*zbekiston respublikasi



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/47
tarix04.10.2022
ölçüsü1,24 Mb.
#64532
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   47
06. Umumiy psixologiya. (E.G.1) @profayling uz

8. O’zini o’zi anglash 
Hozirgi zamon psixologiya fanining metodologik va nazariy muammolari 
qatorida qo’llaniladigan asosiy kategoriyalar, tushunchalar, ta'riflarga aniqliklar 
kiritishdan, tezaurus, kontekst nuqtai nazaridan ularni talqin qilishdan iboratdir. 
Ushbu mulohazalar moshiyatini o’zini o’zi anglash, axloq, ma'naviyat, taraqqiyot, 
dinamika va shaxsga oid tushunchalar to’g’risidagi qarashlar tashkil etadi. Mazkur 
tushunchalar o’zaro ierarxik tuzilmaga ega bo’lib, biri ikkinchisini taqozo etadi va 
o’ziga xos muayyan tizimni vujudga keltiradi, majmuaning markazida esa inson 
(shaxs, sub'ekt, komil inson) turadi. 
Shu fikrni aloshida ta'kidlab o’tish joizki, psixologiya fanida axloqiy o’zini 
o’zi anglash ruhiy jarayon, hodisa, voqelik, xususiyat sifatida aloshida 
o’rganilmaganligi tufayli uni tashlil qilish o’zini o’zi anglash, axloq, milliy 
xarakter, ma'naviyat, qadriyat kategoriyalari bilan bevosita bog’liq ravishda 
amalga oshiriladi.


https://t.me/profayling_uz 
Bizningcha, ajratib ko’rsatilgan kategoriyalar, tushunchalarni o’ziga xos 
tarzda yoritish psixologiyani asosiy va ustuvor atamasi sanalmish shaxsni yaqqol 
anglash imkoniyatini yaratadi, axloqiy o’zini o’zi anglashning ijtimoiy-psixologik 
voqelik tariqasida aniq namoyon bo’lishini o’rganishni kafolatlaydi. 
Axloqiy o’zini o’zi anglash "o’zini o’zi anglash" ning xususiy (aloshida) 
ko’rinishi, jabshasi bo’lganligi tufayli uning ruhiy tuzilishi, tabiati, o’ziga xosligi, 
tarkib topishi, rivojlanishi va takomillashuvi, ob'ektiv, sub'ektiv, ichki hamda 
tashqi hart-haroitlari, eng avvalo, o’zini o’zi anglash jarayonining ichki 
xususiyatlariga ko’p jishatdan bog’liq. 
Psixologiya fanida uning nazariy, amaliy va tatbiqiy tomonlari muayyan 
darajada o’rganilgan, shozir ham izlanishlar davom ettirilmoqda, chunonchi 
L.S.Vigotskiy, 
S.L.Rubinshteyn, 
V.S.Merlin, 
A.N.Leontev, 
L.I.Bojovich, 
A.G.Spirkin, Ye.V.Shoroxova, I.I.Chesnakova, P.R.Chamata, K.A.Abulxanova-
Slavskaya, V.V.Stolin, E.g’.g’oziev, B.T.g’affarov va boshqalar.
Hozirgi zamon psixologiya fanida o’zini o’zi anglashning tabiatini 
tushuntirishda, talqin qilishda ikki xil qarash, yondashish mavjud bo’lib, ular bir-
biridan keskin darajada tafovutlanib turadi. Birinchi yondashishga qaraganda, 
o’zini o’zi anglash-bu o’z yo’nalishini o’zgartirgan ongning aynan o’zidir, xuddi 
shu bois u inson ongining maxsus ko’rinishi demakdir. Ushbu talqin sobiq sovet 
psixologiyasida keng tarqalgan nazariya bo’lib L.S.Vigotskiy, A.N.Leontev, 
Ye.V.Shoroxova, I.I.Chesnakova, V.V.Stolin va ularning shogirdlari tomonidan 
ilmiy amaliy jishatdan tadqiq qilib kelinmoqda. 
Bu sohadagi ikkinchi mulohaza S.L.Rubinshteynning ilmiy ishlarida o’z 
ifodasini topgan bo’lib, keyingi davrlarda uning shogirdi K.A.Abulxanova-
Slavskaya tomonidan o’tkazilgan izlanishlarda izchil ravishda rivojlantirilmoqda. 
Uning fikriga binoan, ong va o’zini o’zi anglash jismoniy real hamda yuridik 
shaxsga taalluqli xususiyatlardan iborat bo’lib, ular uning shayoti va faoliyatini 
vosita yoki "qurol" sifatida ta'minlab turuvchi ruhiy jarayondir. Bizningcha, 
ikkinchi yondashish o’zini o’zi anglashning tabiati yuzasidan to’g’ri (adektiv) 
ma'lumot berish imkoniyatiga ega, binobarin, metodologik nuqtai nazardan uni 
ilmiy-nazariy va amaliy-tatbiqiy jishatdan tadqiqot qilish yuksak ko’rsatkichlar 
berish mumkin. 
Yuqoridagi o’zini o’zi anglashning ruhiy tabiati shaqidagi ikki xil 
munosabatning mavjudligi- uning paydo bo’lishi sabablarini, yo’nalish ob'ektini, 
tadqiqot predmetini turlicha yoritilishga olib keladi. Birinchi yondashashga ko’ra, 
o’zini o’zi anglashni vujudga kelishining bosh sababi-inson bilan jamiyat 
o’rtasidagi munosabatning o’zaro nomutanosibligidir. Inson muayyan jamiyatda, 
mikro va mize mushitda yahar ekan, u xuddi shu mushitda (makro, mikro, mize) 
mavjud bo’lgan qonun-qoidalarga va tartib-intizomga bo’ysunishga hamda shular 
asosida, ularning negizida o’z xulq-atvori, munosabatlarini idora qilishga, 
boshqarishga majburdir. o’z xulq-atvorini va munosabatlarini o’zi idora qilish 
jarayoni (uquvi) esa, ularni yuzaga keltiruvchi eshtiyojlarni, xoshish istaklarni, 
motiv va mayllarni, maqsad va qiziqishlarni (imitasiya, identifikasiya, refleksiya 
bosqichlari 
kechishini) 
boshqarishdan 
iboratdir. 
Bunday 
ko’rinishdagi, 
tuzilishdagi, mazmundagi anglash va uni idora qilish psixologik nuqtai nazardan 


