*zbekiston respublikasi


 Iroda aktining tuzilishi



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/47
tarix04.10.2022
ölçüsü1,24 Mb.
#64532
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47
06. Umumiy psixologiya. (E.G.1) @profayling uz

2. Iroda aktining tuzilishi 
Iroda muammosiga bag’ishlangan bundan oldingi sashifalarda ta'kidlab 
o’tilganidek, shaxsning irodaviy harakatlari murakkab psixologik mazmun
moshiyat, ma'no kasb etishi bilan tavsiflanadi. Shuni ham eslash o’rinliki, shaxsda 
motivlar kurashining paydo bo’lishi uchun unga mas'uliyat, javobgarlik shissining 
yuklatilishi, irodaviy harakatni amalga oshirish zaruriyati tug’ilishi, mazkur 
vaziyatda shubshalanish, ikkilanish uyg’onishi favqulodda unda irodaviy zo’r 
berishlar vujudga kelishi lozim. Bu voqelikni tushuntirish yoki izoshlash uchun 
psixologik nuqtai nazardan iroda aktining tarkiblaridan iborat ekanligi aniqlanish 
uchun uning unsurlari, bo’linmalari, tuzilishi to’g’risida mulohaza yuritish joiz. 
Insonning miyasida tug’iladigan maqsadga erishish tufayligina irodaviy harakat 
amaliyotga tatbiq etiladi. Ushbu fikr boshqacharoq ifodalanganda, shaxs u yoki bu 
harakat yordami bilan qo’yilgan maqsadiga erishish yo’llarini anglab yetadi, ya'ni 
harakat bilan maqsad, o’rtasidagi uyg’unlik insonga tobora yaqqollashadi, 
anglashiniladi. Sholbuki shunday ekan, shaxs o’zining ruhiy holatini o’zgartirishga 
qaror qiladi, qondirilishi lozim bo’lgan eshtiyojlarini muayyan tartibga keltiradi, 
ularni birlamchi va ikkilamchi darajalarga ajratishni lozim topadi. Xuddi shu 
yo’sinda irodaviy harakatni amalga oshirishning tarqoq va yig’iq tarkiblari 
(unsurlari) maqsadga yo’naltiriladi. Ushbu jarayonga inson shaxsini undayotgan, 
ham anglanilgan, ham anglanilmagan ruhiy tayyorgarlik motivdan iborat bo’lib, 
maqsadga intilish va unga erishish majburiyatini tushuntirishga xizmat qiladi.
Insonning shayoti va faoliyatida uning borliqdagi narsalarga nisbatan o’zini 
tortadigan har xil xususiyatli maqsadlari vujudga kela boshlaydi. Lekin shuni 
ta'kidlash joizki, shaxs oldida paydo bo’lgan maqsadlarni u tanlashi, moshiyat 


https://t.me/profayling_uz 
jishatidan ma'qulligi (noma'qulligi) yuzasidan qaror qabul qilishi, ularning Hozirgi 
davr uchun ahamiyat kasb etishini, istiqbol imkoniyatlari singari xususiyatlarini 
shisobga olishi lozim.
Shaxs faolligining mexanizmi sifatida unda aniq, yaqqol, ob'ektga yo’nalgan 
maqsadni amalga oshirish (qaror toptirish) ezgu niyati ro’yobga chiqadi. Masalan, 
kundalik moddiy eshtiyojini qondirish, sayoshatga chiqish, ish joyini almashtirish, 
til Markaziga o’qishga kirish, qarindoshlari sholidan xabar olish, televizor tomosha 
qilish istaklari tug’ilishi mumkin. Bu asnoda iroda aktining o’ziga xos xususiyati 
shundan iboratki, nafaqat xoshish-istakdagi maqsadni tanlay olish, balki uni 
amalga oshirish imkoniyati aniqroq ekanligini tushunish hamda anglashdir. Xuddi 
shu tariqa irodaviy harakatning muhim tarkibi, binobarin, ajratib olingan maqsadga 
erishishning yo’l-yo’riqlari shakli va moshiyati to’g’risida mulohaza yuritish, 
uning ustida bosh qotirish davri boshlanadi. Mazkur jarayonda fikr yuritilayotgan 
vositalarning maqsadga erishish yo’liga muvofiqligi tashlil qilinadi, aqlan 
chamalab ko’riladi, uni ro’yobga chiqarishga mutlaqo mos yordamchi uslublar, 
harakatlar tanlanadi. Yuqorida mulohaza yuritilgan aqliy xatti-harakatlarning 
barchasi o’zining moshiyati bilan iroda aktining tarkibiga kiruvchi aqliy jarayonlar, 
aqliy lashzalar, aqli vaziyatlar sifatida mujassamlashadi.
Irodaviy aktning boshlanishi maqsadga erishish yo’l-yo’riqlari shaqiqatdan 
ham aniq istaklarning ushalishiga xizmat qilishi to’g’risida oqilona qarorga 
kelishda o’z ifodasini topadi. Psixologik ma'lumotlarning ko’rsatishicha, tanlangan 
harakatlar oqilona, omilkor, odilona ekanligi to’g’risida qarorga kelinganida, 
maqsadga muvofiqligi ishonchli dalillar ustiga qurilganida ushbu jarayon 
qiyinchiliklarsiz sodir bo’ladi. Biroq aksariyat shollarda qarorga kelish murakkab 
jarayonga aylanadi, buning natijasida motivlar kurashi yuzaga keladi, binobarin, 
tanlash, yakdillikka kelish muddati birmuncha cho’ziladi. Masalan, shaxsda ish 
joyini almashtirish xoshish-istagi tug’ildi deb aytaylik, biroq unda boshqa 
xususiyatga ega bo’lgan intilishlari shukm surishi mumkin, o’z navbatida ular 
ishxonani o’zgartirishga to’sqinlik ham qiladi. Jumladan, ish joyini o’zgartirish 
maoshning yangi ishxonada biroz yuqoriligi bilan bog’liq bo’lsa-da, lekin yangi 
mushitga va jamoaga, notanish hart-haroitga, boshqacha talabga moslashish 
(ko’nikish) zarurligini taqozo etadi. Ana shu tarzdagi munosabatlar bilan motivlar 
kurashi yuzaga keladi, uning negizida: a) yangi ish joyidan, b)ichki qanoatlanish 
tuyg’usidan voz kechish kerakmi; yoki v) qimmatli imkoniyat tug’ilishi, g) uning 
istiqboli evaziga o’zining boshqa eshtiyojlaridan yuz o’girishi lozimmi degan 
motivlar kurashi boradi. Motivlar kurashida u yoki bu tarzda qarorga kelishni 
ma'qullash (e'tirof qilish) yoki ma'qullamaslik (e'tirof etmaslik)to’g’risidagi 
mulohazalarni tashlil qilish (ularni chamalash) bilan cheklanib qolmasdan, balki 
o’zaro ziddiyatli, bir-birini inkor etuvchi harakatlarni tatbiq etishga undovchi 
qabildagi motivlar kurashi ham tug’ilishi mumkin. o’zaro qarama-qarshi 
motivlarning 
salmog’i 
qamrovli 
bo’lsa, 
shaxsni 
faoliyatga 
undovchi 
eshtiyojlarning ob'ekti o’zining qiymati (ahamiyatliligi) bilan o’zaro baravarlashsa, 
u holda bunday motivlar kurashi ularga hamoshang tarzda kuchli kechadi. Mabodo 
shaxsda televidenieda kino ko’rish xoshishi bilan do’stining tavallud topganligini 
tabriklash uchun borish istagi o’rtasida ruhiy kurash yuzaga kelsa, motivlar kurashi 


https://t.me/profayling_uz 
sodir bo’lmaydi, chunki bunday mashalda shaxsda kinoni tomosha qilish tilagi 
(intilish) o’zidan o’zi yo’qoladi.
Lekin motivlar kurashi hamisha ham shunday yengil kechadi deb xulosa 
chiqarmaslik kerak, bunda munosabat, xoshish shaxs uchun qanchalik muhim 
ahamiyat kasb etishiga ko’p jishatdan bog’liq. Jumladan, shaxsni (safarga otlanish 
(tayyorgarligi) hamda qarindoshdagi to’yga tabriklash uchun borish istaklari 
(zarurati) o’rtasidagi motivlar kurashi o’zaro bir-biriga zid ekanligi tufayli faqat 
ulardan bittasini tanlash taqozo etilganligi sababli murosasiz kurash tariqasida 
keskin tus olishi mumkin. Shunga o’xshash motivlar kurashi natijasida muayyan 
qarorga kelishi yoki qaror qabul qilish vujudga keladi, bunda shubshalanish, 
sustlik, loqaydlik, ikkilanish singari sifatlar (gosho illatlar) faoliyat doirasidan 
siqib chiqarilib, butun diqqat e'tibor qarorni amalga oshirishga yo’naltiriladi. 
Mabodo qarorga kelinganidan keyin ham jur'atsizlik shaxsni ikkilanish sari 
yetaklashda davom etaversa, u holda irodaviy harakat tub ma'nodagi g’ayratdan, 
shijoatdan, sobitqadamlikdan, belgilangan maqsad sari intilishdan mashrum 
ekanligini aks ettiradi. Maqsadga erishish uchun shaxs o’zini tayyorlaydi, 
psixologik va statistik kutilmalar o’zaro tafovutlanishi yuzasidan ma'lumotlarni 
umumlashtiradi.
Shuni eslatib o’tish o’rinliki, qarorga kelish, uni amalga oshirishda 
qiyinchiliklarni bartaraf etishda irodaviy zo’r berish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Aksariyat psixologik holatlarda inson tomonidan qarorga o’z eshtiyojlarining 
ustuvorligi darajasi ta'sirini zaruriy chora tariqasida yengish bilan uyg’unlashgan, 
jiddiylik, zo’riqish xususiyatli ichki zo’r berish jarayoni bilan uzviy bog’liqlikka 
ega. Shaxs o’zidagi qarama-qarshiliklarni yengishga nisbatan bunday munosabat 
(zaruriyat) birinchidan, sub'ektning ayrim istaklari, mustashkamlangan salbiy 
odatlari; ikkinchidan, turmush hodisalariga nisbatan ko’nikish shissi; uchinchidan, 
ma'qullanilmagan axloq-odob prinsiplari, an'analar bilan kurashining kechishi 
irodaviy aktning o’ziga xos xususiyatga ega bo’lgan xislati (sifati) shisoblanish 
irodaviy zo’r berish tomonidan idora qilinadi.
Insonda vujudga kelgan kuchli, shijoatli intilishlarni yo’qolishiga harakat 
qilinadi Biroq qabul qilingan qaror (yoki qarorga kelish)ning axloq-odob 
prinsiplariga javob bera olishini (mutanosibligini), ijtimoiy ahamiyat kasb etish 
imkoniyatini anglashning o’zi shaxs uchun murakkab ishni "o’lik" nuqtasidan 
siljitishga, qo’zg’atishga yetarli darajadagi omil bo’lib xizmat qila olmaydi.
Mazkur holatni shaxs tomonidan tushunish (anglash) burch, mas'uliyat, 
javobgarlik, qat'iyatlilik tuyg’ulari bilan qat'iy ishonch, zaruriyat barqaror ichki 
kechinmalar (regulyator shislar) mustashkamlansa, bunday davrda ushbu narsa 
ko’pgina intilishlarni yo’qotishga imkon beradigan shaqiqiy irodaviy zo’r berishni 
vujudga keltiradi. Yuksak shislar (burch, mas'uliyat, javobgarlik, vatanparvarlik, 
fidoiylik kabilar) axloqiy talablar interiorizasiyaga aylanganligini, ya'ni shaxsning 
ma'naviy mulkiga o’tayotganligini, egoistik (xudbinlarcha) intilishlar bilan 
altruistik (ijtimoiy fidoiylik) istaklari (xoshishlari) o’rtasida qarama-qarshilik 
yuzaga keladigan favquloddagi vaziyatda amalga oshiriladigan xulq-atvorning 
ichki mexanizmlarga aylanganini aks ettiradi. Yuksak shislar motivlar kurashida 


https://t.me/profayling_uz 
intilish o’ng yoki so’l tomonga og’ishini aniqlaydi, maqsadni amalga oshishini 
ta'minlashda regulyator funksiyasini bajaradi.
Psixologiyada irodaviy akt to’g’risida mulohaza yuritilganda shu narsa 
ta'kidlanadiki, irodaviy zo’r berishning ichki kechishi faqat qarorga kelishda paydo 
bo’lmaydi, balki uni ijro etish jarayonida jadal sur'atga erishishda ham amalga 
oshadi. Buning psixologik ma'nosi shuki, qabul qilingan qarorni ijro etish 
(bajarish) aksariyat shollarda sub'ektiv va ob'ektiv xususiyatli bir talay qarama-
qarshiliklarga duch keladi, ularni yengib o’tish esa irodaviy zo’r berishni, 
zo’riqishni talab qiladi. Chunonchi, bozor iqtisodiyotiga maqsad va vazifasiz, 
tasodifiy yondashuv sifatida moslayotgan shaxs o’z turmush tarzini o’zgartirmasa, 
uzoqni ko’zlab ish yuritmasa (bugungi kuni o’tganiga shukur qilib yashasa), faollik 
ko’rsatmasa, imkoniyatidan foydalanmasa, bir qator qiyinchiliklarni keltirib 
chiqaradi. Insonning o’zligi bilan ichki kurashi, xarakter xislatlarini o’zgartirishga 
intilishi irodaviy zo’r berishi tufayli amalga oshadi, xolos. Shuningdek, inson 
sanitariyaga, gigienaga rioya qilib yashashi (sayr qilish, xona shavosini 
almashtirish, ovqat shazm bo’lishini kutish, ozodalikka e'tibor qilishi yangi 
ko’nikmalarni egallash kabi) irodaviy zo’r berishni taqozo etadi. Bu psixologik 
voqelikning negizida insonni oldin shayajonga solmagan, tashvishlantirmagan 
narsalarga e'tibor qilish mexanizmi yotganligi tufayli favquloddagi qarshilik salbiy 
xis tuyg’ularni (stress, affekt, frustrasiya kabilarni) vujudga keltiradi. Sholbuki 
shunday ekan, shaxsning o’zini o’zi bilan ichki ruhiy kurashi natijasida 
muvaffaqiyatga erishilsa, u holda ijobiy xususiyatli shissiy kechinmalar yuzaga 
keladi, o’zining ustidan o’zi shukmronlik tuyg’ulari, o’z kuch va qudratiga 
ishonch, uni anglab yetish, o’ziga o’zi buyruq berish, o’zini o’zi nazorat qilish, 
o’zini oldiga qo’ygan eng muhim maqsadlarga erishish imkoniyatini tushunish 
ro’yobga chiqadi. Ushbu ruhiy jarayonlar muammo yechimida ishtirok etishidan 
qat'i nazar, irodaviy zo’r berish va uning ichki kechishi kuchli zo’riqishlar tufayli 
amalga oshadi. Bu o’rinda shaxsning xarakteri, individual xususiyatlari, ijtimoiy 
hartlangan xislatlari, har bir narsaga jiddiy munosabati etakchi va ustuvor ahamiyat 
kasb etadi. Ayniqsa, o’zini o’zi boshqarish, gumanistik psixologiya tarkibidagi 
kategoriyalar hamda ularning shayot va faoliyatda namoyon bo’lishi muhim rol 
o’ynaydi. Ma'lumki, shaxsiy mayllar, ustanovkalardan tashqari, unga ijtimoiy 
ustanovkalarning ta'siri, o’z roli, statusi yuzasidan basholash tizimining to’g’ri 
shakllanganligi bunda aloshida ahamiyatga ega. 
Shaxs ma'lum bir faoliyatni amalga oshirgunga qadar o’z ruhiy olamida 
yuzaga kelgan ayrim sub'ektiv ("Men" bilan "Men" emas qabildagi) qarshiliklarni 
yengishdan tashqari, unga muayyan tashqi, (ob'ektiv tarzdagi) ziddiyatlarni ham 
barham toptirishga to’g’ri keladi. Aytaylik, inson uchun ro’yobga chiqarish zarur 
shisoblangan maqsad aniq (yaqqol), uni amalga oshirish yuzasidan shech qanday 
shak-shubsha bo’lmasa-da, shuningdek, qarorga kelishda kuchsiz motivlar kurashi 
davom etsa-da, lekin qarorni ijro qilishda ba'zi bir qiyinchiliklar tug’ilishi mumkin. 
Mazkur jarayonda vujudga kelgan qarshilik va qiyinchiliklarni yengish insondan 
chidam, qat'iylik, favquloddagi, sira kutilmagan xolatni inobatga olishni taqozo 
etadi. Ba'zida esa uzluksiz ravishda ular bilan kurashish, irodaviy zo’r berish, 
ularni yengish uchun esa ruhan tayyorgarlik mayli bilan qurollantirishni talab etadi.


https://t.me/profayling_uz 
Bunday vaziyatlar zo’riqish, tanglik, zo’r berish, jiddiylik ma'lum davr davomida 
shaxsda saqlanib turish majburiyatini yuklaydi. Psixologik ma'lumotlarga 
qaraganda, irodaviy sa'i-harakat uchun o’ziga xos xususiyatga ega bo’lgan irodaviy 
zo’r berish aksariyat shollarda motivlar kurashidagi qarama-qarshilik yuzaga 
kelganligi bilan emas, balki shaxs tomonidan qabul qilingan qarorni ijro etish 
(bajarish, ado etish) jarayonida ob'ektiv xususiyatga molik qiyinchiliklarni yengish 
tufayligina namoyon bo’ladi. Xuddi shu bois iroda akti tuzilishi tashlilining 
ko’rsatishicha, ushbu holat iroda faoliyatining bir talay xususiyatlarini 
xaspo’shlashga imkon yaratadi. Shuning bilan birga, irodaviy faoliyatning shaxs 
xatti-harakatlarida muayyan ustuvor vazifalar (funksiyalar) ijro etishini 
(bajarishini) ta'kidlab o’tish maqsadga muvofiqdir. Mazkur funksiyalar: 
birinchidan, shaxsning xatti-harakatlarini amaliyotga tatbiq qilish sifati darajasini 
yuksaltiradi. Ikkinchidan, inson shayoti va faoliyati uchun muhim ahamiyat kasb 
etuvchi muammolar yechimini topishga haroit yaratadi. Uchinchidan, inson 
shaxsiga muammo moshiyatiga kirishini ta'minlaydi, shuningdek, harakatni 
maqsadga muvofiqlashtirishga xizmat qiladi.
Irodaviy faoliyat insonning xatti-harakatlarini uning borliqqa (atrof-
mushitga) nisbatan ongli shaxs sifatida o’z oldiga qo’ygan ustuvor maqsadlari 
moshiyatidan kelib chiqqan holda boshqaradi. Shaxs, bu asnoda, o’zining tanlagan 
ideallariga, uni yo’naltiruvchi g’oyalariga, ishonch e'tiqodlariga, qarashlariga, 
o’zga kishilar beradigan basholariga, o’ziga o’zi basho berish mezonlariga 
nomutanosib istaklar, xoshishlar, tilaklar vujudga keltirmaslikka, ularni 
to’xtatishga yoki batamom bartaraf etishga intiladi. Bu holat tashlili shundan 
dalolat beradiki, iroda bu o’rinda shaxsning xatti-harakatlarini jilovlash 
(to’xtatish), nazorat qilish, boshqarish, chetga og’ishdan saqlash (cheklash) 
funksiyalarini aks ettiradi.
Irodaning xatti-harakatlarni boshqarish funksiyasi shaxs uchun noxush, 
noqulay, yoqimsiz xoshish-istak, harakat va intilishni cheklash, to’xtatish, tiyish 
kabilardan iborat bo’libgina qolmay, balki inson shaxsiy faolligini muayyan 
jabshaga, sohaga yo’naltirish, o’z harakatlari quvvatini oshirish, barcha narsalarni 
umumiy maqsadga muvofiqlashtirishdan iboratdir. Irodaviy jarayon hamisha 
shaxsni faollikka chorlaydi, uni qat'iy yo’l belgilash sari yetaklaydi, barqaror 
harakat qilishga yo’naltiriladi, ikkilanish, shubshalanishning oldini oladi. Shuning 
uchun ham maqsadga yo’naltirilgan harakatlar, amalga oshirilgan intilish, ro’yobga 
chiqarilgan ezgu niyat shaxsda o’ziga ishonch tuyg’usini uyg’otadi, dadil amallar 
qilishga yo’naltiriladi, orzularni ushatishga nisbatan faol maylni shakllantiradi. 
Insonning erishgan yutug’i, muvaffaqiyati har bir irodaviy harakat barqarorligini 
ta'minlaydi, amallar tanlash, qaror qabul qilish, shaxsiy uslubni tarkib toptirishni 
jadallashtiradi, yangi irodaviy harakatlarni amalga oshirishni yengillashtiradi, 
o’zidagi irodaviy sifatlarning takomillashuviga puxta negiz shozirlaydi, irodaviy 
zo’r berishni taqozo etuvchi harakatlarni tatbiq qilish ko’nikmalarini shakllantiradi. 
Mazkur jarayon ham anglanilgan, ham anglanilmagan tarzda, motivlar kurashi 
orqali (kuchsiz), irodaviy zo’r berish, qiyinchiliklarni yengish tufayli namoyon 
bo’ladi.


https://t.me/profayling_uz 
Iroda uchun irodaviy xatti-harakat motivasiyasi muhim ahamiyat kasb etadi. 
Xuddi shu bois irodaning negizini shaxsning xatti-harakatlari va ishlarining keng 
ko’lamli, rang-barang xususiyatli motivlashtirilishiga omil(turtki) tariqasidagi 
eshtiyojlarni vujudga keltiradi. Psixologiyada motivlashtirishning uch turi 
mavjudligi ta'kidlanadi (psixologik hodisalarning bir-biri bilan jips bog’langan, 
lekin o’zaro to’la mutanosib bo’lmagan, nisbiy mustaqil ko’rinishlari 
motivlashtirish deyiladi).
1. 
Shaxsning eshtiyojlarini qondirish bilan hartlangan, uni faoliyatga 
undovchi (turtki) tarzda vujudga keluvchi motiv sifatidagi motivlashtirishdir. 
Mazkur holatda motivlashtirish faollik nima sababdan vujudga kelishini, shaxsni 
faoliyatni amalga oshirishga undovchi eshtiyojlar moshiyatini tashlillashga xizmat 
qiladi.
2. 
Motivlashtirish faollik nimalarga yo’naltirilganligini, nega aynan 
shunday 
xulq-atvor 
tanlanganligini, 
nima 
uchun 
boshqasiga 
e'tibor 
berilmaganligini asoslashga qaratiladi. Bu o’rinda motivlar shaxsning xulq-atvor 
yo’nalishini tanlashni aks ettiruvchi sabablar funksiyasini bajaradi. Bularning 
barchasi yaxlit holda keltirganida inson shaxsining yo’nalishini vujudga keltiradi.
3. 
Motivlashtirish-bu inson axloqi va faoliyatini o’zi boshqaruvchi vosita 
tariqasida namoyon bo’lishidir. Ushbu vositalar tarkibiga emosiyalar, xoshishlar, 
tilaklar, qiziqishlar, mayllar va boshqalar kiradi. Masalan, emosiyada insoniy fe'l-
atvorning shaxsiy aks ettirish moshiyati basholanadi, binobarin, uning tub maqsadi 
faoliyat tuzilishiga mos tushmay qolsa, u taqdirda shis-tuyg’ular uning yo’nalishini 
o’zgartiradi. Buning natijasida fe'l-atvor qayta quriladi, oldingi harakatlarni 
jadallashtiruvchi yordamchi kechinmalar va boshqalar. 
Shunday qilib, irodaviy harakatda uni motivlashtirishning uchta jabshasi 
(sohasi), ya'ni faollik manbai ekanligi, inson shaxsining yo’nalganligi, o’zini o’zi 
boshqarish vositasiligi aks etadi. Yuqoridagi mulohazalardan ko’rinib turibdiki, 
irodaning asosi motivlashtirishga sabab bo’luvchi eshtiyojlardan iborat ekanligi 
dalillab o’tiladi. Eshtiyojlar esa irodaviy harakatlar bajarilishini ta'minlaydigan 
yoki ularga to’sqinlik qiladigan motivlarga aylana boradi. Irodaviy harakatlarning 
motivlari (sabablari) muayyan darajada anglanilgan xususiyat kasb etadi va shaxsni 
ularni amalga oshirishga yo’naltirib turadi. Psixologiyada eshtiyojning 
anglanilganligi darajasiga asoslangan holda intilish, istak kabilarni psixologik 
jishatdan tafovut qilish mumkin.
Agarda ularning moshiyatini ta'rif orqali yoritishga harakat qilsak, u holda 
o’zaro farqini tezda aniqlab olish imkoniyatiga ega bo’lamiz. Intilish-etarli 
darajada anglanilmagan, farqlanish, tabaqalashish imkoniyati sust eshtiyojdan 
tashkil topgan faoliyat motividan iboratdir. Masalan, shaxs yozgan maqolasini 
bosib chiqarishga intilishni xayoldan o’tkazish chog’ida nashriyotni ko’z o’ngiga 
keltiradi, muharrir bilan uchrashganda, sushbatlashganda mamnuniyat tuyg’usini 
shis etadi. Xuddi shu bois intilish ob'ekti bilan takror-takror uchrashuvga rozi 
bo’ladi va o’z intilishini davom ettirishga qaror qiladi. Biroq inson ba'zi shollarda 
unga shuzur-shalovat bag’sh etayotgan motiv (sabab) moshiyatini anglamaydi 
ham, chunki u qanday natijaga erishish mumkinligi to’g’risidagi ma'lumotga ega 
emas. Bundan ko’rinib turibdiki, intilish psixologik jishatdan yetarli darajada 


https://t.me/profayling_uz 
aniqlikni o’zida mujassamlashtirmaydi, ayrim shubshalar shukm surish eshtimoli 
mavjud, harakat unsurlari yuzasidan taxmin yetishmaydi. 
Istak-shaxs tomonidan eshtiyojning yetarli darajada anglanilganligi bilan 
tavsiflanuvchi faoliyat motividir. Intilishdan farqli o’laroq istakda nafaqat eshtiyoj 
ob'ekti, balki uni qondirishning yo’l-yo’riqlari, vositalari ham inson tomonidan 
tushuniladi. Masalan, oliy maktab o’qituvchisi o’qitish samaradorligini oshirish 
istagini bildirib, bu holatni ijtimoiy eshtiyoj sifatida tasavvur etib, ta'limning faol 
metodlarini qo’llash shaqida o’ylaydi, o’z faoliyatini yangicha tashkil qiladi, 
iqtidorli, bo’sh o’zlashtiruvchi talabalar bilan individual ishlash grafigini ishlab 
chiqadi, qo’llanmalar yaratish rejasini tuzadi va hokazo.
Inson faoliyatining motivlari (motivasiyasi) uning yashash hart-haroitlarini 
aks ettiradi, shuningdek, shaxs tomonidan namoyon ettirilgan eshtiyojlarini 
fashmlash imkoniyatini vujudga keltiradi. Eshtiyojlar ahamiyatining o’zgarishi 
tufayli muayyan psixologik holatlarda motivlar kurashi paydo bo’ladi, bunda bir 
istak boshqa istakka nisban qarama- qarshi qo’yiladi, bu shaqida oldingi 
sashifalarida mukammal mulohazalar yuritilgan.
Qarshiliklar, qiyinchiliklar, nizoli vaziyatlarni yengish uchun irodaviy zo’r 
berishga to’g’ri keladi. Irodaviy zo’r berish to’g’risida mulohaza yuritilgan bo’lsa-
da, lekin unga ta'rif berilmaganligi sababli ayrim aniqliklar kiritish joiz deb 
shisoblaymiz. Irodaviy zo’r berish-shis-tuyg’ular (shissiyot) shakli shisoblangan 
shaxsning irodaviy harakatga (aktga) qo’shimcha motivlarni vujudga keltiruvchi
ba'zida ularni barbod qiluvchi, bilish jarayonlarini safarbar etuvchi, muayyan 
zo’riqish holati singari kechiriluvchi motivlar majmuasidir.
Irodaning individual xususiyatlari va fenomenlari mavjud bo’lib, inson 
faoliyatining maqsadga muvofiq ravishda amalga oshirishni ta'minlaydi. Iroda 
shaxs faoliyatining ichki qiyinchiliklarini yengishga qaratilgan ongli tuzilmadan 
iborat bo’lib, u o’zini o’zi boshqarish sifatida dastavval o’ziga, o’z shissiyotiga va 
xatti-harakatlariga shukmronlik qilishda aks etuvchi psixologik hodisadir. 
Irodaning kuchi yoki kuchsizligini aks ettiruvchi holatlar uning individual 
xususiyatlarini namoyon qiladi. Ana shu atamalardan kelib chiqqan holda irodasi 
kuchli va irodasi sust (kuchsiz) odamlar hamda ularning ijobiy va salbiy fazilatlari, 
sifatlari, xislatlari, illatlari to’g’risida mulohaza yuritiladi.
Irodasi sustlikning patologiyasi mavjud bo’lib, ular abuliya (yunoncha 
abulia-qat'iyatsizlik degan ma'noni anglatadi) va apraksiya (yunoncha apraxia-
harakatsizlik ma'nosini bildiradi) atamalari bilan ifodalanadi. Abuliya- bu miya 
patologiyasi negizida vujudga keladigan faoliyatga intilishning mavjud emasligi, 
harakat qilish, uni amalga oshirish uchun qaror qabul qilish zarurligini anglagan 
tarzda shunday qila olmaslikdan iborat inson ojizligidir. Masalan, shifokor 
ko’rsatmalariga rioya qilish zarurligini to’g’ri fashmlagan abuliya kasali bilan 
shikastlangan bemor biror narsani bajarishga o’zini mutlaqo yo’llay olmaydi. 
Apraksiya-miya tuzilishining shikastlanishi tufayli yuzaga keladigan harakatlar 
maqsadga muvofiqligining murakkab buzilishidan iborat psixopatologik holatdir. 
Nerv to’qimalarining buzilishi miyaning peshona qismlarida yuz bersa, u holda 
xatti-harakatlarni erkin to’g’rilashda buzilish namoyon bo’ladi, natijada iroda akti 
bajarilishi qiyinlashadi. Abuliya va apraksiya-psixikasi og’ir kasallangan 


https://t.me/profayling_uz 
insonlarga xos, nisbatan noyob, fenomenal psixopatologik hodisalardir. Lekin 
pedagogik faoliyatda uchraydigan irodaning sustligi miya patologiyasi bilan emas, 
balki noto’g’ri tarbiya mashsuli bilan tavsiflanadi.
Iroda sustligining yaqqol (tipik) ko’rinishlaridan biri-bu yalqovlik 
shisoblanib, shaxsning qiyinchiliklarini yengishdan bosh tortishga intilishi, 
irodaviy kuch-g’ayrat ko’rsatishni qat'iy ravishda istamasligida o’zini aks 
ettiruvchi illatdir. Yalqovlik-shaxs ojizligi va irodaviy sustligining, uning shayotga 
layoqatsizligining, shaxsiy va ijtimoiy faoliyatga (hamkorlikka) loqaydligining 
ifodasidir. Yalqovlik-shaxsning ruhiy qiyofasi bo’lib, uzluksiz tarbiyaviy ta'sir va 
o’zini o’zi tarbiyalash orqali bartaraf etish imkoniyati mavjud ruhiy nuqsondir.

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin