5. Sobiq sovet psixologiyasida shaxs ta'rifi
Umumiy psixologiya fanida shaxsning shakllanishi va rivojlanishi
qonuniyatlari hamda ularning mexanizmlari tadqiq etiladi. Bu borada psixologlar
tomonidan shaxsga nisbatan turlicha ta'rif berilgan va uning tuzilishini o’ziga xos
tarzda tasavvur qilishgan. quyida mualliflarning ayrimlariga qisqacha to’xtalib
o’tamiz.
A.G.Kovalevning fikricha, shaxs - bu ijtimoiy munosabatlarning ham
ob'ekti, ham sub'ektidir. A.N.Leontev ushbu masalaga boshqacharoq yondashib,
unga shunday ta'rif beradi: shaxs - bu faoliyat sub'ektidir. K.K.Platonovning
talqiniga binoan: jamiyatda o’z rolini anglovchi, ishga layoqatli, yaroqli a'zosi
shaxs deyiladi. Bu muammo moshiyatini chuqurroq ochishga harakat qilgan
https://t.me/profayling_uz
S.L.Rubinshteyn ta'rificha, shaxs - bu tashqi ta'sirlar yo’nalishini o’zgartiruvchi
ichki hart-haroitlar majmuasidir.
Psixologiya fanida bir-biriga yaqin, lekin ayniyat bo’lmagan tushunchalar
qo’llanilib kelinadi, chunonchi: odam, shaxs, individuallik. Ularning moshiyatini
aniqroq izoshlab berish uchun har birining psixologik tabiatini tashlil qilish
maqsadga muvofiq.
1. Odam: sut emizuvchilar sinfiga dashldorlik, biologik jonzod ekanligi
odamning o’ziga xos xususiyatidir. Tik yurishlik, qo’llarning mehnat faoliyatiga
moslashganligi, yuksak taraqqiy etgan miyaga egaligi, sut emizuvchilar tasnifiga
kirishi uning o’ziga xos tomonlarini aks ettiradi.
Ijtimoiy jonzod sifatida odam ong bilan qurollanganligi tufayli borliqni ongli
aks ettirish qobiliyatidan tashqari o’z qiziqishlari va eshtiyojlariga mutanosib
tarzda uni o’zgartirish imkoniyatiga ham egadir.
2. Shaxs. Mehnat tufayli shayvonot olamidan ajralib chiqqan va jamiyatda
rivojlanuvchi, til yordami bilan, boshqa kishilar bilan muloqot (muomala) ga
kirishuvchi odam shaxsga aylanadi. Ijtimoiy moshiyati shaxsning asosiy tavsifi
shisoblanadi.
3. Individuallik. Har qaysi inson betakror o’ziga xos xususiyatlarga ega.
Shaxsning o’ziga xos qirralarining mujassamlashuvi individuallikni vujudga
keltiradi. Individual shaxsning intellektual, emosional va irodaviy sohalarida
namoyon bo’ladi.
Sobiq sovet psixologiyasida eng ko’p tarqalgan shaxsning tuzilishiga oid
materiallar bilan qisqacha tanishib o’tamiz.
S.L.Rubinshteyn bo’yicha shaxs quyidagi tuzilishga ega:
1. Yo’nalganlik - eshtiyojlar, qiziqishlar, ideallar, e'tiqodlar, faoliyat va xulqning
ustuvor motivlari hamda dunyoqarashlarda ifodalanadi.
2. Bilimlar, ko’nikmalar, malakalar - shayot va faoliyat jarayonida egallanadi.
3. Individual tipologik xususiyatlar - temprament, xarakter, qobiliyatlarda aks
etadi.
K.K.Platonov ta'limotiga ko’ra, shaxs tuzilishi quyidagi shaklga ega:
I. Yo’nalganlik osttuzilishi - shaxsning axloqiy qiyofasi va munosabatlarini
birlashtiradi. Undan harakatchanlik, barqarorlik, jadallik, ko’lam (shajm)
darajalarini farqlash lozim.
II. Ijtimoiy tajriba osttuzilishi - Ta'lim vositasida, shaxsiy tajribada
egallangan bilimlar, ko’nikmalar va odatlarni qamrab oladi.
III. Psixologik aks ettirish shakllari osttuzilishi - Ijtimoiy turmush jarayonida
shakllanuvchi bilish jarayonlarining individual
xususiyatlari.
IV. Biologik hartlangan ost tuzilish.
Miya morfologik va fiziologik xususiyatlariga muayyan darajada bog’liq
bo’lgan patologik o’zgarishlarni, shaxsning yosh, jins xususiyatlarini va uning
tipologik xosiyatlarini birlashtiradi.
A.G.Kovalev talqiniga binoan, shaxs mana bunday tuzilishga ega:
1. Yo’nalganlik - voqelikka nisbatan inson munosabatini aniqlaydi, unga o’zaro
ta'sir etuvchi har xil xususiyatli g’oyaviy va amaliy ustanovkalar, qiziqishlar,
https://t.me/profayling_uz
eshtiyojlar kiradi. Ustuvor yo’nalganlik shaxsning barcha psixik faoliyatini
belgilaydi.
2. Imkoniyatlar - faoliyatning muvaffaqiyatli amalga oshishini ta'minlovchi tizim.
o’zaro ta'sir etuvchi va o’zaro bog’liq bo’lgan turlicha qobiliyatlar.
3. Xarakter. Ijtimoiy mushitda shaxsning xulq-atvor uslubini aniqlaydi. Odamning
ruhiy shayoti shakli va mazmuni unda namoyon bo’ladi. Xarakter tizimidan
irodaviy va ma'naviy sifatlar ajratiladi.
4. Mashqlar tizimi. Shayot va faoliyat, harakat va xulq-atvorni tuzatish
(korreksiyalash), o’zini o’zi nazorat qilish, o’zini o’zi boshqarishni ta'minlaydi.
5. Shaxsning psixologik tuzilishi modellari tashlili Psixologiya fanida sistemali
yondashuvga oid tadqiqotlarning ko’rsatishiga qaraganda, har qaysi tizimning
tavsifi sifatida uning tuzilishi qabul qilinadi. Odatda, ya'ni struktura - bu ob'ektning
bir qator tarkiblari o’rtasidagi uning yaxlitligi, o’ziga o’zining ayniyatlashuvini
ta'minlovchi barqaror ichki aloqalar majmuasidir.
Biz shaxs strukturasi, ya'ni tuzilishi muammosini bayon, talqin qilishda
tayanch va jabsha, komponent tushuncha tariqasida yaxlit tuzilishning nisbiy
mustaqil
qismidan,
tashlilning
birligi
sifatida
element
tushunchasidan
(atamasidan), har qanday kontekstlardan yaxlitlik xususiyatini aks ettirmasa ham
ulardan foydalanamiz. Bunday tafovut (farq) shaxs xususiyatlarini yaxlit holda
mukammal ochish uchun tarkibiy tizimli va elementli tizimli darajalarini namoyon
etish uchun mutlaqo zarur.
Shaxsning tuzilishi to’g’risidagi muammo o’zining dolzarbligi bilan fanning
tadqiqot doirasidan, predmetidan tashqari chiqadi. Shaxs tuzilishiga oid ilmiy
tasavvurlarning yaratilishi, ishlab chiqilishi yaxlit nazariyaning zaruriy harti
shisoblanib, insonning ijtimoiy moshiyatini qirralarini ochish imkoniyatiga egadir.
Xuddi shu boisdan psixologiyaga falsafa, pedagogika, tibbiyot singari fanlarning
namoyandalari tomonidan uni mushokama qilish namoyon bo’layotganligi tufayli
unga qiziqishning yuksakligidan dalolat bermoqda.
Psixologiya fani shaxs strukturasining modelini yaratishga boshqa fanlardan
izchilroq kirishadi, uning tabiatini aks ettirish imkoniyatiga erishadi, natijada u
psixologiya muammolari majmuasida markaziy o’rin egalladi. Psixologiya olimlari
tomonidan tadqiqot qilinayotgan dolzarb muammolar bilan shaxs tuzilishiga oid
masala u yoki bu jabshasi orqali uzviy bog’likka ega. Bu kontekstda xulq
motivasiyasi, shaxsning tipologiyasini ishlab chiqish, shaxsga ta'sir o’tkazishning
samarali yo’l-yo’riqlarini qidirishni eslatib o’tishning o’zi kifoya.
Psixologiya fanida shaxsga strukturaviy yondashish bo’yicha eng salmoqli
ilmiy izlanishlar amalga oshirilganligi qonuniy holat bo’lib, xilma-xil shaxs
strukturasining modeli yaratilganligi fikrimizning yorqin dalilidir. Bu borada
B.G.Ananevning fikricha, psixologik hodisalarni aql (intellekt), shissiyot
(emosiya) va irodaga ajratilish... inson psixologiyasida strukturaviy yondashish
tajribasining dastlabki ko’rinishi bo’lib, uning shaqchilligi ko’pgina psixologlar
tomonidan tan olinishidir. B.G.Ananev strukturaviy yondashishning boshqa
variantlari tariqasida turlicha psixik hodisalar bilan qarama-qarshi aloqalarning
e'tirof etilishi - psixik aktlarning psixik funksiyalar, ongning ongsizlik,
tendensiyalarning potensiyalar bilan uyg’unligini ta'kidlaydi. L.S.Vigotskiyning
https://t.me/profayling_uz
mulohazasiga ko’ra, insonning psixik funksiyalarini yuksak, madaniy, quyi, tabiiy
turlarga ajratishni kiritish mumkin, chunki ularning negizida ta'lim bilan insonning
oliy nerv faoliyatida birinchi va ikkinchi signallar sistemasining o’zaro ta'sirining
ifodalanishi yotadi.
Hozirgi
davrda
psixologiya
fanida
psixologik
hodisalarni
psixik
jarayonlarga, holatlarga, shaxsning xususiyatlariga ajratish qabul qilinganligi
muhim ahamiyatga ega. Bunday yondashuvning mavjudligi B.G.Ananev
tomonidan strukturaviy konsepsiyaning bir tajribasi sifatida qaraladi. Bu voqelik
"hodisalarni bir qator jabshalari bilan to’ldirishga intilish psixofiziologik xususiyat
kasb etib, psixik jarayonlar uchun dastlabki materiallarni to’plash imkoniyatini
(idrok, tafakkur, emosiya, iroda) beradi". Uning fikricha, dastlabki materiallar, bir
tomondan, psixik funksiyalar (sensor, mnemik), xulqning, ikkinchi tomondan,
elementar, motivlari (eshtiyoj, ustanovka) shisoblanadi. Olimning mulohazasicha,
bu qo’shimchalar "genetik ma'no kasb etib, fiziologiyadan miya mexanizmlarini
umumpsixologik va neyrogumoral regulyatorlarini qamrab olish psixologiyaga
o’tishga imkon beradi". Lekin ushbu strukturaviy yondashuvning maxsus
psixologik deb qarashdan qat'i nazar, Hozirgi zamon sintetik insonshunosligi
uchun umumiy ahamiyatli jishatni yuksaklikka ko’tarishga qodir emas.
Yuqorida ta'kidlab o’tilgan psixik hodisalarning turli ko’rinishlarini
fenomenlarga ajratishning qonuniyligi bo’yicha bashs yuritmasdan turib, jumladan
jarayonlarga, holatlarga, xususiyatlarga bo’linishdan ko’z yumib, ushbu
kategoriyalar, ularning turlicha talqini shaxs strukturasining tarkibiy qismlariga
tenglashtirish mumkin emasligini qayd etish zarur. Chunki ular sof psixologik
asnoda vaqt va fazo o’lchami bo’yicha aniqlikka ega emasdirlar. Shuning uchun
B.G.Ananev tomonidan kiritilgan ilmiy qo’shimchalar umumpsixologik vaziyatni
keskin o’zgartirish imkoniyatiga ega bo’lmasa-da, uning ayrim tomonlarni
to’ldirishga ega.
Shaxs tuzilishining modelini ishlab chiqishdagi muhim qiyinchiliklarning
eng asosiy sababi har xil nuqtai nazarlar mavjudligida yorqin namoyon bo’ladi,
ular "shaxsning tuzilishiga ko’ra, substansional va ideal, irsiy va egallaganlik,
ijtimoiy va psixologik, somatik va psixologik tomonlariga ega" (V.M.Banshikov).
Mulohazadan ko’rinib turibdiki, bunda shaxsning "substansional tomoni" ni irsiy,
turmushda egallaganlik, somatik jabshalar bilan taqqoslaganda mustaqil
strukturaviy tarkib sifatida aloshida reallikka ega emas. Bunday talqin biron bir
psixologik hodisani turlicha nuqtai nazardan izoshlash bilan bog’liq bo’lib,
yakkashol, ya'ni individual voqelik (reallik) ustida gap borayotganligini bildiradi.
Psixologiya fanida qo’llanilib kelinayotgan va nisbatan barqarorlashgan
shaxsni yo’nalganlikka, temperamentga, xarakter va qobiliyatlarga bo’lish etarli
darajada keskin e'tirozlarga sabab bo’layotgani yo’q. Shuning uchun ko’pgina
psixologlar
umumiy
tizimning
majmuasini
tashkil
qiluvchi
murakkab
xususiyatlarning tuzilishi sifatida qaraydilar va shaxsning yaxlit tavsifini
ifodalaydi, deb tushunadilar. A.G.Kovalevning fikricha, temperament tabiiy (irsiy)
xususiyatlarning tizimini bildirib keladi, yo’nalganlik - eshtiyoj, qiziqish, ideallar
tizimi, qobiliyatlar - intellektual, irodaviy va emosional xislatlar ansambli, xarakter
- xulq-atvor usullarining va munosabatlarining sintezidir.
https://t.me/profayling_uz
Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, shaxsning murakkab tuzilishga ega
bo’lgan ko’p qirrali xususiyatlari, fazilatlari, xislatlari o’zaro bir-birlarining ichiga
singib ketganligi natijasida tabiiy, emosional, eshtiyojlar, munosabatlar, xulq-atvor
usullari to’g’risidagi mulohazalar umumlashmalar umumlashmasidir. Chunki
qiziqishlar va ideallarni intellektual, emosional, irodaviy xususiyatlarisiz tasavvur
qilish mumkin bo’lmaganiday, munosabatlar va xulq-atvor usullari ham aloshida
shukm surishi g’ayritabiiy holatdir.
B.D.Pariginning fikricha, shaxsning statik tuzilishga quyidagilar kiradi:
1) umuminsoniy psixologik xususiyatlar;
2) milliy, kasbiy, iqtisodiy, siyosiy, sinfiy birlikka aloqador ijtimoiy o’ziga xos
xususiyatlar;
3) shaxsning individual betakror xususiyatlari. Bizningcha, olim tomonidan
ta'kidlab o’tilgan xususiyatlarning har qaysisi shaxs psixikasida mavjud bo’lib, ular
aloshida xislatlar guruhi ko’rinishiga ega emasdirlar.
Yuqorida tashlil qilingan modellarning shech qaysisi sistemali yondashuv
doirasidagi Hozirgi zamon shaxs strukturasi to’g’risidagi modelga mos kelmas edi.
Ushbu modellarning tarkib (jabsha) larida nisbiy mustaqil birlik xususiyati aks
topmaganligi tufayli bir vaziyatda ular o’zaro tobe elementlarga, ikkinchi
hodisalarda esa takroriy xislatlar ko’rinishiga o’xshab ketadi. Shuningdek, shaxs
tuzilishi umuman muayyan nazariy yoki amaliy ahamiyatga tomon (jabsha) lari
bilan ajralib turmaydi. Shuning uchun ta'kidlangan shech bir model psixologik
moshiyatini o’zida aks ettiruvchi, jamiyat a'zosi sifatidagi insonning tipiklik va
individuallik qiyofalarini tashlil qilishni ta'minlay olmaydi.
Uzoq chet el psixologlarining shaxs tuzilishining moshiyatini ochib berishga
qaratilgan ko’pgina yondashuvlari ham yuksak ko’rsatkichlarga erishmaganligi
tufayli bu masalani yoritish uchun keskin o’zgarish kiritilmadi. G.Ollport,
G.Myurrey, R.Linton, K.Rodjers, A.Maslou va boshqa olimlarning yaqqol
shaxsning psixologik moshiyatini tushunchalar tizimi yordami bilan xaspo’shlashi
ijobiy izlanish tarzida o’ziga tortadi, lekin unda shaxs "kundalik turmuhimizda biz
bilgan shaxsning aynan timsolidir" deb ta'riflanadi.
Mazkur ijobiy ezgu niyatlarni amaliyotda qaror toptirishga shaxsning tizimi
tashkiliy tomonini basholay olmaslik va ichki omillar rolini bir tomonlama orttirish
holati to’sqinlik qiladi. Jumladan, R.Linton shaxs tuzilishini "individuumga
aloqador psixik holatlar va hodisalar tashkiliy agregati" deb talqin qilishni taklif
qiladi, buning natijasida ularning shunchaki yig’indisi yuzaga keladi, xolos.
Taniqli AqSh psixologi G.Ollportning fikricha, shaxs "ichki tizim",
"dinamik qurilma", "Men", "qandaydir metapsixologik Men" o’zida oldindan
maqsad va dispozisiyani aks ettiruvchi, inson tafakkuri va xulq-atvorida mutanosib
ravishda qaror toptiruvchi jonzotdir". Xuddi shu boisdan shaxsning sinfiy-tarixiy
jishatdan yaqqol basholanishi ochilmay qoladi, ijtimoiy tashlil o’rnini psixologik
talqin egallaydi chamamda.
Psixologlardan T.Parsons, G.Mid va boshqalar "shaxsning rolli tuzilishi"
nomli konsepsiyani ishlab chiqib, odamning yaxlit sub'ektiv dunyosini, uning
psixologik qiyofasini diqqat markazidan, idrok maydonidan chetda qoldiradilar.
https://t.me/profayling_uz
Shunga qaramasdan, sobiq sovet faylasuflari va psixologlari shaxsning
strukturasiga biryoqlama yondashishga barham berishga intildilar, uning jamiyatda
bajaradigan rolini adolatli bashslab, ijtimoiy, ijtimoiy-psixologik, psixologik
tizimlarda rolning turli kontekstda maqsadga muvofiq bajarilishini ko’rsatib
o’tdilar.
Bu
kontekstdagi
asosiy
yoki
bosh
muammo
rollarni
internalizasiyalashning yaqqol psixologik mexanizmlari, ular bilan bog’liq bo’lgan
normalari, rollar o’rtasidagi psixologik farqlar, shaxs tuzilishida mustashkam joy
olgan, unga nisbatan tashqi omillar; qo’zg’atuvchilar tarzida saqlanuvchilar
shisoblanadi.
Chet el psixologiyasida olimlar diqqatini keyingi yillarda shaxs modelining
psixologik omillari tortmoqda, ularning asosiy variantlari G.Ayzenk, R.Kettell
konsepsiyalari bilan bevosita bog’liqdir. Mazkur konsepsiyalar ko’p yoki oz
miqdordagi "omillar" (Ayzenkda ular 2-3 ta, Kettellda esa 20 tadan ziyod) ga
asoslangan bo’lib, ular muayyan darajada umumlashgan individuallikning yoki
shaxs qiyofasini ifodalovchi, psixologik xususiyatlarni aks ettiruvchi ruhiy tizimni
qayd qilishga suyanadi. Ammo tub ma'nodagi shaxsning psixologik konsepsiyasi
ham individuallik qiyofalarini shaqiqiy ijtimoiy-psixologik moshiyatini ochish
imkoniyatiga ega emas, chunki xususiyatlarning qonuniy ravishdagi o’zaro
aloqalari tavsif qilinmay qolingan.
Ta'kidlangan paradoks sistemasi yondashuv pozisiyasi orqali izoshlanishi
mumkin, lekin yaxlit tizimning tavsifisiz ayrim komponentlarning mazmundor
tasnifini amalga oshirish imkoniyati yo’q. Darshaqiqat shuning uchun "insonning
ijtimoiy-psixologik xususiyatlari yoki aloshida psixologik tizimdan kelib chiqqan
holda majmua" deb atashga suyanib ish yuritish orqali shech qanday "shaxs
tuzilishi" ni yaratib bo’lmaydi.
Shaxsning dinamik tuzilishidagi modellari sobiq sovet psixologlari taxmin
qilgan qiyinchiliklarning oldini olish mazmunida ifodalangan.
B.D.Pariginning qat'iy asoslanib aytishiga ko’ra, shaxsning dinamik
strukturasining yetakchi (farqlanuvchi) alomati yaqqol vaqt oralig’iga bog’liqligi,
shaxs faoliyati yoki psixikaning muayyan holatiga aloqadorligidir. Shaxsning
dinamik strukturasining ikki asosiy jabshaga taalluqligiga, ya'ni psixik holatlarga
va xulqqa ishora qilgan B.D.Pariginning mulohazasicha, shaxsning kayfiyati yoki
psixologik jishatdan o’zining tayyorgarlik xislati yuksak ahamiyatli yangilanishdir.
Olimning talqiniga ko’ra, psixologik tayyorgarlik - bu integral strukturaviy
tuzilmadan iborat bo’lib, muayyan vaqt oralig’ida inson psixikasining jismli
yo’nalganlik darajasi va tonalligini tavsiflaydi. Psixologik tayyorgarlik o’zining
tuzilishi bo’yicha uch xil jabshani qamrab oladi (konstantli, dolzarbli, vaziyatli) va
faoliyatda muhim funksiyalarni bajaradi. a) muayyan vaqt birligida individ
tomonidan qayta ishlanuvchi va idrok qilinuvchi barcha joriy axborotlarning
akkumlyatori; b) inson faolligining tonizatori va regulyatori; v) faoliyat va
axborotni qabul qilish ustanovkasi; g) shaxsning qadriyatga yo’nalganlik omili
shisoblanadi. Inson shayoti va faoliyatining u yoki bu lashzalarida psixikasining
(komponentlari) tarkibiy qismlari bilan sodir bo’lishlikning psixik tayyorgarligi
sintetik ravishda birlashgandir. Bu muammo pariginchasicha, psixik tayyorgarlik
psixik holatlarning dominantligi degan tushunchaga yaqinlashib qoladi.
https://t.me/profayling_uz
Vasholanki, shaxsning dinamik va statik tuzilishi munosabatini shisobga olmaydi,
psixologik tayyorgarlikning miqdoriy tavsifi yo’llarini ko’rsatib o’tmaydi, natijada
uning ko’lami cheksizga aylanib qoladi.
K.K.Platonov tomonidan ilgari surilgan shaxsning dinamik funksional
tuzilishi (strukturasi) katta qiziqish uyg’otadi. Olim shaxs xususiyatlarining barcha
boyligini qamrab oluvchi, ko’p bosqichli modelini yaratishga intiladi. Shaxs
tuzilishining elementlari bo’lib, uning shossalari, xususiyatlari, qiyofasi
shisoblanadi. K.K.Platonov shaxs tuzilishining turli tomonlari bilan o’zaro
aloqador to’rt tuzilishga ajratadi:
1) shaxsning axloqiy qiyofasi munosabati va yo’nalganlik birlashtiruvchi
ijtimoiy hartlangan osttuzilish. Bu osttuzilishga aloqador shaxsning xislatlari tabiiy
mayllarga bevosita bog’liqligi yo’q va tarbiyaviy yo’l bilan shakllantiriladi.
2) tajribaning osttuzilishi; unga ta'limiy yo’l bilan egallangan bilimlar,
malakalar, ko’nikmalar, odatlar kiradi, ammo bu narsa shaxsni qiyofasining
biologik hartlangan ta'siri ostida kechadi (K.K.Platonov). Ushbu osttuzilish orqali
shaxs insoniyatning tarixiy tajribasi,
3) shaxsning individual xususiyatlari bilan hartlangan ba'zi psixik jarayonlar
(xotira tipi, emosional harakat barqarorligi ko’rsatkichi, mashqlanish yo’li) bilan
shakllantiriladi. Biologik hartlangan xususiyatlarning ta'siri yanada aniqroq ko’zga
tashlanadi.
4) biologik hartlangan osttuzilish biopsixik xususiyatlarni, fazilatlar,
temperament...(shaxsning topologik xususiyatlarini), jinsiy va yosh xususiyatlar,
shuningdek, insonning patologik o’zgarishini birlashtiradi. Bu osttuzilish
mashqlantirish orqali shakllantiriladi, miyaning morfologik va fiziologik
xususiyatlariga bog’liq. K.K.Platonovning fikricha, bu osttuzilishga shaxs qiyofasi
(xususiyatlari) ning asosiy jabshalarini kiritish mumkin.
Qisqacha tashlil qilingan K.K.Platonovning shaxs tuzilishiga oid
konsepsiyasi (nazariyasi) keng ko’lamdagi ta'lim va tarbiya amaliyoti bilan jips
aloqasi tufayli o’ziga tortadi. Ammo muallif bu borada shaxs va inson to’g’risidagi
mulohaza yuritganda uning real xususiyatlari va holatlarini yaqqol ochib bermaydi.
Ma'lumki, Hozirgi zamonda bir-biridan sezilarli, deyarli farqlanuvchi talqinlar
shukm surmoqda, kezi kelganda bashs predmetini sun'iy ravishda o’zgarish shollari
uchrab turadi. Uning asarlarini o’rganish jarayonida, shaxs tuzilishi to’g’risidagi
mulohazalarda, shaxsning bu muammo funksional psixologik - pedagogik jabsha
ekanligi oydinlashib boradi, trenirovka, mashqlanish, ta'lim olish yo’li bilan unda u
yoki bu shislatlar shakllantiriladi.
K.K.Platonov "shaxsning tomonlari va uning osttuzilishi" tushunchalarini
sinonim sifatida qo’llanilganligini ta'kidlab, uni quyidagicha izoshlab beradi:
"shaxsning moddiy jabshalari to’g’risida emas, balki funksional tomonlarining
o’zaro ta'siri to’g’risida gap boradi". Bundan ko’rinib turibdiki, shaxsning
komponentlari, uning xususiyatlari, tuzilishi nimani bildiradi, degan muammoga
javob topib bo’lmaydi.
Yuqorida ta'kidlab o’tilgan hodisalarni (vaqtni fazoviy) basholash ontologik
asnoda o’z yechimini topa olmaydi. Chunki struktura yaxlit tuzilma bo’lganligi
tufayli u shech qachon jabsha, tomon va jishatlarning shunchaki majmuasidan
https://t.me/profayling_uz
iborat bo’lmasligi ravshan. Binobarin, osttuzilish tushunchasini talqin qilishda
umumiy qabul qilingan qoidaga ko’ra nisbiy jishatdan mustaqil tarkiblardan
tuzilganidan qat'i nazar u bundan kengroq yaxlitlikning qismi bo’lib shisoblanadi.
Ana shu fikrdan kelib chiqqan holda quyidagilarni ko’z o’ngiga keltirish muvofiq:
birinchidan, shaxsning ijtimoiy sifatlari o’z xolicha shukm surmaydi, balki yaqqol
nerv sistemasida qayd qilinadi, ya'ni tabiiy biologik mexanizmlar yordami bilan
amalga oshadi. Ikkinchidan, biologik hartlangan shaxs sifatlarining aksariyati filo
va ontogenezda bevosita ijtimoiy hart-haroitlarning ta'siri ostida shakllanadi.
Shuning uchun biologik hartlanganlikning ijtimoiylikdan ajratishni o’zi o’ta
murakkab bo’lib, amaliy jishatdan genotip bilan fenotip o’rtasida demarkasion
(fransuzcha demarcation, qat'iy chegara) chiziq o’tkazish mumkin emas.
Uchinchidan, na biologik, na ijtimoiy hartlangan sifatlar, fazilatlar, xislatlar inson
tomonidan egallanayotgan tajribadan tashqarida namoyon bo’lishi kuzatilmaydi.
Shuningdek, insonning o’zlashtiradigan bilimlari, malakalari, ko’nikmalari,
odatlarining o’ziga xosligi uning shaxsidagi nuqsonlar kompensasiyasi ko’pincha
axloqiy yo’nalganlik va mayllarga bog’liq. To’rtinchidan, aloshida olingan bilim
jarayonlarining tipologik xususiyatlari bilan hartlangan shaxs fazilatlarini o’zaro
bir-biridan ajratib tashlil qilish ham g’ayritabiiy holatdir. Yuqoridagi
mulohazalarning barchasi shaxsda namoyon bo’ladigan xislatlarida o’z ta'sirini,
izini qoldiradi.
Xuddi shu boisdan K.K.Platonov tomonidan tavsiya qilingan osttuzilishning
tabiiy yaqqol shaxs tuzilmasi majmuasi sifatida qabul qilish o’ta bashslidir.
K.K.Platonov bo’yicha shaxsning to’rt "osttuzilish" jabshalari shisoblanadi, chunki
turli kontekstdagi ularning har qaysisi shaxs fazilati tariqasida qarash va shunda
uning integral tizimini basholash mumkin.
V.S.Merlin ham shaxsning tuzilishi masalasiga aloshida ahamiyat bergan
olimlardan biri sanaladi. Uningcha, shaxsning qismlariga ajratib talqin
qilinmaydigan jabsha (komponent) - bu uning xislatlaridir. Ularning har biri
muayyan yo’nalganlik moshiyatini o’zida mujassamlashtirgan bo’lib, shaxs
munosabatini aks ettiradi. Shunga binoan shaxs ning tuzilishi deganda V.S.Merlin
insonning o’z-o’ziga, o’zgalarga, mehnatga u yoki bu munosabatini o’zida
birlashtiruvchi shaxs xususiyatlarining tashkiliy va o’zaro aloqadorligini
anglatuvchi o’ziga xos "simptomokompleks" ni tushunadi.
Olimning muammoga bunday yondashuvi go’yoki juda o’rinli, to’la
ashyoviy daliliy tasavvurni vujudga keltiradi. Shaxs tuzilishi muammosini uzil-
kesil shal qilinishi, yechimini topish uchun ayrim hartlarga rioya etilishi lozim.
Birinchidan, "shaxsning munosabati" tushunchasi moshiyatini yaqqol ochish,
ikkinchidan, shaxsning xususiyatlari to’g’risidagi tasavvurlarni detallashtirgan
holda ishlab chiqish darkor. V.S.Merlinning faktlar konstatasiyasiga binoan
"simptomokompleks" shaxs tuzilishining bayoniy va statik tavsifini bildiradi,
xolos", sholbuki shunday ekan "mazkur ijtimoiy haroitlarda shaxs tuzilishining
rivojlanishi va yuzaga kelishi qonuniyatlari" o’rnatilishi joiz.
Ko’pgina psixologlarning qarashlarida shaxsning ijtimoiy-psixologik tavsifi
qiyofasining tuzilishida yetakchi rol o’ynashi va qayd etishi ta'kidlanadi. Shu
https://t.me/profayling_uz
jumladan, tadqiqotchi N.I.Reynvaldning fikricha, shaxsning tuzilishi va uning har
bir qiyofasi (xislati) uch mezon asosida tashlil qilinishi joiz:
1) orientirovkaning darajasi va anglanganlik xususiyatiga;
2) u yoki bu eshtiyojiy holatlarni harakatlantirishning xususiyati hamda
tashkiliyligi;
3) paydo bo’lishning jadalligi, jiddiyligi va zo’riqishga, ya'ni insonning
emosional irodaviy, bilishga oid sifatlari nuqtai nazariga va boshqalar.
N.I.Reynvaldning
izoshlashicha,
faoliyatning
regulyasiyasida
psixik
funksiyalarni umumlashgan guruhlashtirish ularning uch o’lchovli (mezonli)
tasnifining aql (intellekt), shissiyot (emosiya) va iroda moshiyati zimmasiga
tushishi shaxs tuzilishini temperament, xarakter va qobiliyatlarga, ikkinchi
tomondan esa ekstraversiya, introversiya omillariga ajratishga barham beradi.
N.I.Reynvaldning ushbu yondashuvi A.R.Luriyaning miya faoliyatining uch
blokli roli tasnifiga bevosita mos tushadi, chunonchi, aql (intellekt) ko’p shollarda
informasion blok orqali amalga oshadi, iroda (tashkiliylilik) programmalashtirish
bloki bilan, xilma-xil emosional holatlar (shissiyot) yuzaga kelishining negizida
"energetik" blok yotadi. Aql, shissiyot, iroda va ularni ro’yobga chiqaruvchi
miyaning bloklari, harakatlantiruvchilarni emas, balki o’zaro uzviy bog’liq bo’lgan
insonning atrof-mushitga nisbatan munosabatining uch lashzasini anglatadi.
Xullas, qarashlarning rang-barangligi muammo yechimining har xil
variantlari, invariantlari, modifikasiyalari, modullari va modellari bir davrning
o’zida shukm surishini ta'minlaydi hamda sistemali yondashuv majmuasi yuzaga
kelishi uchun puxta negiz, mexanizm va barqaror manba shozirlaydi.
Dostları ilə paylaş: |