elektr zanjirlarini hisoblash va tahlil qilish;

elektromexanik tizimlar va boshqa fizikaviy tabiatlar (mexanik tizimlar)ning elektr modellarini tuzish energiya bilan ta’minlash; issiqlik, atom va boshqa turdagi elektrostansiyalarni tahlil qilish, quritish qurilmalari bilan ishlash, ikkilamchi energetik resurslardan foydalanish; bioenergetika, energiyani olishning biologik manbalaridan oqilona foydalanish; an’anaviy va noan’anaviy energiya manbalarini qidirib topish; elektr asboblari, elektrik o‘lchashlar, elektr jihozlari; transformatorlar, elektr mashinalarida harakatga keltiruvchi qismlarini ishga tushirish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.



Yüklə 333,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin