https://t.me/profayling_uz
Bizningcha, ajratib ko’rsatilgan kategoriyalar, tushunchalarni o’ziga xos
tarzda yoritish psixologiyani asosiy va ustuvor atamasi sanalmish shaxsni yaqqol
anglash imkoniyatini yaratadi, axloqiy o’zini o’zi anglashning ijtimoiy-psixologik
voqelik tariqasida aniq namoyon bo’lishini o’rganishni kafolatlaydi.
Axloqiy o’zini o’zi anglash "o’zini o’zi anglash" ning xususiy (aloshida)
ko’rinishi, jabshasi bo’lganligi tufayli uning ruhiy tuzilishi, tabiati, o’ziga xosligi,
tarkib topishi, rivojlanishi va takomillashuvi, ob'ektiv, sub'ektiv, ichki hamda
tashqi hart-haroitlari, eng avvalo, o’zini o’zi anglash jarayonining ichki
xususiyatlariga ko’p jishatdan bog’liq.
Psixologiya
fanida uning nazariy, amaliy va tatbiqiy tomonlari muayyan
darajada o’rganilgan, shozir ham izlanishlar davom ettirilmoqda, chunonchi
L.S.Vigotskiy,
S.L.Rubinshteyn,
V.S.Merlin,
A.N.Leontev,
L.I.Bojovich,
A.G.Spirkin, Ye.V.Shoroxova, I.I.Chesnakova, P.R.Chamata, K.A.Abulxanova-
Slavskaya, V.V.Stolin, E.g’.g’oziev, B.T.g’affarov va boshqalar.
Hozirgi zamon psixologiya fanida o’zini o’zi anglashning tabiatini
tushuntirishda, talqin qilishda ikki xil qarash, yondashish mavjud bo’lib, ular bir-
biridan keskin darajada tafovutlanib turadi. Birinchi yondashishga qaraganda,
o’zini o’zi anglash-bu o’z yo’nalishini o’zgartirgan ongning aynan o’zidir, xuddi
shu bois u inson ongining maxsus ko’rinishi demakdir. Ushbu talqin sobiq sovet
psixologiyasida keng tarqalgan nazariya bo’lib L.S.Vigotskiy, A.N.Leontev,
Ye.V.Shoroxova, I.I.Chesnakova, V.V.Stolin va ularning
shogirdlari tomonidan
ilmiy amaliy jishatdan tadqiq qilib kelinmoqda.
Bu sohadagi ikkinchi mulohaza S.L.Rubinshteynning ilmiy ishlarida o’z
ifodasini topgan bo’lib, keyingi davrlarda uning shogirdi K.A.Abulxanova-
Slavskaya tomonidan o’tkazilgan izlanishlarda izchil ravishda rivojlantirilmoqda.
Uning fikriga binoan, ong va o’zini o’zi anglash jismoniy real hamda yuridik
shaxsga taalluqli xususiyatlardan iborat bo’lib, ular uning shayoti va faoliyatini
vosita yoki "qurol" sifatida ta'minlab turuvchi ruhiy jarayondir. Bizningcha,
ikkinchi yondashish o’zini o’zi anglashning tabiati yuzasidan to’g’ri (adektiv)
ma'lumot berish imkoniyatiga ega, binobarin, metodologik nuqtai nazardan uni
ilmiy-nazariy va amaliy-tatbiqiy jishatdan tadqiqot qilish yuksak ko’rsatkichlar
berish mumkin.
Yuqoridagi o’zini o’zi anglashning ruhiy tabiati shaqidagi ikki xil
munosabatning mavjudligi- uning paydo bo’lishi sabablarini, yo’nalish ob'ektini,
tadqiqot predmetini turlicha yoritilishga olib keladi. Birinchi yondashashga ko’ra,
o’zini o’zi anglashni vujudga kelishining bosh
sababi-inson bilan jamiyat
o’rtasidagi munosabatning o’zaro nomutanosibligidir. Inson muayyan jamiyatda,
mikro va mize mushitda yahar ekan, u xuddi shu mushitda (makro, mikro, mize)
mavjud bo’lgan qonun-qoidalarga va tartib-intizomga bo’ysunishga hamda shular
asosida, ularning negizida o’z xulq-atvori, munosabatlarini idora qilishga,
boshqarishga majburdir. o’z xulq-atvorini va munosabatlarini o’zi idora qilish
jarayoni (uquvi) esa, ularni yuzaga keltiruvchi eshtiyojlarni, xoshish istaklarni,
motiv va mayllarni, maqsad va qiziqishlarni (imitasiya,
identifikasiya, refleksiya
bosqichlari
kechishini)
boshqarishdan
iboratdir.
Bunday
ko’rinishdagi,
tuzilishdagi, mazmundagi anglash va uni idora qilish psixologik nuqtai nazardan
https://t.me/profayling_uz
eshtiyojning individual ongdagi ifodasini hamda ular o’rtasidagi bo’ladigan
munosabatlarni tartibga solishni taqozo etadi. Uning paydo bo’lishining bosh
sababi ham, yo’nalish ob'ekti ham ongdir, ya'ni u ongning ichki barqarorligi
natijasida yuzaga keladi va barqarorlikni (ichki muvofiqlikni) shakllantirish uchun
xizmat qiladi.
Shu narsani ta'kidlash o’rinliki, birinchi yondashishning namoyandalari
talqinida ongning ichki beqarorligini vujudga keltiruvchi elementar (tarkiblar,
ruhiy tuzilma qismlari) yuzasidan oladigan ma'lumotlarga qaratadi. Bunday
ma'lumotlar inson tomonidan o’zlashtirilgandan keyin bir xil mazmunga ega
bo’lmaganliklari tufayli o’zaro qarama-qarshilikka uchraydi, ularning o’zaro
mutanosibligini ta'minlash uchun inson ijtimoiy ongiga murojaat qiladi va shu yo’l
orqali ma'nolar o’rtasidagi ziddiyatni bartaraf etadi. Xuddi shu boisdan ham
L.S.Vigotskiyning
shaxsiy fikricha, o’zini o’zi anglash turli xil ma'nolar o’rtasida
birlikni (umumiylikni) vujudga keltirish jarayoni sifatida va o’zlashtirilgan ong
tariqasida namoyon bo’ladi.
A.N.Leontev talqiniga qaraganda, individual (yakka shaxsga oid) ongdagi
moshiyat bilan mazmun o’rtasidagi ziddiyat o’zini o’zi anglashning sababchisidir.
A.N.Leontevning shogirdi V,V.Stolinning uqtirishicha, o’zini o’zi anglashning
asosida (negizida) "menlik" ning mazmunlari o’rtasidagi ziddiyat yotadi.
B.G.Ananev izlanishlarida aks etishicha, o’zini o’zi anglashning paydo
bo’lishi omili- odamning individual xosiyati, faoliyat sub'ektliligi shaxslilik
xususiyatlarining tarkib topishidagi notekislik va geteroxronlikdir.
Uning
mulohazasiga ko’ra, o’zini o’zi anglash ana shu uchala xususiyatni o’zaro
muvofiqlashtiradi va xuddi shu tariqa ongning individualligini ta'minlab turadi.
Amalga oshirilgan psixologik tashlildan ko’rinib turibdiki, birinchi
yondashuvda o’zini o’zi anglash xulq-atvorni va munosabatlarni belgilovchi
hamda idora qiluvchi mustaqil sub'ektga aylanadi, natijada real inson tadqiqot
markazidan uzoqlashadi, uning o’rnini ong va o’zini o’zi angldash egallaydi.
Bizningcha, o’zini o’zi anglashni bu tarzda tushunish (va tushuntirish) uning
psixologik tabiatini atroflicha, to’liq yoritishga imkon bermaydi va nazariy
jishatdan noto’g’ri (noadekvat) xulosa chiqarishga, shoshilinch qaror qabul
qilishga olib keladi.
Ikkinchi yo’nalishning asoschisi S.L.Rubinshteynning
tadqiqotlariga
asoslanib, biz o’zini o’zi anglash muammosini tadqiq etishga asosiy diqqat-
e'tiborni, eng avvalo, uning sub'ektiga, ya'ni insonga-shaxsga qaratish maqsadga
muvofiq, deb shisolaymiz. Ushbu fikrni boshqacha so’z bilan ifodalaganda, o’zini
o’zi anglashni shakllantirishning manbai ong va undagi ziddiyat bo’lmasdan, balki
insonning tarkib topishi va rivojlanishi sanaladi. Ruhiy faoliyatning maxsus
holdagi (vaziyatdagi) ob'ektiv hart-haroitlar sifatida odamlarning shayoti, umumiy
yashash haroiti deb yozadi S.L.Rubinshteyn, - aks ettirish faoliyatining harti
shaqida gap ketganda, odamning turlicha namoyon bo’lishining, umumiy hartlari
ichidan xuddi mana shu in'ikos etish faoliyatining maxsus hartini ajratib olishimiz
zarur bo’ladi. o’zini o’zi anglashning paydo bo’lishini ta'minlovchi maxsus hartni
aniqlash uning sub'ekti to’g’risidagi muammoni shal qilishni, muayyan yo’l-
yo’riqlar va oqilona usullarga asoslanuvchi yechimni talab qiladi.