https://t.me/profayling_uz 
eshtiyojning individual ongdagi ifodasini hamda ular o’rtasidagi bo’ladigan 
munosabatlarni tartibga solishni taqozo etadi. Uning paydo bo’lishining bosh 
sababi ham, yo’nalish ob'ekti ham ongdir, ya'ni u ongning ichki barqarorligi 
natijasida yuzaga keladi va barqarorlikni (ichki muvofiqlikni) shakllantirish uchun 
xizmat qiladi.
Shu narsani ta'kidlash o’rinliki, birinchi yondashishning namoyandalari 
talqinida ongning ichki beqarorligini vujudga keltiruvchi elementar (tarkiblar, 
ruhiy tuzilma qismlari) yuzasidan oladigan ma'lumotlarga qaratadi. Bunday 
ma'lumotlar inson tomonidan o’zlashtirilgandan keyin bir xil mazmunga ega 
bo’lmaganliklari tufayli o’zaro qarama-qarshilikka uchraydi, ularning o’zaro 
mutanosibligini ta'minlash uchun inson ijtimoiy ongiga murojaat qiladi va shu yo’l 
orqali ma'nolar o’rtasidagi ziddiyatni bartaraf etadi. Xuddi shu boisdan ham 
L.S.Vigotskiyning shaxsiy fikricha, o’zini o’zi anglash turli xil ma'nolar o’rtasida 
birlikni (umumiylikni) vujudga keltirish jarayoni sifatida va o’zlashtirilgan ong 
tariqasida namoyon bo’ladi. 
A.N.Leontev talqiniga qaraganda, individual (yakka shaxsga oid) ongdagi 
moshiyat bilan mazmun o’rtasidagi ziddiyat o’zini o’zi anglashning sababchisidir.
A.N.Leontevning shogirdi V,V.Stolinning uqtirishicha, o’zini o’zi anglashning 
asosida (negizida) "menlik" ning mazmunlari o’rtasidagi ziddiyat yotadi.
B.G.Ananev izlanishlarida aks etishicha, o’zini o’zi anglashning paydo 
bo’lishi omili- odamning individual xosiyati, faoliyat sub'ektliligi shaxslilik 
xususiyatlarining tarkib topishidagi notekislik va geteroxronlikdir. Uning 
mulohazasiga ko’ra, o’zini o’zi anglash ana shu uchala xususiyatni o’zaro 
muvofiqlashtiradi va xuddi shu tariqa ongning individualligini ta'minlab turadi. 
Amalga oshirilgan psixologik tashlildan ko’rinib turibdiki, birinchi 
yondashuvda o’zini o’zi anglash xulq-atvorni va munosabatlarni belgilovchi 
hamda idora qiluvchi mustaqil sub'ektga aylanadi, natijada real inson tadqiqot 
markazidan uzoqlashadi, uning o’rnini ong va o’zini o’zi angldash egallaydi.
Bizningcha, o’zini o’zi anglashni bu tarzda tushunish (va tushuntirish) uning 
psixologik tabiatini atroflicha, to’liq yoritishga imkon bermaydi va nazariy 
jishatdan noto’g’ri (noadekvat) xulosa chiqarishga, shoshilinch qaror qabul 
qilishga olib keladi. 
Ikkinchi yo’nalishning asoschisi S.L.Rubinshteynning tadqiqotlariga 
asoslanib, biz o’zini o’zi anglash muammosini tadqiq etishga asosiy diqqat-
e'tiborni, eng avvalo, uning sub'ektiga, ya'ni insonga-shaxsga qaratish maqsadga 
muvofiq, deb shisolaymiz. Ushbu fikrni boshqacha so’z bilan ifodalaganda, o’zini 
o’zi anglashni shakllantirishning manbai ong va undagi ziddiyat bo’lmasdan, balki 
insonning tarkib topishi va rivojlanishi sanaladi. Ruhiy faoliyatning maxsus 
holdagi (vaziyatdagi) ob'ektiv hart-haroitlar sifatida odamlarning shayoti, umumiy 
yashash haroiti deb yozadi S.L.Rubinshteyn, - aks ettirish faoliyatining harti 
shaqida gap ketganda, odamning turlicha namoyon bo’lishining, umumiy hartlari 
ichidan xuddi mana shu in'ikos etish faoliyatining maxsus hartini ajratib olishimiz 
zarur bo’ladi. o’zini o’zi anglashning paydo bo’lishini ta'minlovchi maxsus hartni
aniqlash uning sub'ekti to’g’risidagi muammoni shal qilishni, muayyan yo’l-
yo’riqlar va oqilona usullarga asoslanuvchi yechimni talab qiladi. 


https://t.me/profayling_uz 
Jahon psixologiyasi fanida to’plangan ma'lumotlardan ma'lumki, inson (shaxs) 
o’zini o’zi anglashi uchun xuddi shu o’zini o’zi anglash xususiyatining 
(jarayonining) sub'ekti bo’lishi muqarrar.

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin