Ўzbekiston respublikasi



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/39
tarix22.03.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#89120
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   39
g‘oziyev e. umumiy psixologiya. 2-kitob (1)

VII BOB 
XOTIRA 
 
1. Xotira shaqida umumiy tushuncha. 
Psixologik manbalarda ko’rsatilishicha, psixikaning eng mushim xususiyati 
shundan iboratki, inson tashqi ta'sirotlarning aks ettirilishidan o’zining keyingi 
faoliyatida, xatti-sharakatlarida doimo foydalanadi va ijodiy yondashuvi natijasida 
ba'zi bir o’zgarishlar kiritadi. Insonda shaxsiy tajriba, ko’nikma, malaka va bilim 
ko’lami orta borishi shisobiga faoliyat shamda xulq-atvor tobora murakkablashib, 
yangi mazmun, yangi sifat kasb eta boshlaydi. Ma'lumki, agar tashqi olamning 
bosh miya katta yarim sharlari qobiqida xosil bo’ladigan obrazlari, timsollari va 
ularning izlari yo’qolib ketaversa, tajribaning saqlanishi, bilimlarning boyishi, 
murakkablashishi, muayyan tartibga kelishi, qaytatdan jonlanishi mutloqo mumkin 
bo’lmas edi.
Modomiki shunday ekan, mazkur obrazlar bir-biri bilan o’zaro uzviy 
boqlanib, asta-sekin mustashkamlanib, miya qobiqida puxta saqlanib qoladi, shu 
bilan birga, shayot va faoliyatning muayyan talablariga muvofiq ravishda 
qaytatdan jonlanadi, avvalgi sholatini boshqatdan namoyon qiladi.
Shozirgi davrda qo’llanib kelinayotgan adabiyotlarda xotiraga mana bunday 
tarzda ta'rif berilib kelinmoqda:


66 
"Individning o’z tajribasida esda olib qolishi, esda saqlashi va keyinchalik 
uni yana esga tushirishi xotira deb ataladi". Lekin bu ta'rifda xotiraga taaluqli 
bo’lgan juda ko’p sifatlar, xossalar va xususiyatlaro’z aksini topmagan, shuning 
uchun uni mukammal, ixcham, pishiq ifodalangan deyishga shech qanday shaq 
shuquqimiz yo’q. Ushbu qiyin sholatdan chiqishning birdan bir yo’li, bizningcha 
unga mana bunday tarzda ta'rif berishdan iborat: "Xotira atrof mushitdagi voqelik 
(narsa)ni bevosita va bilvosita, ixtiyoriy va ixtiyorsiz ravishda, passiv va aktiv 
(faol) sholda reproduktiv va produktiv tarzda, verbal va noverbal shaklda, mantiqiy 
va mexanik yo’l bilan aks ettiruvchi esda olib qolish, esda saqlash, qaytatdan esga 
tushirish, unitish shamda tanish, eslashdan iborat rushiy jarayon aloshida va 
umumiy nomoyon qiluvchi shodisa, barcha taasurotlarni ijodiy qayta ishlashga 
yo’naltirilgan mnemik (yunoncha mnema-xotira) faoliyatdir". Shuni qat'iy ishonch 
bilan aytish mumkinki, berilgan ta'rif xotiraning murakkab, keng qamrovli 
jishatlarini to’la ta'kidlash imkoniyatiga ega. Lekin bu narsa mutlaq darajada 
mukammallik da'vo qilish degan ibora emas, chunki unda ob'ektivlik (tashqi) va 
sub'ektivlik (ichki) yuzasidan ma'lumot aks ettirilmadi. Umuman olib qaraganda 
esa, bu narsaga xojat sham, imkoniyat sham yo’qdir.
Ta'rifda xotiraning esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish, unitish, 
tanish, eslash kabi asosiy jarayonlari aloshida ajratib ko’rsatilgan, lekin ularning 
shar biri mustaqil sholat va jarayon shisoblanmaydi. Chunki ular muayyan faoliyat 
davomida, xosh bilish, xosh mnemik xolat bo’lishidan qat'iy nazar va o’sha 
faoliyat tuzilishi, moxiyati va mazmuni bilan belgilanadi. Shuning uchun inson 
tomonidan muayyan bir materialni esda olib qolish, esda saqlash, eaga tushirish 
uning individual (yakkashol) tajriba ko’lami, bilim saviyasi va aql-zakovati 
darajasiga boqliq. Chunki esda olib qolingan narsa va xodisalarni keyinchalik 
qo’llash uchun esga tushirish taqazo etiladi; bu mnemik faoliyatni talab qiladi.
O’zlashtirilgan materiallarning ushbu faoliyat doirasidan chiqib ketishi esa 
uning unitilishiga olib keladi. Materialni esda saqlash uchun shaxs faoliyatida 
qanday aks etishiga boqliqdir.
Ana shuning uchun shar xil sholatlarda odamning bilish faoliyati, xulq-atvori 
shayotiy tajribasi va madaniy malakasi bilan belgilanadi. Lekin qarama-qarshi 
nuqtai nazarlar sham mavjud; ular o’zaro mezonlari shamda sharxlari bilan 
tafovutlanadilar.
Shunday qilib xotira shaxs rushiy faoliyatining eng muxim tarkibiy 
qismlaridan biri bo’lib shisoblanadi. Shuni aloshida ta'kidlash kerakki, xotiraning 
bosh roli o’tmishda yuz bergan narsa va xodisalarni aks ettirish bilan cheklanib 
qolmasdan, balki sham shoxirga, sham kelgusida amalga oshirish rejalashtirilgan 
voqelikning ro’yobga chiqishini ta'minlaydi. Tabiatda va jamiyatda nomoyon 
bo’ladigan shar qanday toifadagi rushiy xodisa o’zining tarkibiga kiruvchi shar bir 
qismni muayyan tartibda o’zaro boqlangan tarzda saqlash qolinishini talab etadi. 
Turli ko’rinishga ega bo’lgan "boqlanish"ga imkoniyat yoki shart-sharoit vujudga 
kelmasa, u sholda rivojlanish to’qrisida so’z sham bo’lishi mumkin emas, chunki, 
I. M. Sechenov iborasi bilan aytganda, kishi "chaqaloqlik xolatida"mangu qolib 
ketgan bo’lur eda.


67 
Psixologik ilmiy adabiyotlarda ko’p marotaba ta'kidlanishiga binoan, xotira 
barcha rushiy jarayonlarning eng mushim tasnifi bo’dlishi bilan bir qatorda, inson 
shaxsining birligi va yaxlitligi, biologik va ijtimoiylik nisbatini ta'minlab turadi. 
Ularning o’ziga xos xususiyatlari, xossalari, mexanizmlari to’qrisida muayyan 
tartibda ma'lumot berish imkoniyatiga ega.
Xotira psixologiya fanining chuqur tadqiq qilingan jarayonlaridan biri bo’lib 
shisoblansa-da, lekin fan va texnikaning taraqqiyoti ko’p jixatdan xotira 
muammolarining o’rganilishiga boqliqdir. Shuning uchun uning qonuniyatlarini 
ochish, "aqlli" va "sun'iy intellekt"li mashinalar maxsuldorligini oshirish, sifat 
darajasini ko’tarish uchun xizmat qiladi. Shozirgi davrda olib borilayotgan ilmiy-
tekshirish ishlari esda olib qolish, esga tushirish mexanizmlari va kognitivistik 
nazariyalarga baqishlangan. Lekin jashon psixologiya fanida assosianizm, 
geshtaltizm, bixeviorizm, freydizm kabi ko’plab yo’nalishlar mavjud bo’lishiga 
qaramasdan, bugun xotiraning yagona va tugallangan nazariyasi ishlab 
chiqilmagan. Ilmiy-nazariy xususiyatlarga ega bo’lgan, faraz tarzdagi nazariyalar 
va qarashlarning xaddan tashqari ko’pligi kibernetika, tajriba va genetik biologiya, 
biokimyo, fiziologiya, tibbiyot nuqtai nazaridan yondashganligi bilan tasniflanadi. 
Bu narsaning barchasi xotirani o’rganishning psixologik, neyrofiziologik va 
biokimyoviy bosqichlari mavjudligidan dalolat beradi.
Xotirani o’rganishning xar uchchala darajasi ichidan uning psixologik 
darajasi tadqiq qilinishi o’zining boy materiallari bilan boshqalaridan sezilarli 
ustunlikka ega bo’lib, psixologiya fanida xilma xil yo’nalishlar va nazariyalar 
ishlab 
chiqilganligi 
shamda 
original 
(mustaqil 
ravishda, 
boshqalarga 
o’xshamaydigan) innovasion (yangi, dolzarb) qoyalar ilgari surilganligi ma'lumdir. 
Bu nazariyalar negizida (moshiyatida) xotira jarayonlarining shakllanishiga sub'ekt 
(inson)ning faolligi qanday ashamiyatga egaligi va bunday faollikning mexanizmi 
(yuzaga kelishi) qanday ro’yobga chiqishi to’qrisidagi muammolarni tasniflash va 
basholash yotadi.
Xotiraga oid atamalar va ularning sharshi.
1. 
Mnema (yunoncha mnema-xotira) mnema; xotiraning o’ziga xos 
moddiy asoslarini belgilash uchun ishlatiladigan atama, I. P. Pavlov ta'limotiga 
ko’ra, xotiraning moddiy asosi bosh miya qobiqida shosil bo’lgan muvvaqqat asab 
boqlanishlaridir. 
Shuningdek, 
boqlanishlarning 
shosil 
bo’lishi, 
ularning 
mustashkamlanishi va keyinchalik jonlanishi yoki faollashuvidir.
2. 
Mnemometr-mnemometr; 
xotira 
soshasidagi 
tajribaviy 
ilmiy 
tekshishishlarda esda qoldirilishi zarur bo’lgan so’z, sharf, son shamda tasvirlarni 
qat'iy ma'lum vaqt oraligida avtomatik ravishda ko’rsatish uchun qo’llaniladigan 
mexanik yoki elektr apparati.
3. 
Mnemonika-mnemonika; esda qoldirishni yengillashtirish maqsadida 
sun'iy ravishda maxsus chizmalari, shartli belgilar tariqasida qo’llaniladigan 
usullar yiqindisi. Mnemomika ko’proq assosiativ (o’xshashlik, yondoshlik va 
qarama-qarshilik) qonunlariga asoslangan bo’lib, faqat o’zaro boqlangan ma'lumot 
va materiallarni esda qoldirish uchun qo’llaniladigan yordamchi usullar yiqindisi.


68 
4. 
Amneziya (yunon. a-inkor yuklama, mnema-xotira amneziya; xotira 
faoliyatining qisman buzilishi yoki to’liq yo’qolishidan iborat rushiy nuqson.
Amneziya ( xotira nuqsoni) sholatida kishi ba'zan shatto o’z ismi sharifini 
unutib qo’yishi sham mumkin. Amneziya sholati turli kasallikdir (mas. meningit) 
yoki bosh miya qobiqining zararlanishi natijasida sodir bo’ladi.
5. 
Assosiasyai (lat. associstio-birlashish, qo’shilish) birlashish, uyushish 
ongimizdagi avvalgi turmush tajribalari bilan belgilanadigan tasavvurlar 
boqlanishi, shu boqlanishlar tufayli ongimizda paydo bo’ladigan muayyan 
tasavvurlar o’xshashlik, yondoshlik va qarama-qarshilik belgilariga ko’ra, shunga 
boqliq bo’lgan boshqa tasavvurlarni shosil qiladi. Masalan, "besh karra besh" 
degan iborani idrok qilganimizda, bosh miya qobiqida shunday bir vazifalar 
boqlanish shosil bo’ladiki, natijada biz "yigirma besh" degan miqdorni eslaymiz. 
Rushiy uyushmalar tashqi ta'surotlar tufayli shosil bo’lib, voqelikdagi narsa va 
shodisalarning yaqqol boqlanishlarini aks ettiradi. Inson rushiy shayotida ularning 
ashamiyati katta; bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirish o’sha uyushmalarga 
asoslanadi. Ularning fiziologik asoslari bosh miya yarim sharlari qobiqidagi 
muvaqqat asab boqlanishlaridir.
6. 
Reminstensiya (lat. remininiscen sal-pal eslash) reministensiya; zarur 
paytda esga tushmagan yoki avval unitilgan deb shisoblangan materiallarning 
keyinchalik esga tushishidan iborat xotira jarayoni; vaqtinchalik unitish. 
Renimistensiyaning sababi asab tizimining charchashi, zasharlanish yoki shaxsning 
kuchli xayajonlanishi va xakazolardan kelib chiqishi mumkin.
7. 
Eydetizm (yunon. eidos obraz) eydetizm; avval idrok qilingan narsa 
va shodisalarning obrazlarini (timsollarini, tasvirlarini) ongda aniq, to’liq va yorqin 
sholda uzoq vaqt saqlab qola olish qobiliyatida ifodalaydigan rushiy shodisa. 
Narsalarning tasvirlaridan deyarli farq qilmaydigan tasavvur sifatida.
8. 
Paramneziya (yunon. para oldida, yonida, mnesis eslash)-
paramneziya; sodir bo’layotgan voqelikning qachonlardir boshdan kechirilgandek 
bo’lib tuyulishidan iborat xotira kasalligi; yolqon esdaliklar yoki xotiraning aks 
etishi (illyuziyasi).
9. 
Proaktiv tormozlanish (lat. pro olqa, activus faol); avvalgi faoliyatning 
undan keyingi materiallarni esda qoldirish yoki esga tushirishga salbiy ta'sir 
ko’rsatishdan iborat xotira qonuni. Proaktiv tormozlanishning fiziologik asosi asab 
jarayonlari ya'ni qo’zqalish va tormozlanish o’rtasidagi induksion (lat. inductin-
keltirib chiqaruvchi) munosabatdir.
10. 
Retroaktiv tormozlanish (lat. retro qaytadan, orqaga, activusfaol, 
sharakatchan); muayyan materialni esla qoldirish yoki esga tushirish jarayoniga 
undan keyingi faoliyatning salbiy ta'siri. Retroaktiv tormozlanish oldingi faoliyatga 
o’xshash materiallardan birontasini esda qoldirish yoki esga tushirishda ayniqsa 
yaqqol ko’rinib, uning fiziologik sababi asab jarayonlarining salbiy induksiyasidir 
(keltirib chiqaruvchisidir).
11. 
Induksiya (lat. inductio-keltirib chiqarish)-induksiya; juz'iy, xususiy, 
yakka shollardan umumiylikka o’tish jarayonidir. Asab jarayonlarining 
induksiyasi-oliy asab faoliyatining qo’zqalish va tormozlanish jarayonlari 


69 
o’rtasidagi o’zaro munosabat; markaziy asab tizimida qo’zqalish paydo bo’lsa, u 
boshqa markazlarda tormozlanishni keltirib chiqaradi yoki aksincha.
12. Retrograd amneziya (lat. retrogradis orqaga ketuvchi, a-inkor yuklamasi, 
mnema-xotira); Ilgari yuz bergan voqea va xodisalarni esda saqlashdan iborat 
shozir sodir bo’lgan voqea va shodisalarni unitishdan iborat xotiraning kasallanishi 
yoki shikastlanishi (nuqsoni). Xotiraning tiklanishi esa unitish jarayoniga teskari 
ravishda ro’y beradi; keyinchalik unitilgan oldin, oldin unitilganlar, keyin esga 
tushuriladi.
13. 
Reproduksiya (lat. re- qaytatdan, pradicjo esga tushirish)-
reproduksiya; ongda mavjud narsalarni qayta tiklash yoki esga tushirishdan iborat 
xotira jarayoni.
14. 
Retenziya (lat. -retecio tutib turish)-retensiya; xotiraning idrok 
qilingan narsa va xodisalarni saqlab qolish vazifasi (funksiyasi).
15. 
Letargiya (yunon. letargia-unitish, esdan chiqarish); soatlab, bir necha 
kunlab, shatto, ba'zan oylab davom etadigan rushiy kasallikdagi uyqu.
Letargiya sholatida insonning nafas olishi, tomir urishi deyarli bilinmaydi, 
tana qismlari sharakatsiz, faoliyatsiz, sust bo’lib qoladi.
16. 
Obraz xotirasi - yavvol mazmunni, ya'ni narsa va xodisalarning aniq 
obrazlarini, ularning yorqin xususiyati va boqlanishlarini esda qoldirish, 
mustashkamlash, shamda esga tushurishdan iborat xotira turi. Obraz xotirasi 
analizatorlarning (tashqi va ichki mushitdan keladigan taasurotlarni qabul qilib, 
fiziologik jarayon shisoblangan qo’zqalishni rushiy jarayonga aylantiruvchi asab 
mexanizmlari tizimi) nomiga ko’ra qo’rquv, eshituv, ter sezgisi kabi turlaga 
bo’linadi. Obraz xotirasining aloshida bir turi editizm shisoblanidi.
Masalan, biz ilgari o’zimiz ko’rgan qo’shiqchining obrazini, u ijro etgan 
kuyning va ashulani, unnig ashulla paytidagi ifodali sharakatlarini va turli 
qo’zqatuvchilarni shosil qilgan boshqa taasurotlarni esimizda saqlaymiz.
17. 
Sharakat xotirasi-turli sharakatlarni, ularning bajarililish tartibi, 
tezligi, sur'ati, izchilligi va boshqa sifatlarini esda qoldirish, mustashkamlash 
shamda esga tushurishdan iborat turi. Sharakatni esga tushirish shu sharakatni 
bevosita bajarish yoki tasavvur qilish orqali sodir bo’ladi.
Sharakat xotirasi meshnat, o’quv, maishiy xizmat ishlari, sport va boshqa 
turdagi malakalarning tarkib topishi shamda bajarilishida mushim ashamiyatga 
egadir. O’z gavdasining shatta-sharakatlarini esda saqlab qolish inson shayotida 
mushim ashamiyat kasb etadi, bunday eslab qolishning asosida sharakat shakli, 
tezligi, izchilligi, ularning ritmi va shokazolar to’qrisdagi muskul sharakat 
tasavvurlari yotadi.
18. 
Mantiq xotirasi-ma'lum qoyalar, fikrlar, shamda ular o’rtasidagi 
mantiqiy boqlanishlarni esda qoldirish, mustashkamlash va zarur paytlarda esga 
tushirishdan iborat bo’lgan xotira turi. Masalan, falsafiy mushoxadalar, 
qonuniyatlar va shu kabilarning esda qoldirish, mustashkamlash va qayota tiklash 
jarayonlaridir. So’zlar (verbal) orqali ifodalangan fikrlar so’z mantiq xotirasi 
yordamida esda olib qolinadi.


70 
O’quvchilar 
va 
talabalar 
o’zlari 
o’rganadigan, 
o’zlashtiradigan, 
xodisalarning moshiyatini aks ettiruvchi tushunchalarni egallash, ular to’qorisida 
xukm va xulosalar chiqarish jarayonida xotiraning shuddi mana shu turiga suyanib 
ish ko’radilar. Badiiy va ilmiy adabiyotlar matnlarini esda olib qolish va esga 
tushirish asosida mazkur xotira turi yotadi. Bunday fikrlar xuddi kitobdagidek 
so’zma-so’z shaklda sham, shuningdek fikrning so’z ifodasi aniq saqlanmagan 
sholda esda olib qolish va esga tushurilishi mumkin.
19. 
Shis-tuyqu (emosional) xotirasi-voqelikdagi narsa va xodisalardan, 
o’z-o’zimiga bo’lgan munosabatlarimizdan kelib chiqadigan yoqimli shamda 
yoqimsiz kechinmalarni esda qoldirish va esga tushurishdan iborat xotira turi. Xis-
tuyqu yoki shissiy xotira-odamlarning ilgari o’z boshidan kechirgan xis-tuyqularni 
shissiy sholatlarini esda olib qolishdir. Chunonchi, qachonlardir, biron ulkan va 
murakkab ishni amalga oshirgan paytingizda yoki musobaqa qolibi bo’lganingizda 
va shu kabi boshqa sholatlarda sizda jo’sh urgan quvonch yoxud iftifor shissi 
oradan ancha vaqt o’tgandan keyin sham xotirada tiklanish mumkin. Imtixon 
paytida qoniqarsiz javob qaytargan yoki noto’qri nojo’ya xatti-xarakat tufayli 
qattiq shijolat chekib, uyalgan bo’lsangiz, siz uni vaqt esdan chiqarmasligingiz 
mumkin.
20. 
Mexanik (grek, ongga yo’naltirilmagan) xotira-muayyan materialni 
uning mazmuni, moshiyati, ichki mantiqiy boqlanishlariga tushunmagan sholda, 
faqat mushim bo’lmagan tashqi belgilariga asoslanib esda qoldirish, 
mustashkamlash va esga tushurishdan iborat xotira turi.
21. 
Musiqa xotirasi-avval idrok qilingan musiqa obrazlarini esda 
qoldirish, mustashkamlash va keyinchalik ularni qayta esga tushirishdan iborat 
xotira turi.
22. 
Kasbiy xotira- bevosita o’z kasbiga doir narsa va shodisalarni, fikr, 
muloshaza, shissiyot, sharakatlarni esda qoldirish, mustashkamlash va esga 
tushirishdan 
iborat 
shotira 
turi. 
Masalan 
o’qituvchi talaba shamda 
o’quvchilarningpsixik xususiyatlarini, o’z faniga oid qoida va qonuniyatlarini; 
davlat avtomobil nazorati xodimlari ko’proq avtomashinalarning raqamlari va 
tuslarini; sportchi o’z soxasiga taalluqli xatti-sharakatlar, musobaqalar ko’rigini, 
shamkasabalarini esda qoldirish va esda qoldirish va esga tushirishga moyildirlar.
23. Fenomenal (gr. -noyob) xotira-idrok qilingan narsa va shodisalarni, 
ularning boglanishi munosabatlarini favqulodda tez shamda aniq esda qoldirish va 
esga tushirishga qaratilgan nodir qobiliyati.
24 
. Eshitish xotirasi-tovush qo’zgatuvchilarini sezish, idrok qilish 
natijasida shosil bo’lgan eshitish obrazlarini esda qoldirish, mustashkamlash va 
esga tushirishdan iborat xotira turi. Eshitish xotirasi asosan ko’zi ojiz kishilarga va 
musiqachilarda kuchli rivojlangan bo’ladi.
25. Esda qoldirish-idrok qilingan materiallarni, narsa va xodisalarni 
ongimizda qoldirishdan iborat xotira jarayoni.
26. Ixtiyorsiz esda qoldirish-idrok qilingan narsa va shodisalarni, ularning 
ayrim belgilari va xususiyatlarini, ular shaqidagi fikr shamda tushunchalarni 
oldindan aniq maqsad qo’ymagan sholda esda qoldirishdan iborat xotira jarayoni. 


71 
I. P. Pavlovning fikricha, ixtiyorsiz esda qoldirish bosh miya yarim sharlari 
qobiqining ma'lum darajada tormozlangan uchastkalari orqali ro’y beradi. Shuning 
sham ixtiyorsiz esda qoldirilgan narsalarni biz keyin payqab qolamiz.
27. Ixtiyoriy esda qoldirish-idrok materialini maqsadga muvofiq, uning 
mushimligini anglangan sholda, irodaviy va asabiy kuch sarflab esda qoldirishdan 
iborat xotira jarayoni.
28. Ma'nosiga tushunmay (mexanik) esda qoldirish-muayyan materialni 
uning mazmuniga, moshiyatiga tushunmasdan, quruq yodlash asosida esda 
qoldirish.
Unday esda qoldirishning asosiy sharti materialning ko’p marta 
takrorlanishidir. Bunday esda qoldirish ko’pincha boqcha yoshidagi va kichik 
maktab yoshidagi bolalarga xosdir.
29. Mantiqiy esda qoldirish-materialning ma'nosiga tushunib, uning aloshida 
qismlari o’rtasida mantiqiy boqlanishlar shosil qilgan sholda esda qoldirishdan 
iborat xotira jarayoni. Mantiqiy esda qoldirish esda qoldirishning eng tejamli 
shamda mashsuldor turidir.
30. Esda qoldirish tezligi-shaxsning muayyan materialni idrok qilish bilan 
esda qoldirish o’rtasidagi vaqt birligi bilan belgilanadigan yakkashol (individual) 
xotira xususiyati. Esda qoldirish tezligi shaxsning qiziqishiga, qobiliyatiga va 
iste'dodiga, bilim darajasiga, yoshiga va boshqa uning yakkashol, betakror 
xususiyatlariga boqliq.
31. Tezkor (operativ. lat. operativ-tezkor) xotira inson tomonidan bevosita 
amalga oshiriladigan ko’z sharakatlari, aqliy sharakatlar uchun xizmat qiluvchi 
xotira jarayonidan iboratdir. Masalan, mamavzutik amalni bajarishga kirishar 
ekanmiz biz uni bo’laklarga ajratib bajarishga kirishamiz; oraliq natijalarini 
esimizda saqlab turamiz: faoliyatimiz nishoyasiga yaqinlashgan sari ayrim 
materiallar esdan chiqa boshlaydi. Bunday sholatni matnni o’qishda, uni ko’chirib 
yozishda, murakkabroq aqliy meshnatni amalga oshirishda kuzatish mumkin. 
Mazkur ko’z tez ilqovchi birliklarning(bo’laklarning) shajmi yoki bu faoliyatni 
muvaffaqiyatli yakunlanishi uchun ta'sir qiladi.
Xotiraning ko’z tez ilqovchi birliklarining vujudga kelishida mana shu 
qismlarning ashamiyati kattadir.
32. qisqa muddatli xotira-bir marta, shuningdek, qisqa vaqt oraliqida idrok 
qilish shamda shu kezdayoq qayta tiklashdan iborat bo’lib, qisqa muddatli esda 
olib qolish bilan tavsiflanadi. Axboratning saqlanishi 30 sekundgacha bo’lishi 
mumkin.
33. Uzoq muddatli xotira- ko’p martalab takrorlash va qayta tiklashlar orqali 
uzoq vaqt, muddat esda olib qolishga mo’ljallangan xotira turi.

Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin